www.ziyouz.com kutubxonasi
45
otlilari bila kelib bularg‘a hamroh bo‘lub Beshariq va Hazorasp otlilarin ham olib olti yuzdin ozroq otli
bila Fatangga bordilar. Ko‘rdilarkim, takalar qaytib ketubdurlar, tiladilarkim, izlaridin borg‘aylar.
Ba’zilar dedilar: «Olar sakkiz yuz otlidurlar. Hammalarining qo‘llarida xeyli miltuqlari bordur. Sizlar
bu sahl va oz otli bila olarning izlaridin bormag‘oningiz yaxshiroqdur». Bu so‘z bularg‘a ma’qul
bo‘lub ta’qibning tarkin etib qayttilar. Xudoyor qushbegi Hakim otaliq bila Xevaqg‘a kelib xon
hazratlarini ko‘rub, voqeani bayon qildilar. Bu voqeadin sakkiz yil o‘tgandin so‘ng, uch taka Hallang
mavzeidakim, Toshhavzning orqa kunbotar tarafida voqedur, o‘lturumli taka qorindoshlarining yonig‘a
kelib debdurlar: «Mundin sakkiz yil burun bizlar marvdin sakkiz yuz otli bo‘lub Rusiyann chopmoq
uchun To‘rtko‘lga kelib erduk. Yo‘ldoshlarimiz Rusiyaning o‘qlariga tob keltura olmay bosilib kettilar.
Bizlar qo‘lg‘a tushub hanuzg‘acha Rusiyaning bandida erduk. Alhol, ondin maxlas topib keladurmiz».
Ushbu yil Muhammad rizo otaliq jahondin borib, ondin Muhammad Solihbek va Muhammad
Safobek otliq ikki o‘g‘ul qoldi. Xon hazratlari Shohniyozbek ibn Hasanmurod qushbeginikim, oni
Bekjonbek der erdilar, oning o‘rnig‘a otaliq etdilar.
Hijratning ming ikki yuz to‘qson to‘qquzlanchi yilida Ibrohimxo‘jakim, Xonqohda Sayyid Otoyi
xo‘jalardin Sayyid Muhammadxo‘ja mutavallining o‘g‘li erdi. Va xon hazratlariga tog‘aliq nisbati bor
erdi. Bu sababdin shaharga kelib xon hazratlarining mulozamatlarida bo‘lur erdi. Ul asnoda chovdar
ichida Xolmuhammad eshon otlig‘ bir kishi sarkashlik bunyod etdi. Xon hazratlari Ibrohimxo‘jani
oning go‘shtobig‘a
217
ma’mur etdilar.
Ibrohimxo‘ja G‘oziobod va Anbor va Qilichboy va Toshhavz otlilari bila chovdar ustiga borib
Eshonni dastgir etib qaytib keldi. Xon hazratlari ko‘p xushhol bo‘lub Ibrohimxo‘jag‘a ko‘p
mehribonliqlar ko‘rguzdilar va xizmat etgan sarkarda va navkarlarga in’omlar berib hammalarin
xushhol etdilar. Ibrohimxo‘ja bora-bora dargohi oliyda bag‘oyat muqarrab bo‘lub xon hazratlari mehtar
va qushbegi dog‘i yurtning daftarlarin olib Ibrohimxo‘jag‘a topshurdilar. Bularda mahzi
218
mehtar va
qushbegi degan otdin boshqa nima qolmadi va Muhammad Ya’qub ibn Abdulrahimboynikim, avlodi
Miralidin erdi, devon etdilar, Oni xalq xo‘janing devoni der erdilar. Yurtning tamomi daftari oning
qo‘lida turdi.
Ushbu yil xon hazratlari Peterburg‘ viloyati azmin jazm etib, o‘runlarida birodarlarn To‘ra Murod
to‘rani joynishin etib xizmatig‘a Ibrohimxo‘jani ta’yin qilib va shaharning mirshabligin Abdulrahman
sarhangg‘a
219
tafviz etib xizmati humoyunlarida Muhammadmurod devonbegi va Yusuf mahram va
Muhammad mahram va g‘ayruhumni olib ketib uch oydin ko‘proq muddatda qaytib keldilar. Ketganda
Qo‘ng‘irot ustidin ketib erdilar, kelganda ham ul yo‘ldin keldilar. Hamma istiqbollarig‘a chiqib yurtdl
ajab bir xushholliq paydo bo‘ldi. Bu safarda Vaysbobo karvonboshi xon hazratlariga shoyista xizmatlar
etib, xizmatlarida qurbu manzalat paydo qildi.
Vaqtekim, xon hazratlari Peterburg‘din qaytib kelib taxti davlatda qaror tutdilar, Ibrohimxo‘jag‘a
mehribonliqlar ko‘rguzub bilkulliya o‘zlariga vaziri jumlat ul-muluk
220
etdilar. Ammo Ibrohimxo‘ja
bag‘oyat mudabbir va kordon
221
kishi erdi, viloyatg‘a yaxshi nizomlar berdi. Xon hazratlari oning ra’yi
bila burung‘i podshohlarga xizmat etib o‘tgan qadim ul-xizmat davlatxohlarning avlodlarin topib ota-
bobolarining o‘runlarida barqaror etdilar. Misli Qilichbek ibn Mahmudbek ibn Shohmurod inoqni
bobosining o‘rnida o‘lturg‘uzub inoq etdilar va Rahmanberganbek ibn Olloberganbek ibn
Xudoyberganbek ibn Olloberdi to‘rayi mag‘furni Manqit otaliqi Annaboy otaliqning o‘rnnda otaliq
etdilar va To‘ramurodbek ibn Yaxshimurodbek ibn Bobojonbek nbn Olloberdi to‘rann uyg‘ur
otaliqining o‘rnig‘a otaliq etdilar va Xudoyor qushbegining birodari Olloyorbekni ham otaliq etdilar.
Qipchoq otaliqi Hakim otaliq jahoni foniyg‘a vido’ qildi, o‘g‘li Abdullobekni otasining o‘rnig‘a otaliq
217
Go‘shtob — quloqni burab qo‘yish, ta’zirini berish.
218
Mahz — faqat, faqatgina, yolg‘iz.
219
Sarhang — muayyan lashkar bir qismining boshlig‘i (polkovnik singari).
220
Jumlat ul-muluk — butun mamlakat.
221
Kordon — ishbilarmon.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |