MAHMUD YaSAVULBOShINING MA’ZUL BULG‘ONINING KAYFIYaTI
Hijratning ming ikki yuz to‘qson beshlanchi yilida xon hazratlari tamomi arkoni davlat va ayoni
hashmat bila otlanib shikor azmin etib, Ko‘hna Urganj tarafiga bordilar. Ul atrofda bir necha kun
shikor etib aylanib kelib Pursig‘a tushtilar. Ul yerda bir xabar eshitildikim, chovdardin bir jamoa
urdug‘a quyulmoqning saddidadurlar. Ba’zilar dedilar: «Olar bu ishda Mahmud yasavulboshi bila
muttafaq ermishlar. Ne uchunkim, Urozmuhammad Bahodir degan chovdarkim, yasavulboshining
kishisi erdi, ul jamoaning oralarida ermish». Xon hazratlari yasavulboshidin badgumon bo‘lub,
hazratlariga talab etib dedilar:
«Chovdarlarning taraflarig‘a kishi yuborib, justijo‘ qilib ko‘rgilkim, bu so‘z rostmu?»
Yasavulboshi ta’zim qilib toshqorig‘a chiqib dedi: «Chovdarlarning ne hadlari bordurkim, mundog‘
ishga mubodarat eta olg‘aylar?» Bas, justijo‘sin ham etmay; orqayin o‘ltura berdi. Ammo xon
hazratlari imtihon yuzidin bir kishiga amr etdilarkim: «Yasavulboshining qushidin bir xabar olib
ko‘rgil, ul ishning justijo‘sin etib yurubdurmu? Ye orqayin o‘lturubdurmu?» Ul kishi kelib
yasavulboshining qushidin xabar olib ko‘rdi. Yasavulboshi orqayin o‘lturubdur. Borib xon hazratlariga
xabar berdikim, yasavulboshi brqayin o‘lturubdur, Xon hazratlarining ul gumonlari yaqing‘a mubaddal
bo‘lub g‘azab bila buyurdilarkim, Mahmud yasavulboshini tutub band etdilar. Va Bobo mehtarga
buyurdilarkim, Buldumsozg‘a borib oning orqa tarafida Mahmud yasavulboshining yeri va havlisi bor
erdi, Havlisini o‘tladi va Urozmuhammad Bahodir boshliq badgumonliq etilgan kishilarning
hammalarining uylarin o‘tladilar.
Xon hazratlari Qizil taqirg‘a tushub erdilar. Ondin ko‘chub Hiloliyg‘a keldilar. Onda bir kecha
bo‘lub, ertang bila otlanib kelib Taxtaning yovuqida yamut Qulmurod sardorning yeriga kelib borgoh
va saropardani barpo qilib tushtilar. Qulmurod sardor xon hazratlariga bir yaxshi ot peshkash etib ko‘p
xizmatlar etdi. Besh muhrdor ham besh yaxshi ot va besh g‘oli
193
bila kelib xon hazratlariga salom
berdilar va tamomi yamutlar tuhfavu peshkashlar va g‘olivu takanamadlar bila kelib xon hazratlariga
salom berib izzatu hurmatlar etdilar.
Muning so‘ngg‘i kuni xon hazratlari ul yerdin ko‘chub, Oq darbandga kelib tushub, ul yerda
hammaga sarpoy berib, munipg so‘ngg‘i kuni kelib Xevaqg‘a tushub taxti davlatda qaror tutdnlar.
Ondin so‘ng amr etdilar: «Chovdarlardin har kishining Mahmud yasavulboshida haqqi bo‘lsa, olsun!»
Chovdarlardin ko‘p kishi yasavulboshida haqqim bor deb keldilar. Amri oliy bila Mahmud
yasavulboshining besh ming tillosin olib chovdarlarg‘a berdnlar. Ondin so‘ng Mahmud yasavulboshini
azl etib, o‘rnig‘a Rahimbergan eshik oqosini yasavulboshi etdilar. Chovdarning sarkardaligi mehtarda
qaror tutdi. Amr etdilarkim, emdi Mahmud yasavulboshi uyidin chiqmasun? Mahmud yasavulboshi
uyidin chnqmay, o‘z uyida mahbus bo‘lub, umrining oxirigacha hamul mahbusliqda qoldi.
Yana ushbu yil zuhurg‘a yetgan voqeotning biri budurkim, boshda Rusiya askari kelib shaharni
muxosara qilg‘onda Rahimberdibek ibn Olloberdi to‘ra mag‘furni Bog‘ishamol darvozasida Qo‘yub
erdilar. Andog‘kim, raqamzadayi kilki bayon bo‘lub erdi.
193
G‘oli - qolin, gilam deb ham yuritiladi.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |