K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Niobiy va tantal    
1801-yilda  ingliz  kimyogari  Charlz  Xettchet  (1765-1847)  Britaniya  muzeyida 
saqlanayotgan qoramtir bir mineralni tadqiq qilgan. Ushbu mineral Britaniyaga okean ortidan 
ya’ni, Amerikadan, aniqrog‘i, hozirgi Massachusets shtati hududidan 1635-yilda olib kelingan 
edi.  Xettchet  mazkur  mineral  tarkibidan,  o‘sha  paytda  fanga  hali  noma’lum  bo‘lgan  bir 
notanish  elementning  oksidini  aniqlagan.  Olim  ushbu  avval  noma’lum  bo‘lgan  elementni 
«Kolumbiy» deb nomlashga qaror qilgan edi. Chunki, bu vaqtlarga kelib, AQSH allaqachon 
Britaniyadan mustaqillik erishgan bo‘lib, shoirlar o‘z misralarida ushbu mamlakat joylashgan 


30 
 
qit’ani kashf qilgan dengizchi – Xristofor Kolumb sharafiga Kolumbiya deb ham atashar edi. 
Yangi element aniqlangan o‘sha qoramtir mineralning o‘zini esa «kolumbit» deb nomlashgan.  
1802-yilda  shved  kimyogari  Avgust  Gustav  Ekeberg  (1767-1813)  kolumbit  minerali 
tarkibidan yana bir noma’lum oksidni ajratib oldi. Ekeberg ajratib olgan yangi oksidning g‘alati 
jihati  shunda  ediki,  u  biror  bir  kislotada  erishni  xohlamasdi.  O‘sha  davr  kimyo  fanining 
«qonunchisi» bo‘lgan Berselius, ushbu oksid tarkibidagi metallni «tantal» deb nomlashni taklif 
qildi. Tantal – qadimgi yunon afsonalaridagi qahramon bo‘lib, rivoyatlarga ko‘ra, Tantal o‘z 
qilmishlari uchun jazo tariqasida suvga botirib qo‘yilgan ekan. Uni suvga shunda tiqishganki, 
bechora  garchi  o‘zi  suvda  turgan  bo‘lsa-da,  boshini  qimirlata  olmagan  va  shu  sababli, 
qanchalik chanqasa ham bir qultum ham suv icholmagan. Tantal solib qo‘yilgan suvga mevali 
daraxtlarda g‘arq pishgan mevalar ham egilib tushib turgan. Tantal esa ularga og‘zi bilan yeta 
olmagan va ochlikdan azob chekkan. Berseliusning taklifi ko‘pchilikka ma’qul tushib, Ekeberg 
kashf qilgan oksiddagi metallni hamma tantal deb atay boshlagan. Tantal o‘z fizik va kimyoviy 
xossalariga ko‘ra,  avvalroq ayni  shu  mineral  tarkibidan ochilgan element  –  kolumbiyga shu 
darajada  o‘xshar  ediki,  o‘sha  paytlarning  eng  yetuk  kimyogar  mutaxassislari  ham,  tantal  va 
kolumbiy  boshqa-boshqa  elementmi,  yoki,  aynan  bitta  metallmi  –  farqlay  olmay  yurishgan. 
Tushunarsiz  holatga  oydinlik  kiritgan  kashfiyotni  faqat  1845-yilga  kelib  nemis  kimyogari 
Genrix Roze (1795-1864) amalga oshirdi. U bir necha minerallarni, shu jumladan, Bavariyadan 
keltirilgan  kolumbitni  ham  kimyoviy  tahlil  qilib  ko‘rdi.  Roze  sinchiklab  tekshirish  orqali, 
ushbu  mineraldagi  o‘sha  ikki  element  haqiqatan  ham  bir-birdan  mustaqil,  mutlaqo  boshqa-
boshqa elementlar ekanini tasdiqladi. Roze yana shuni aniqladiki, Xettchet alohida element deb 
o‘ylagan va kolumbiy deb nom berib qo‘ygan birinchi modda aslida o‘sha ikkita juda o‘xshash 
metallarning  aralashmasi  ekan.  Roze  tomonidan,  kolumbit  mineralining  tarkibi 
Fe,Mn(Nb,Ta)
2
O
6
  ekani  ham  aniq  ko‘rsatib  berildi.    Olim  ikkinchi  elementni  Niobiy  deb 
nomlashga qaror qilgan. Uning ma’nosi o‘sha qadimgi yunon afsonalaridagi Tantalning qizi 
Nioba ismi bilan bog‘liq.  
Roze  ilmiy  ishlaridan  keyin,  Xettchet  kolumbiy  deb  nomlab  qo‘ygan  modda  aslida 
kimyoviy  element  emasligi  oydinlashgan  bo‘lsa-da,  biroq,  Amerikaliklar  nimagadir  uzoq 
yillargacha Niobiy atamasini qabul qilishmadi. XX asr 40-50 yillarigacha ham AQSHda chop 
etilgan  kimyoviy  elementlar  davriy  jadvallarida  Niobiy  o‘rniga  Kolumbiy  atamasini  va  Nb 
formulasi o‘rniga Cb formulasini uchratish mumkin edi. Adolat yuzasidan aytib o‘tish shartki, 
garchi,  Xettchet  o‘zi  element  ochdim deb  o‘ylab  yanglishgan bo‘lsa-da, lekin  ilm-fan uning 
kimyo fani oldidagi xizmatlarini unutgani yo‘q. Uning nomi AgTlPbAs
2
S
5
 mineraliga xatchit 
tarzida biriktirilgan.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish