K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Uran, neptuniy, plutoniy    
Nemis  konchilari  ancha  zamonlardan  beri 
kumush
  rudalari  ichida  og‘ir  va  qoramtir 
yarqiroq rudalarni ajratib olishar edi. Ushbu rudadan hech qanaqa metall eritib olib bo‘lmasdi. 
Nemis konchilari bu rudani «Pechblende» deb atashgan. So‘zning ma’nosi «smola» ma’nosini 
beruvchi «pech» va «qamashtirmoq» ma’nosini beruvchi «blende» so‘zlaridan kelib chiqqan. 
Ya’ni,  «ko‘zni  qamashtiruvchi  yaltiroq  smola»  deb  tarjima  qilish  to‘g‘ri  bo‘ladi.  Lekin  bu 
nemis tilining ibora boyligini e’tiborga olmasa shunday. Nemislarda «ko‘zni qamashtiruvchi», 
ya’ni,  «blende»  so‘zi  shuningdek  ko‘chma  ma’noda  «aldamchi»  degan  so‘zga  ham  to‘g‘ri 
keladi.  Shu  nuqtai  nazardan,  konchilar  o‘sha  mineralni  «aldamchi  smola»  deb  yuritishgani 
haqiqatga  yaqinroqdir. Agar boshqa Yevropa tillariga ham e’tibor qaratilsa, masalan, farang 


33 
 
tilida «blende de poix» yoki, inglizchadagi «pitchblende» atamalari aynan ushbu og‘ir rudaga 
nisbatan qo‘llangan. Ruslarda esa uni «smolyanaya obmanka» (смоляная обманка) deyiladi. 
Geologlar  lug‘atida  esa  bu  modda  nasturan  minerali  nomi  bilan  qayd  etiladi.  Nasturan 
so‘zining  ma’nosi  esa  «zichlashgan»  degani  bo‘lib,  u  yunon  tilidagi  «nastos»  so‘zidan 
yasalgan. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra nasturan U
3
O
8
 tarzida ifodalanadi.  
1781-yilda  ingliz  astronomi  Uilyam  Gershel  (1738-1822)  Quyosh  tizimida  yangi  bir 
sayyorani kashf qildi va ushbu sayyoraga olimlar Uran nomini berishdi. Uran – qadimgi yunon 
afsonalaridagi osmon ma’budi bo‘lib, Zevsning bobosi hisoblanadi. 1789-yilda esa, ya’ni, Uran 
sayyorasi  kashf  etilganidan  8  yil  o‘tib,  nemis  kimyogari  Martin  Genrix  Klaport  aldamchi 
smoladan og‘ir qoramtir moddani ajratib oldi va uni avvaliga metall bo‘lsa kerak deb o‘yladi. 
Klaport  hali  ilm-fandan  to‘la  surgun  bo‘lib  ulgurmagan  alkimyogarlar  uslubiga  ko‘ra,  o‘zi 
kashf qilgan yangi moddaga, yaqinda kashf qilingan sayyora nomini biriktirishga qaror qildi 
va moddani «uran» deb nomlay boshladi. Aldamchi smolani esa endilikda uran smolasi deb 
yuritish  urfga  aylandi.  O‘rni  kelganda  aytib  o‘tamizki,  er-xotin  Kyurilar  radioaktivlik 
hodisasini  kashf  etish  tajribalarida  aynan  ushbu  mineraldan  foydalanishgan.  Uzoq 
vaqtlargacha, Klaport uranni sof holda ajratib olgan degan fikr kimyo fanida o‘rnashib qolgan 
edi. Lekin, 1841-yilga kelib ma’lum bo‘ldiki, Klaport aslida uranning qoramtir oksidi UO
2
 ni 
ajratib olgan ekan. 
1843-yilda  astronomlar  Quyosh  tizimda  yana  bir  sayyorani  kashf  qilishdi.  Ushbu 
sayyoraning mavjudligini va qayerda joylashgan bo‘lishi mumkinligini bir necha yil avvalroq 
farang olimi Urban Leverye (1811-1877) hisoblab bergan edi. Leverye ko‘rsatib bergan joyda 
yangi sayyora haqiqatan ham kashf etilgach, ushbu sayyoraga yunon mifologiyasidagi suvosti 
dunyosi ma’budi – Neptun nomi berilgan. 1850-yilda Yevropaga AQSHdan keltirilgan mineral 
tarkibidan  yangi  metall  kashf  etilganda  esa,  kimyogarlar  ushbu  metallni  yangi  sayyora 
sharafiga neptuniy deb atashga qaror qilishgan edi. Lekin, kimyogarlarning quvonchi uzoqqa 
cho‘zilmadi. Ma’lum bo‘lishicha, ular yangi element deb o‘ylagan o‘sha metall aslida, ancha 
avvalroq kashf etilgan 
niobiy
 bo‘lib chiqdi. Shu tariqa, Neptun sayyorasi avvaliga kimyoviy 
elementlar davriy jadvalidan joy ola olmadi va bu jadvalga kirish uchun deyarli bir asr muddat 
talab etildi. 1940-yilda amerikalik fiziklar MakMillan va Abelson birgalikda uranni neytronlar 
oqimi  bilan  bombardimon  qilish  tajribasidan  keyin  hosil  bo‘lgan  mahsulot  moddalar  ichida 
yangi element kashf etishdi va nihoyat o‘sha yangi elementga neptuniy nomini berishga qaror 
qilishdi. Omadli tarzda shunday tartib-muvofiqlik yuzaga keldiki, xuddi Quyosh tizimida avval 
Uran va undan keyin Neptun sayyoralari joylashgani singari, davriy jadvalda ham avval uran 
(№92) va unining ketidan neptuniy (№93) elementlari joylashadi.  
1930-yilda  esa,  Quyosh  tizimida  uzoq  vaqtgacha  9-sayyora  sanalgan  Pluton  kashf 
etildi.  Pluton  –  qadimgi  yunon  afsonalarida  yerosti  saltanati  ma’budi  sifatida  gavdalanadi. 
1940-yilda  uran  elementini  deyteriy  yadrolari  bilan  bombardimon  qilish  tajribalari  chog‘ida 
kashf qilingan, davriy jadvalda 94-katakchada joylashishi lozim bo‘lgan yangi elementni ham, 
sayyoralarning joylashish tartibiga  ko‘ra, plutoniy  deb nomlashgan. Aytib  o‘tamizki,  Pluton 
hozirda sayyora deb e’tirof etilmay qo‘ygan. Chunki, uning o‘lchamlari va orbita xususiyatlari 
katta  sayyoralarniki  singari  emas.  Xalqaro  Astronomiya  Ittifoqining  2006-yildagi  qaroriga 
binoan, Pluton mitti sayyoralar safida e’tirof etiladi.   
 


34 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish