Microsoft Word shajarayi xorazmshohiy lotin ziyouz com doc



Download 406,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/72
Sana28.09.2021
Hajmi406,42 Kb.
#187352
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72
Bog'liq
shajarayi xorazmshohiy

ERON USAROLARINING

190

 YaMUTLARNING QULLARIDA QATLI OM BULG‘ONI 

VA O‘ZGA VOQYeOT ZIKRI 

 

Hijratning ming nkki yuz to‘qson ikkilanchi yilida Eron asirlaridin qolg‘onlarikim, viloyatlarig‘a 



ketmakning saranjomida erdilar, besh mingdnn zkyodrsq erdilar. Olarning ba’zilari Qattabog‘da jam’ 

bo‘lub, ul atrofda yurur erdilar. Ba’zilari Toshhavzda yig‘noq etib sokin erdilar. Bularning ko‘proqlari 

oqolaridin tuhmat bila ko‘p nimarsa olg‘on va o‘g‘irlab ham ko‘p mollarin olg‘on va atrofni toroj etib 

ham ko‘p nimarsa jam’ qilib hammalari g‘ani bo‘lg‘on erdilar. Xohishlari bu erdikim, ushbu amvol 

bila sog‘u salomat Eronga borg‘aylar. Avazgeldixon degan yamut kelib Eron usarolaridin ba’zilari bila 

do‘st bo‘lub olarg‘a dedn: «Man sardor bo‘lub sizlarni Erong‘a olib borurmai». Hamma xushvaqt 

bo‘lub onga ko‘p nimarsa bermakning va’dalarin etib, oning bila ko‘chub Toshhavzg‘a bordilar. 

Toshhavzdog‘i asirlar ham olarg‘a yor bo‘lub o‘zlariga Ali Muhammad degan eroniyni xon etdilar. 

Ondin so‘ng yo‘lg‘a kirib, Ko‘hna Urganj tarafiga ravon bo‘ldilar. 

Avazgeldixon bir kishi bpla ohista yamutlarg‘a xabar yubordikim: «Man asirlarga sardor bo‘lub 

olib borurman. Olarning amvolu amtia’

191


 va dinoru tapgalari bag‘oyat ko‘pdur. Albatta, talabgor 

yigitlar o‘zlarini yetkurub bu moli g‘animatdin bahramand bo‘lsunlar». Yamutlar bu xabarni eshitib 

o‘n ikki mingdin ko‘proq kishi jam’ bo‘lub yo‘lg‘a kirdilar. Vaqtekim, Ali Muhammadxon 

Avazgeldixonni rohbar qilib yo‘lg‘a kirdi, Ko‘hna Urganjga kelib jam’ bo‘lub, bir necha kun turub 

mushku mutaxara va ozqa shoyini tutub yo‘lg‘a kirib Mangg‘ir ustidin yurub Qattig‘oqar bo‘yig‘a 

kelib asirlar suv ko‘tarmakchi bo‘ldilar. Avazgeldixon man’ qilib dedi: «Bu yerda suv ko‘tarmang. 

Suvni Yagan qilichning bandig‘a borg‘ondin so‘ng ko‘taring». Alqissa, bularni suvdin o‘tkarib Yagan 

qilichning bandiga yetkurmay bir suvsiz yerga tushurdi. Ul holda yamut lashkari boyakbor hujum etib 

kelib, asirlarning atroflarin ihota qilib tushtilar. 

Ikki kungacha atroflarin olib, qamag‘ondin so‘ng asirlar tashnalikdin betob bo‘lub chashmalar 

qozdilar. Hech biridin suv chiqmadi. Ondin so‘ng asirlar mutafarruq bo‘lub suv tarafiga yuz qo‘ya 

berdilar. Ul vaqtda yamutlar olarning ustiga hujum etib, ot solib borib qatl qila berdilar. Ul asirlar ul 

yerda andog‘ qatli om bo‘ldilarkim, olardin biri qutulmadi. Yamutlar benihoyat ko‘p o‘ljalarg‘a ega 

bo‘lub xurramu xushhol qabilalarig‘a qaytib bordilar. 

Hijratning ming ikki yuz to‘qson uchlanchi yilida qazoq avboshlari hujum etib qabilalarg‘a talon 

sola berdilar va yo‘ldin o‘tganlarni ham toroj eta berdilar. Ul jumladin biri qazoqdin olti yuz miqdori 

kishi chovdor ichida o‘lturg‘on maxdumlardin Mahmud eshonning ovbasig‘a quyulub Mahmud 

Eshonni o‘ldurub ko‘p mollarini olib keta berdilar. Chovdarlar xabardor bo‘lub otlanib chiqib izlariga 

tushtilar va Lavzon bo‘yida izlaridin yetib urush solib, chovdarlar g‘olib kelib qazoqlarni qatl qila 

berdilar. Ul yerda qazoqlardin besh yuz kishidin ko‘proqi qatlg‘a yetdilar. Chovdarlar soliman 

g‘oniman

192


 qaytib ovbalarig‘a bordilar. 

Hijratning ming ikki yuz to‘qson to‘rtlanchisida Qulibek otlig‘ yamut ikki yuz otli yamut bila 

                                                      

190


 Usaro — asirlar. 

191


 Amt’a — matohlar. 

192


 Soliman va g‘oniman — salomat va g‘animat mollar bilan. 

 



Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy 

 

 




Download 406,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish