Ekstraksiya, ekstrakt
Bu terminlar lotincha extraho - «chiqarib olaman», «sug‘urib olaman» ma’nolaridagi
so‘zdan yasalgan. Bu so‘zning o‘zagi lotin tilida extractum - «maydalangan», «tuyilgan» degan
ma’nolarni beradi. Bu terminlar nafaqat kimyoda, balki, tibbiyotda ham keng qo‘llaniladi.
Shuningdek, ish yuritishda ham, katta hajmdagi matndan iborat hujjatda ko‘zda tutilgan eng
asosiy muddaoni qisqa va lo‘nda qilib, alohida yozib qo‘yilgan qismini ekstraksiya deyish
mumkin.
Elektron qavatlar: k, l, m; s, p, d, f, g.
Ingliz fizigi Charlz Barkla (1877-1944) tomonidan 1906-1911 yillarda amalga
oshirilgan tadqiqotlar natijasida, rentgen nurlarining turli elementlar atomlariga tushishi
natijasida, ikkilamchi rentgen nurlari hosil bo‘lishi aniqlandi. Ushbu ikkilamchi nurlanish
energiyasi muayyan element uchun faqat o‘zigagina xos bo‘lib, birlamchi nurlanish
energiyasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ushbu kashfiyot uchun Barkla 1918-yilgi Nobel mukofotiga
loyiq ko‘rilgan edi. Ushbu ikkilamchi, xarakterli nurlar chiziqli spektr hosil qiladi va energiyasi
bo‘yicha o‘zaro yaqin seriyalarga taqsimlanadi. Barkla avvaliga singish xususiyatiga ko‘ra,
demakki, energiyasiga ko‘ra farqlanuvchi faqat ikki xil turdagi nurlarni aniqlagan edi. U
mazkur nurlarni A va B harflari bilan belgilagan. Lekin, keyinchalik buning o‘rniga K va L
harflarini qo‘llashni ma’qul ko‘rdi. Chunki u, keyingi tekshirishlar orqali, singish xossasi,
demakki energiyasi yanada kuchli, yoki, nisbatan kuchsizroq nurlarni aniqlash ehtimolini
e’tiborga olgan edi. Shu sababli ham, u lotin alifbosida tartib bo‘yicha o‘rtada joylashgan ushbu
K va L harflarini tanlagan. Mantiqqa ko‘ra, energiyasi pastroq nurlar aniqlansa, K dan avvalgi,
va yuqoriroq energiyali nurlar aniqlasa, ular L dan keyingi harflar bilan ifodalanishi lozim edi.
Biroq, Barklaning hisobi faqat bir taraflama to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Chunki, atomning Bor
modeli nuqtai nazaridan masalani tahlil qilgan nemis fizigi Valter Kossel (1888-1956)
tomonidan, 1914-yilda o‘sha K va L bilan belgilagan energetik pog‘onalar aslida atomga
nisbatan joylashish tartibi bo‘yicha eng birinchi va ikkinchi pog‘ona bo‘lishi ko‘rsatib berildi.
Shunday ekan, Barkla A va B ni qoldirganda ham hech narsa yutqazmas ekani ayon bo‘ldi.
Kosselning izlanishlaridan keyin, demak, harfiy belgilashlarni endi faqat L dan nariga, ya’ni,
M, N, O, P, Q ... tarzida davom ettirish mumkin edi xolos. Va bu harflar, kvant nazariyasi orqali
69
ma’lum bo‘lgan 1 dan 7 gacha bo‘lgan kvant sonlariga mos kelar ekan. Keyinchalik esa,
mazkur energetik pog‘onalar, spektroskopiya mutaxassislari foydalanadigan s-, p-, d-, f-
pog‘onachalariga ham yaqin mos kelishi aniqlandi. Spektroskopiyada bu belgilar ma’lum
so‘zlarning bosh harflaridan olingan bo‘lib, masalan, s- bu – sharp so‘zidan (ma’nosi - «o‘tkir»
degani), p- esa principial so‘zidan, d- belgisi diffuzion so‘zidan, f- esa, fundamental («asosiy»)
so‘zidan olingan. g esa, shunchaki, alifbo tartibida f- dan keyingi keladigan harf bo‘lgani uchun
qabul qilingan bo‘lib, u davriy jadvaldagi 121-element va undan keyingilarda mavjud
bo‘ladigan hozircha gipotetik pog‘onadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |