Kashf etilishi uslubiga ko‘ra nomlangan elementlar
Litiy
Berseliusning shogirdi bo‘lgan shved kimyogari Yuxan Avgust Arfvedson (1792-1841)
minerallardan birining tarkibida «yangi turdagi olovbardosh ishqor»ni kashf qilgan edi.
Berseliusning taklifi bilan, ushbu ishqorga lition nomi berilgan. Yunonchada lithos bu tosh
degani bo‘lib, bunday nomlanishning sababi, kimyogarlarga avvaldan ma’lum natriy va kaliy
ishqorlaridan farqli o‘laroq, ushbu ishqor toshlar turkumidan topilgan ilk ishqor bo‘lgan.
Litionni tadqiq qilgan Gemfri Devi 1818-yilda undan yangi bir metallni kashf etgan edi va
unga litiy nomini bergan. Litosfera, litografiya va megalit kabi so‘zlarda ham aynan shu o‘zak
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |