Disproporsionallik
Bu termindagi «dis-» old qo‘shimchasi nimaningdir izdan chiqishi, buzilishini
bildiradi. U boshqa ayrim terminlarda «diz-» ko‘rinishida uchraydi. Masalan, dizosomiyada
shunday. «Proporsiya» o‘zagi oldidan ushbu old qo‘shimcha qo‘shilishi esa,
proporsionallikning izdan chiqishini bildiradi. Ya’ni, disproporsionallik – bu
proporsionallikning buzilishidir.
Dissotsiatsiya
Bu termin lotincha dissociatio – ajratish, taqsimlash, parchalash ma’nolaridagi so‘zdan
olingan.
Distillyatsiya
Lotinchada «dis-» old qo‘shimchasi nimanidir ajratib olishni ham ifodalaydi. «Stilla»
esa ularda «tomchi» ma’nosini bergan. Shunga ko‘ra distillyatsiya bu – tomchilatib ajratib olish
degan ma’noni beradi. Haqiqatan ham, qaynatib, keyin bug‘ni yig‘ib olish jarayonida,
kondensatsiyalanayotgan bug‘lar tomchi ko‘rinishida oqib tushib to‘planadi.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |