www.ziyouz.com kutubxonasi
46
ztdilar va Muhammad Murodbiy Bobobiyning o‘rnig‘a biy bo‘ldi. Tag‘oy mirobnnng o‘g‘li
Abduqodirbek otasining o‘rnig‘a mirob bo‘ldi. Ortiqbiynnng o‘g‘li Abdullobek birodarzodasi
Avazbiyning o‘rnig‘a biy bo‘ldi va Avazmurodbiyning o‘g‘li Sayyidbek otasining o‘rnig‘a biy bo‘ldi
va Muhammad Qarim mirob ibn Sulton mirobning o‘g‘li Nurillobek mirob bo‘ldi. Abdullobek ibn
Otaniyozbek ibn Abdusattorbek ibn Abduljabborbek ibn Do‘ston qushbegi ibn Odina Muhammad
otaliq mag‘furni mirob etdilarkim, bu Abdullo mirob Zag‘cha laqabi bila mulaqqabdur. Qipchoq
Qutluqmuhammadbekning avlodidin Ahmadbek inoq bo‘ldi va Bekjon otaliqni Gurlonga hokim etdilar
va Rahmanbergan otaliqni Qilichboyg‘a hokim etdilar. Va Nurillo mirobni Kotg‘a hokim etdilar va har
mezonda bu amaldorlarni shaharlaru qal’alarning solg‘utlarin undurub kelmakka yuborur erdilar.
Solg‘utning dahyaku choparlari bularg‘a taalluq topar erdi. Bularg‘a mundin boshqa ma’xazlar ham
ta’yin etdilar. Alqissa, tamomi qadim ul-xizmat davlatxohlarning avlodlarini turluk in’omlaru johu
martabalar bila xurramu xushhol etdilar va Ibrohimxo‘janing amakzodasi Sayyid Abdulloxo‘jani
Hazoraspga hokim etdilar.
Ul ovonda taka avboshlaridin bir jamoa kelib Regi Xorazmda yuruganlariga chapovvul urub bir
miqdor o‘tunchi va ko‘murchilarni surub ketdilar. Sayyid Abdulloxo‘ja bu xabarni eshitib, bir miqdor
navkar bila borib olar bila urushub shikast berib, chapovvul urub olg‘on tamomi amvollarini
qaroqchilarning qo‘llaridin olib to‘rt tirik va olti kalla bila kelib, altofi shohonaga mazhar bo‘ldi.
Ondin so‘ng viloyat o‘g‘ri va qaroqchilardin farog‘at topib raiyatning oralarida amniyat paydo bo‘ldi.
Bir necha yil bu tariqada osudaliq bila o‘tub hijratning ming uch yuz to‘rtlanchi yili va safar oyida
Muhammadrizo to‘ra ibn Olloquli Bahodirxon baqo olamig‘a azm etib, ondin to‘rt o‘g‘ul qoldi.
Avvalg‘isi Avaz Muhammadbek, ikkilanchisi Muhammad Nazarbek, uchlanchisi Muhammad
Aminbek, to‘rtlanchisi Muhammad Solihbek erdi.
Bu voqeadin besh oy o‘tgandin so‘ng yana ushbu yildakim, it yili erdi, rajab oyining avoyilida
Eltuzar inoq ibn Rahmanberdibiy mag‘fur dorilfanodin dorilbaqog‘a rihlat ko‘rguzub ondin yetti o‘g‘ul
yodgor qoldi. Avzalg‘isi Abdurrahimbek, ikknlanchi To‘ramurodbek, uchlanchi Abdulkarimbek,
to‘rtlanchi Abdullobek, beshlanchi Muhammad Solihbek, oltilanchi Abdulxoliqbek, yettilanchi
Muhammad Murodbekdur.
Yana ushbu yil Iso to‘rayi ibn Rahimqulixoni mag‘fur haj niyati bila xon hazratlaridin ruxsat hosil
qilib, sha’boni muazzamning o‘n yettilanchisida shanba kuni Xevaqdin chiqib yo‘lg‘a kirdilar. Bu
sayrlarida manzil-bamanzil borg‘on yerlarida ajoyibotu g‘aroyibotdin ne ko‘rsalar, kitobat qaydig‘a
kirguzub bir sayohatnoma bitdilar va onda so‘zni iboratoroliq bila bayon etib, balog‘atning dodin
berdilar. Ne uchunkim, ul hazrat bir fozili suxandon va shoiri xushbayon erdilarkim, o‘zlarin Xusraviy
taxallusi bila mutaxallis etib, she’r ham aytur erdilar. Bayt ul-haramning ziyorati shavqida bir qasida
oytibdurlar, ushbu bayt ondindur. Bayt:
Ey, xush ul davlatki, sa’y aylab Safovu Marvada
222
,
Bo‘lmoq Ismoildek Minoda qurboni Haram.
Va bu bayt ul qasidaning maqta’idur, bayt:
Sayri gulshan Xusraviyga kelmasa xush, ne ajab,
Orzu ko‘nglidadur gashti biyoboni haram.
Alqissa, ko‘p viloyatlarning sayrin etib Istanbulg‘a borib Xalifa hazratlari bila musohabatu
muvonasat etib, xalifaning xazinalarining sayrin etib, Istanbulning ajoyibotlari sayrin ztib Makkayi
muazzamag‘a borib, tamomi manosiki hajning sharoyitin bajo kelturub, ondin so‘ng Madinayi
222
Safo va Marva — Ka’badagi ikki tog‘. Hojilar haj asnosida bu ikki tog‘ orasidan sur’at bilan o‘tib qaytadilar.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |