Aktiniy va protaktiniy
Mazkur elementlarning nomlari ham radiy va radon nomlariga o‘xshash tarzda
berilgan. Yunonchada «aktis» degani «nur» degani bo‘ladi. Shuningdek, yunonlarda bu
so‘zning «shu’la», «yog‘du» ma’nolari ham bor. Aktiniyni 1899-yilda farang kimyogari Anri
Debyern (1874-1949) kashf qilgan. Juda ham kuchli radioaktivlik xossasi tufayli, aktiniy
qorong‘u joyda tursa o‘zidan xira yorug‘lik taratadi. Protaktiniy esa aktiniydan ancha keyin va
deyarli bir paytda bir-biridan mustaqil har xil ilmiy guruhlar tomonidan kashf qilingan bo‘lsa-
da, u aktinoidlar qatorida aktiniydan avval keladi. Shu sababli ham, ushbu elementga
«aktiniydan avval», «aktiniy debochasi» degan ma’nolarni beruvchi protaktiniy atamasi
berilgan.
Astat
Bu element 1940-yilda, vismutni alfa-zarralar bilan nurlantirish yo‘li bilan olingan. Uni
kashf qilgan Amerikalik olim Emilio Jino Segre (1905-1989) boshchiligidagi ilmiy guruh,
mazkur elementga faqat 7 yildan keyingina tayinli nom tanlashdi. Yunonchada «astatos» so‘zi
«beqaror», «arang turuvchi» ma’nolarini beradi va bu til qoidalariga ko‘ra u «barqaror»,
«mustahkam» ma’nolarini anglatuvchi «statos» so‘ziga, inkor ma’nosini beruvchi «a-» old
qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasalgan (statos so‘zi hozirda ham tilimizda «xodimlar shtati»,
yoki, statika kabi so‘zlar ko‘rinishida mavjud). Astat haqiqatan ham beqaror element. Uning
eng uzoq yashovchi izotopining yarim yemirilish davri atiga 7,2 soatni tashkil qiladi.
Argon
1894-yilda Angliyalik olimlar lord Reley (1842-1919) va Uilyam Ramzay (1852-1916)
tomonidan atmosfera havosi tarkibidan ajratib olingan ushbu nodir gaz hech qaysi modda bilan
reaksiyaga kirishmasligi bilan o‘z kashfiyotchilarini taajjubga solgan edi. Shu sababli ham ular
mazkur kimyoviy elementga yunonchada «harakatsiz», «nofaol» ma’nolarini beruvchi «argos»
so‘zidan kelib chiqib nom tanlashgan. Aniqrog‘i, mazkur nomni Madan ismli kimyogar taklif
qilgan va bu taklif, Britaniya ilm-fanga ko‘maklashish jamiyatining 1894-yil 13-avgustdagi
majlisida, Reley va Ramzay tomonidan ma’qullangan. 1904-yilda ushbu kashfiyot uchun
Uilyam Ramzayga kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti topshirilgan. Aynan o‘sha yilgi fizika
bo‘yicha Nobel mukofotini esa lord Releyga taqdim qilingan. Ya’ni, ushbu mohiyatan bitta
kashfiyot uchun, uning mualliflari ikkita yo‘nalishda va bir-biridan mustaqil Nobel
mukofotlariga sazovor bo‘lishgan. Nobel mukofotidek nufuzli mukofot tarixida bu yagona
shunday holatdir.
Argon – o‘z nomini haqiqatan ham oqlab kelayotgan elementlardan biridir. Uning biror
boshqa element bilan birikmasini olish yoki aniqlash hozircha unchalik ham muvaffaqiyatli
kechmayapti. Hozirgacha argonning faqat fenol, gidroxinon va atseton bilan birikmalari
ma’lum xolos. Lekin, shunga qaramay argon juda keng qo‘llanish sohasiga ega bo‘lgani bilan
ham qiziq. Xususan, u oziq-ovqat sanoatida qadoq gazi (E938 ozuqaviy qo‘shimchasi) sifatida
qo‘llanilmoqda. Aynan shu maqsadda, oddiy sharoitda inert xossasiga ega bo‘ladigan boshqa
gazlarni, xususan, geliyni (E939), azot (E941) va azot I oksidini (E942) ham ishlatiladi.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |