KAUFMAN QAYTIB QYeTGANDIN SO‘NG XON HAZRATLARINING VILOYaTNI
MURATTAB ETGANLARINING BAYoNI
Vaqtekim, Rusiya askari ko‘chub o‘z viloyatlarig‘a kettilar, xon hazratlari taxti davlatda qaror
tutub, Pahlavon Mirzoboshini Muhammadmurod devonbegining o‘rnig‘a devonbegi qildilar va Bekjon
eshik oqosinikim, Rahmatullo yasavulboshining o‘g‘li erdi, otasining o‘rnig‘a yasavulboshi qildilar. Ul
ovonda qaroqchilar bosh ko‘tarib yamutdii Oymongul va Shalmongul va Otakeldi qaroqchi va Xinot
o‘g‘ri va Muhamkad G‘roz Quloq deganlar yo‘l urub va fuqaroning uylarin talab ko‘p fitnavu
fasodlarni turg‘uzub yurudular va bulardin boshqa ham o‘g‘ri va qaroqchilar bag‘oyat ko‘palib raiyatni
ko‘p tang etdilar.
Xon hazratlari eshitib navkarlarga amr etdilar, tokim ul o‘g‘rilarni dastgir etib kelturgaylar.
Navkarlar o‘g‘rilarning taraflariga ketdilar. Ul asnoda Otakeldi qaroqchi qazoq chopmoqg‘a ketdi va
Xinot o‘g‘ri taka chopmoqg‘a azm etdi. Otakeldi qazoqlarning qo‘llarida qatl bo‘lub, Xinotni ham
takalar o‘lturub, ul ikki tiyraro‘zg‘orning nopok vujudlari lavsidin
187
jahonni pok etdilar. Boshqa
o‘g‘rilarni ham navkarlar bir-bir. tutub keltura berdilar. Xon hazratlari kelgan hamono osmoqg‘a
buyura berdilar. Ot ko‘targan o‘g‘rilardin ko‘proqlari tutulub osilg‘ondin so‘ng raiyatning oralarida
amniyat
188
paydo bo‘ldi. Chun qish kelib daryo to‘ngdi, ul ovonda Bayram uzun otlig‘ bir chovdar
yamut va chovdarning talabgor yigitlaridin bir guruhi anbuhg‘a bosh bo‘lub daryodin o‘tub Rusiyaning
qizil uylarin talab va o‘tlab ulug‘ fitnani barpo qilib, ko‘p o‘lja bila qaytiblurlar. Ivanuf bu holdin ogoh
bo‘lub xon hazratlariga ariza yuborib, ul amvolningkim, oltmish ming manotlig‘ erkan, talabin etdi.
Xon hazratlari Mahmud yasavulboshig‘akim, chovdar sarkardasi erdi, amri oliy sudur toitikim,
hamul mablag‘pnng nisfini
189
chovdardin undurub kelgay. Mahmud yasavulboshi ta’zim qilib chovdar
tarafig‘a ketdi. Va Xudoyor qushbegigakim, yamut sarkardasi erdi, buyurdildr: «Hamul mablag‘ning
187
Lavs — ifloslik, bulg‘anch.
188
Amniyat — omonlik, tinchlik.
189
Nisf — yarim.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
40
yana bir nisfinikim, o‘ttuz ming manotdur, sen yamutlarg‘a topdurub olib kelgil». Qushbegi ta’zim
qilib, yamut tarafiga ketdi. Bu xabarni Bayram uzun eshitib qochib yurtdin chiqib ketdi.
Mahmud yasavulboshi borib chovdarlarg‘a ul manotlarni to‘latib olib keldi. Qushbegi ham
yamutg‘a borib o‘ttuz ming manotni yamutlarg‘a to‘latib olib keldi. Xon hazratlari hamul oltmish ming
manotni bir kishi bila Ivanufg‘a berib yubordilar. Mundin bir yil o‘tgandin so‘ng Bayram uzun o‘zga
viloyatlarda g‘urbatga toqat keltura olmay, oxir yana qaytib chovdar ichiga keldi. Manot to‘laganlar
ikki ming tillosin oldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |