K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si


Old qo‘shimchalar va yasovchi qo‘shimchalar



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Old qo‘shimchalar va yasovchi qo‘shimchalar
 
Barcha ilmiy sohalardagi singari, kimyoga oid terminlarda ham old qo‘shimchalari va 
yasovchi  qo‘shimchalar  keng  qo‘llaniladi.  Dastavval,  SI  xalqaro  birliklar  sistemasi 
birliklarining  karrali  va  ulushli  qiymatlari  uchun  qo‘llaniladigan  old  qo‘shimchalardan 
boshlaymiz. SI tizimida yettita asosiy birlik mavjud. Bular: massa birligi – kilogramm; uzunlik 
birligi – metr; vaqt birligi – soniya; modda miqdori birligi – mol; tok kuchi birligi – amper; 
termodinamik harorat birligi  – kelvin; hamda,  yorug‘lik kuchi birligi – kandela birliklaridir. 
Avvaliga, karrali birliklar uchun yunoncha o‘zak qo‘llanishi va birlik belgisi bosh harf bilan 
yozilishi; va aksincha, ulushli birlik uchun esa o‘zak lotin tilidan olinishi, hamda, belgisi esa 
shunchaki,  kichik  harf  bilan  yozilishi  orqali,  ularni  o‘zaro  farqlashga  kelishib  olingan  edi. 
Lekin, bu g‘oya amalda o‘zini mutlaqo oqlamadi va turli chalkashliklar, tushunmovchiliklarga 
olib  keldi.  Natijada,  hozirda,  quyidagi  jadvalda  keltirilgan  ko‘rinishdagi  karrali  va  ulushli 
birliklar  qoidasi  qabul  qilingan.  Sezish  qiyin  emaski,  ayrim  «ulushlar»  10  ga  karrali  bo‘lsa, 
yana  boshqalari  1000  ga  karralidir.  (o‘nga  karrali  ulushlarning  ayrimlari  Farang  inqilobi 
paytida qabul qilinganligini ham eslatib o‘tamiz). 
Mazkur jadvalga va umuman asosiy birliklar qatoriga ko‘z tashlaganda kishi e’tiborini 
albatta tortadigan narsa  shuki, SI qoidalariga zid  ravishda, massa birligi  uchun avvalboshda 
karrali  birlik  -  «kilo»  qo‘llangan.  Bu  tarixan  shunday  shakllanib,  jamiyat  hayotiga  singib 
bo‘lgan  tushunchadir.  «Kilo»  so‘zi  yunon  tilidagi  chilioi  so‘zidan  olingan;  uning  ma’nosi 
«mingta» degani bo‘ladi. Qadimgi yunon manbalarida bu sonni ifodalash uchun χ (xi) harfida 
foydalanilgan.  Chunki,  qadimgi  yunon  tilida  bu  so‘z  aynan  shu  harf  orqali,  ya’ni,  xiloi  
ko‘rinishida yozilar edi. Kilo- ga ulab yoziladigan «gramm» so‘zi esa aslida birlikning o‘zagi 
bo‘lib, u ham yunon tilidan kelib chiqqan. Yunonlarda gramma – eng kichik vazn birligining 
nomi  bo‘lgan.  Boshqa  birliklar  nomlari  etimologiyasiga  qisqacha  to‘xtalib  o‘tsak:  metr  – 
yunoncha metron - «o‘lcham» deganidir; soniya esa xalqaro manbalarda sekund deb yuritiladi 
va u lotincha secunda - «ikkinchi» degan so‘zdan olingan. Bunda, burchak gradusining birinchi 
bo‘lib, daqiqaga va ikkinchi bo‘lib soniyaga bo‘linishi nazarda tutiladi. Ya’ni, terminning asl 
ma’nosi  «ikkinchi  bo‘linish»  degan  mazmunni  bildiradi.  Buning  asosida,  soatning  ham 
avvaliga  daqiqalarga  va  keyin  soniyalarga  bo‘linishi  yotadi.  Mol  haqida  avvalgi  bo‘limda 
ma’lumot  bergan  edik.  «Amper»  va  «kelvin»  terminlari  esa,  tegishli  fan  sohalarida  muhim 
kashfiyotlar  qilgan  buyuk  fizik  olimlarning  familiyasi  sharafiga  nomlangan  birliklardir. 
Kandela esa ko‘plab Yevropa tillarida juda qadimdan saqlanib qolgan so‘z bo‘lmish «candela» 
so‘zidan olingan va uning ma’nosi  «sham» degani bo‘ladi. (Bizdagi  «qandil» so‘zi ham shu 
so‘z bilan o‘zakdosh bo‘lsa ajab emas...). 
 
 


91 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish