K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Absorbsiya va adsorbsiya 
Deyarli bir xil yangraydigan va eshitiladigan ushbu ikki termin mutlaqo boshqa-boshqa 
ma’nolarga  ega.  Absorbsiya  bu  –  lotincha  absortio  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  asl  ma’nosi 
«yutilish»  degan  so‘zga  to‘g‘ri  keladi.  Ushbu  termin  ilm-fanda  gazlarning  suyuqlikka 
(absorbentga) yutilishi va eritma hosil qilishi tushuniladi. Yoki, gaz yoki suyuqlikning butun 
hajmiga  ko‘ra  qattiq  absorbentga  yutilishi,  singib  ketishi  nazarda  tutiladi.  Adsorbsiya  esa 
odatda  qattiq  jism  bo‘ladigan  adsorbentning  yuzasi  tomonidan,  suyuq  yoki  gaz  holatdagi 
moddani  yutib  olinishi  jarayoniga  aytiladi.  Ushbu  terminlar  lotinchada  «yutmoq», 
«singdirmoq»  ma’nolarini  beruvchi  «sorbere»  fe’liga  «ad-»  va  «ab-»  old  qo‘shimchalarini 
qo‘shish orqali yasalgan. Lotin tili qoidalariga ko‘ra, «ad-» old qo‘shimchasi o‘zbek tilidagi «-
ga»  qo‘shimchasi  singari  ma’no  yasaydi;  «ab-»  old  qo‘shimchasi  esa,  «-dan»  qo‘shimchasi 
bilan ma’nodoshdir.   
Additivlik 
Kimyoda  additiv  xossalar  degan  tushuncha  bilan,  obyektning  alohida-alohida  holda 
olingan fizik xossalarning umumiy yig‘indisi, obyektning umumiy yaxlit holdagi xossalariga 
teng bo‘ladigan vaziyat nazarda tutiladi. Masalan, jismlarning massasi additiv bo‘ladi. Ushbu 
terminni  ilm-fanga  XIX-asr  oxirida  nemis  kimyogari  Vilgelm  Osvald  tomonidan  kiritilgan. 
Uning ma’nosi lotincha «additio» ya’ni, «qo‘shish», «yig‘indi» so‘zlaridan olingan.  
Addukt 
«Addukt» lotinchada «tortib olingan», «keltirilgan» ma’nolarini beradi. Adduktlar deb, 
masalan, benzolning yod bilan (C
6
H
6
I
2
) singari molekulyar komplekslarni, yoki, 8Kr.46H
2

singari  molekulyar  birikmalarni,  shuningdek,  dien  sintezi  jarayonidagi  deinning  dienofilga 
birikishi mahsulotlarini, xususan, disiklopentadien singarilarni aytiladi.   
Adgeziya 
Lotinchada  «adhaseio»  so‘zi  «tortmoq»,  «ulamoq»  ma’nolarini  anglatadi.  Ilmiy 
jihatdan  esa  bu  termin,  qattiq  moddalarni  bir-biriga  tekkizilganda  o‘zaro  yopishib  qolishi 
hodisasini ifodalaydi. Odatda adgeziyani adgezivlar – kley vazifasini bajaruvchi suyuqlik yoki, 
eritma ko‘rinishidagi yopishqoq moddalar ta’minlaydi.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish