K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Bariy
Kalsiy       
Bu element nomi ham ancha boy tarixga ega. Rimliklar o‘zlari duch kelgan yumshoq 
toshlarni  va  xususan  ohaktoshni  «calx»  deb  atashgan.  Vaqt  o‘tishi  bilan  ushbu  so‘z  faqat 
ohakka  nisbatan  qo‘llanadigan  bo‘lib  qoldi.  Ohak  kuydiradigan  pechlarni  ham  lotin  tilida 
«calcaria» deb yuritishgan. Alkimyogarlar esa, ohakni kuydirish jarayonini kalsinatsiya deb 
nomlashgan. Kalsiyni ohakdan metall holida ilk bora ajratib olgan kimyogar bu – ingliz olimi 
Gemfri Devi bo‘ladi. U 1808-yilda ohaktoshdan ushbu elementni alohida holda ajratib olgan 
va unga calcium deb nom bergan.  
«Kalsiy» va «kalkulyator» atamalari orasida ajoyib bir qarindoshlik mavjud: Rimliklar 
sanoq yuritish uchun mayda toshlardan foydalanishgan. Ushbu toshchalarni ham ular «calx» 
deyishgan.  Bunday  toshchalarni  ular  kalkulyatorlarning  ajdodi  bo‘lmish  abak  va  cho‘tlarda 
qo‘llashgan.  Shu  sababli  ham,  «hisoblash»,  «hisobchi»,  hamda,  «kalkulyator»  so‘zlarini, 
shuningdek, arifmetika o‘qituvchisini ham qadimgi Rimda «calculator» deyishgan.  
 
Bariy       
Shved kimyogarlari Karl Vilgelm Sheele hamda, Yuxan Gottlib Gan tomonidan o‘sha 
taraflarda «og‘ir shpat» deb nomlanadigan mineral tarkibidan «yangi yer» ajratib olingan edi. 
Hozirda bu mineralni barit deb yuritiladi va uning kimyoviy formulasi BaSO
4
 tarzida yoziladi. 
Uning ma’nosi yunonchada «og‘ir» va «og‘irlik» so‘zlarini beruvchi «baros» so‘zidan kelib 
chiqadi. 1808-yilda ingliz olimi Gemfri Devi baritdan metall holidagi bariyni ajratib olishga 


60 
 
muvaffaq  bo‘ldi.  Kalsiy  singari,  bariy  atamasining  ham  ushbu  kimyoviy  elementga  aloqasi 
bo‘lmagan  uzoq  qarindoshlari  mavjud.  Sezganingizdek,  ushbu  qarindoshlik  atamaning 
ma’nosi,  ya’ni,  «og‘irlik»  so‘zi  bilan bog‘liq. Masalan, og‘ir elementar zarralarni  barionlar 
deyiladi,  past  va  yo‘g‘on  (og‘ir)  ovozni  bariton,  bosim  yuqori  bo‘ladigan,  ya’ni,  ichkarida 
nafas  olish  og‘irlashadigan  kamerani  esa  barokamera  deyiladi.  Shuningdek,  barometr  va 
barograf so‘zlari ham ushbu termin bilan bir ildizga ega.   
 
Bor       
Arablar suvda eriydigan oq rangli tuzlarni «buraq» deyishgan. Shunday tuzlardan biri 
tabiiy  natriy  tetraborat  bo‘lib,  kimyoviy  formulasi  Na
2
B
4
O
7
∙10H
2
O  tarzida  yoziladi  va  uni 
kimyogarlar bura deb nomlashadi. Ushbu bura tuzidan avvaliga 1702-yilda kuydirish va kislota 
bilan ishlov berish orqali bor kislotasi olingan. Bor kislotasi asosida esa, 1808-yilda fransuz 
kimyogarlari Gey-Lyussak va Jak Tenar tomonidan, bir-biridan mustaqil ravishda bor elementi 
sof holda ajratib olingan va unga ushbu nomni berilgan edi. Gemfri Devi ham ulardan atiga 9 
kun kech qolib bor elementini kashf qilgan. Devi ushbu elementni boron deb nomlashni taklif 
qilgan edi. U o‘ylab topgan mazkur nom ingliz tilida hozirgacha saqlanib qolgan. Lekin boshqa 
tillarda  bu  element  qisqagina  qilib,  bor  deyilaveradi.  Faqat,  ayrim  tillarning  o‘ziga 
xosliklaridan kelib chiqib, atama imlosi biroz o‘zgaradi xolos. Masalan, uni faranglar «bore» 
deb yozishsa, italyanlarda «boro», gollandlarda esa «boor» qabilida ifodalanadi.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish