K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si


Kolloid, kollodiy, kley, gel, agar-agar, jelatin, zol, aerozol



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Kolloid, kollodiy, kley, gel, agar-agar, jelatin, zol, aerozol, 
aerosil, suspenziya, emulsiya, koagulyatsiya, sinerezis, 
dializ, membrana 
Shuncha terminni bir joyga jamlab qo‘yganimizga hayron bo‘lmang. Ularning umumiy 
jihati  shuki,  ushbu  terminlarning  barchasi  kolloid  kimyosiga  oid  terminlardir.  Ba’zi 
moddalarning suvdagi eritmalarini qaynatish orqali barcha bug‘ni chiqib ketishi kutilsa, oxirida 
kristallanish o‘rniga, ilviraga o‘xshash qo‘yiq quyqasiman amorf modda hosil bo‘ladi. Odatda, 
ko‘pincha kelib chiqishi organik birikmalardan bo‘lgan moddalar shunday xossalarni namoyon 
qiladi.  Shuningdek,  bunday  moddalarning  eritmalari  yelimdek  yopishqoq,  ya’ni,  kley 
xususiyatiga  ham  ega  bo‘ladi.  1805-1869  yillarda  yashab  o‘tgan  ingliz  kimyogari  Grexem 
Tomas shunday eritmalarni sinchiklab o‘rgangan edi. Ularning yelimdek yopishqoq xossasiga 
asosan,  olim  bunday  moddalarni  kolloidlar  deb  nomlashni  taklif  qilgan.  Ushbu  terminni  u 
yunonchada «yopishqoq» ma’nosini beruvchi kolla so‘ziga «-simon» ma’nosini beruvchi eidos 
qo‘shimchasini  qo‘shish  orqali  yasagan.  Ya’ni,  so‘zning  tub  ma’nosi  «kleysimon»  degani 
bo‘ladi.  
Siz kalla-pocha qaynatib, tuyoq pishirish jarayonini ko‘rgan, hech bo‘lmasa, eshitgan 
bo‘lsangiz kerak. Mol yoki, qo‘y tuyog‘ini va tanasining  asosan suyak, pay va tog‘aydan iborat 
boshqa  qismini  qaynatib,  ilvirab  chiqquncha  ezib  pishirilsa,  amalda  u  jelatinning  kolloid 
eritmasini tayyorlangan bo‘ladi. Suyak, pay va tog‘ayning asosiy oqsil komponentini kollagen 
deyiladi. Uning asl ma’nosi «kley tug‘diruvchi» degani bo‘ladi. Umuman olganda, yopishqoq 
yelim quyqa hosil qiladigan moddalarning deyarli barchasi kolloidlar bo‘ladi. Masalan, oddiy 


77 
 
qog‘oz  yelimlash  uchun  ishlatiladigan  kley,  sut  va  sut  mahsulotlari,  tush  va  lok-bo‘yoq 
mahsulotlari kollegenlardir.  
Nitrosellyulozaning spirtli-efirli eritmasi ham qurigach yupqa plyonka hosil qiladi va 
uni kimyoda kollodiy deyiladi. Bu so‘zning ildiz ham yuqoridagi kollagen va kollodiy so‘zlari 
bilan bir xil.  
Golland tilida klei so‘zi biz bilgan kley ma’nosini emas, balki,  «loy» degan ma’noni 
beradi.  Chunki,  yaxshi  bilasiz,  loy  ham  yopishqoq  bo‘ladi.  Ingliz  tilidagi  loy  ma’nosini 
beruvchi clay so‘zi ham shundan kelib chiqqan.  
Ba’zi  metallarni  juda  mayda  holatga  keltirib,  ya’ni,  kolloid  ko‘rinishda  yetkazilsa, 
rangsiz  moddalar  uchun  rang  berish  xossasiga  ega  bo‘lib  qoladi.  Masalan,  natriy  xlorid 
kristalllariga  qo‘shilgan  mayda  dispersli  natriy  kristallarni  moviy  ko‘k  rangga  kirishiga 
sababchi bo‘ladi. Shuningdek, kassiy qirmizisi nomli preparat ham mavjud bo‘lib, u oltinning 
kolloid  holatiga  asoslangan  va  bunday  kolloidni  birinchi  bo‘lib,  nemis  olimi  Iogann  Rudolf 
Glauber (1604-1670) olishga muvaffaq bo‘lgan edi. Shunga qaramay, kassiy qirmizisi ushbu 
kolloidni  keyinroq  mustaqil  ravishda  olishga  erishgan  vrach  Andreas  Kassiy  (1645-1700) 
sharafiga atalgan. Kassiy qirmizisi shishani qizil rangning turli jilvalarida tovlanadigan qilib 
qo‘yadi.  Bunda  qizillik  turi  kolloid  zarrachalarning  o‘lchamiga,  ya’ni,  katta-kichikligiga 
bog‘liq  bo‘ladi.  Kassiy  qirmizisi  bilan  ishlov  berilgan  «shishani  zumrad»  shishasi  ham 
deyiladi. 
Ba’zi  moddalar  juda  past  konsentratsiyada  ham  oddiy  suvni  qo‘yiq  gel  ko‘rinishiga 
keltirib qo‘ya oladi. Meva jelesi, marmelad, kisel singari mahsulotlar ozuqaviy gellardir. Gel 
va jele so‘zlarining o‘zagi va ildizi bir. Faqat ular boshqacha-boshqacha talaffuz natijasida shu 
ko‘rinishga kelib qolgan. Gel - biror moddaning suvdagi eritmasi qandaydir qo‘yiqlantiruvchi 
moddaga  ega  bo‘lgan  holatda  yuzaga  keladi.  Bunda,  o‘sha  qo‘yiqlantiruvchi  moddani  «gel 
hosil  qiluvchi»  deyiladi.  Ushbu  nom  italyan  tilida  «muzlamoq»  va  «qahraton»  ma’nolarini 
beruvchi  gelo  so‘zidan  kelib  chiqqan.  Italyan  tilida  muzqaymoqni  esa  gelato  deyiladi. 
Ozuqaviy  gellardan  eng  taniqlisi  bu  –  agar-agar  va  jelatin  moddalaridir.  Agar-agar  malay 
tilidan  kelib  chiqqan  nom  bo‘lib,  u  shu  nomli  dengiz  suvo‘tlaridan  tayyorlanadi.  Jelatin  esa 
asosan baliq tog‘aylaridan va chorva hayvonlarining suyak, ilik, paylaridan olinadi. Agar suvga 
atiga  4-5%  jelatin  qo‘shilsa,  u  oqish  xususiyatini  butunlay  yo‘qotadi.  Chunki,  bunda  suv 
qo‘yiqlashib, kolloid sistemasiga aylanib qoladi. Suyuqlikda jelatin miqdorining ortishi bilan 
u borgan sari yanada qo‘yiqroq bo‘lib boradi. Va oxir-oqibatda bu suyuqlik qattiq moddaga 
aylanadi.  
Qattiq  va  yoki  suyuq  zarrachalar  aralashmalariga  ega  bo‘lgan  gazlarni  ham  kolloid 
sistemalariga kiritiladi. Faqat bunday gazlarni shunchaki gaz demay, balki aerozollar deyiladi. 
Uning  ma’nosi  yunonchada  «havo»  ma’nosini  beruvchi  aer  so‘ziga  lotinchadagi  «eritma» 
ma’nosini beruvchi solutio so‘zini qo‘shilishidan yasalgan. Aerozollarga eng yaxshi misol bu 
–  smog,  ya’ni,  tutun  va  tuman  aralashmasidir.  O‘lchami  nisbatan  kichik  bo‘lgan  maydaroq  
erimaydigan (masalan, oltingugurt, temir gidroksidi singari) zarrachalardan iborat suyuq kul 
moddalar  ko‘proq  tarqalgan.  O‘lchami  yirikroq  bo‘lgan  zarrachalardan  iborat  kulsimon 
erimaydigan moddalar esa xuddi joyida muallaq turgandek taassurot uyg‘otadi va shu sababli
ularni suspenziya deyiladi. Ushbu so‘zning ma’nosi lotin tilida «muallaq» deb tarjima qilinadi.  


78 
 
Suyuqlik-suyuqlik  kolloid  sistemasidan  iborat  kolloid  sistemasi  emulsiya  deyiladi. 
Bunday suyuqlik-suyuqlik kolloidlaridan eng taniqlisi va eng birinchi bo‘lib o‘rganilgani bu -  
oddiy sutdir. Shu sababli ham emulsiya so‘zining kelib chiqishi «sog‘ish» so‘zi bilan bog‘liq 
ekaniga ajablanmasa ham bo‘ladi. Zero, lotincha emulgere degani aynan «sut sog‘ish» degan 
ma’noni anglatadi. Yuqoridagi termin ma’nosi shundan kelib chiqqan.  
Emulsiya parchalanishi jarayonida dispers fazaga tegishli zarrachalar o‘zaro jipslashib, 
yopishib  qola  boshlaydi.  Bu  jarayon  koagulyatsiya  deyiladi.  So‘zning  ma’nosi  lotincha 
coagulatio degan so‘zga borib taqaladi. U asl talaffuzda «ivish» degan ma’noni beradi. Albatta, 
birinchi o‘rinda xayolingizda sutdan qatiq ivitish jarayoni kelgan bo‘lsa ajab emas. Va bu bejiz 
ham emas.  
Ivigan moddalardan va gellardan suyuqlikning o‘z-o‘zidan ajralib chiqishi o‘zbek tilida 
zardoblanish deyiladi. Qatiqning zardobi chiqqanini albatta ko‘rgansiz. Ilmiy tilda esa ushbu 
jarayonni  sinerezis  deyiladi.  Termin  yunon  tilidagi  syn,  ya’ni,  «birga»  so‘ziga,  airein  - 
«ushlamoq» so‘zining qo‘shilishidan yasalgan.  
Kolloid  sistemalarni  tozalash  uchun  Grem  bir  taraflama  o‘tkazish  xususiyatiga  ega 
bo‘lgan membranadan foydalangan. Membrana faqat kichik o‘lchamli molekulalarni o‘tkazgan 
va  yirikroqlarini,  ya’ni,  kolloid  zarralarni  tutib  qolgan.  Olim  bu  jarayonga  dializ  deb  nom 
bergan. Membrana so‘zi lotinchada ham aynan shunday yoziladi va u «yupqa teri» deb tarjima 
qilinsa o‘rinli bo‘ladi. Dializ termini esa yunoncha dialysis so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u 
«ajralmoq», «bo‘linmoq» degan so‘zlarga to‘g‘ri keladi.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish