www.ziyouz.com kutubxonasi
44
Chun xon hazratlari bu abyotni mutolaa qilib mazmunidin ogoh bo‘ldilar, bu so‘zlar xotirlarig‘a
og‘ir kelib erdi, devonbegi hazratlarig‘a kelganda, ul abyotni devonbegining qo‘lig‘a berib
Mirzaboshidin ranjidaxotir bo‘lg‘onlarining izhorin etdilar. Devonbegi ham mirzaboshidin ko‘p
ranjidaxotir bo‘lub chiqib o‘z qo‘shig‘a kelib Ibrohim Sulton chopachig‘akim, oning muqarrablari
jumlasidin erdi, abyotni berib xon hazratlarig‘a oning bu abyotni berib xotiri humoyung‘a noxush
kelgonin bayon etdi. Chun Ibrohim Sulton bir shoiri xushbayon erdi, filbadiha, oning ul besh baytiga
bu besh bayt bila javob aytdi, abyot:
Alo, ey adab rasmini bilmagan,
Bu tavr ila shahga xitob aylama!
Birov shod o‘lub topsa o‘z rutbatin
214
,
Sen o‘z joninga ko‘p azob aylama!
Berib xizmatingdin zarar yurtg‘a,
Yana dema oni, hisob aylama!
Chu johnl o‘zungsen, desang yaxshidur
Ki, jahl ahlidin ijtinob aylama!
Hasad o‘tini tez etib siynada,
Ul o‘t ichra bag‘ring kabob aylama.
Muhammadmurod devonbegi oning bu javobidin xushhol bo‘lub, filhol, birov bila mirzaboshig‘a
irsol etdi. Mirzaboshi ul abyotni mutolaasidin bir qad uchub ul abyotni xon hazratlariga berganidin
ko‘p nodimu
215
pushaymon bo‘ldi.
Hijratning ming ikki yuz to‘qson sakkizlanchi yilida Marv takalaridin sakkiz yuz otli Jayhundin
o‘tub Rusiyag‘a chapovul urmoq niyati bila otlanib chiqib Regi Xorazmdin o‘tub Jayhun kenorig‘a
kelib bir necha kema topib, daryodin o‘tub atrofni toroj etmakka ishtig‘ol ko‘rguzdilar
216
. Rusiya
askari bu holdin ogoh bo‘lub chiqib olarning taraflariga to‘pu to‘fang otmoq bunyod etdilar. Takalar
o‘qg‘a tob keltura olmay, hazimatga yuz qo‘ydilar. Uch kishi olardin Rusiya askarining qo‘llarig‘a
tushti. Rusiya hokimi olarni zindonda mahbus etib qo‘yub sakkiz yildii so‘ng yuboribdurlar. Vaqtekim,
taka Rusiyadin bosiddi, daryodin o‘tub, Fatang ustiga keldilar. Fatang kadxudolari jam’ bo‘lub olar
bila xabarlashtilar. Takalar dedilar: «Bizlar maslahat bila Rusiyag‘a chapovul urmoq uchun chiqib
erduk, alhol, sielarga mehmondurmiz. Kerakdurkim, bizlarga mehmondorliq etgaysizlar. Kadxudolar
qabul qilnb, bir necha o‘kuzu qo‘y va bir miqdor yog‘u birinj va ot yemi va kulta hozirlamoqg‘a
muqayyad bo‘ldilar va qal’adin tashqarida o‘lturg‘on elatg‘a ham ohista xabar berib ayolu atfollarin
filhol qal’ag‘a ko‘churmakka amr etdilar. Elat hamul kecha ichida tamomi ayolu atfolu amvollarini
olib qal’ag‘a kirdilar.
Chun oqshom o‘tub kunduz bo‘ldi, takalar do‘stlikni dushmanliqg‘a mubaddal etib, ahli Fatangga
aqsum bo‘ldilar. Xalq qochib qal’ag‘a kira berdilar. Kadxudolar bu holdin Xevaqg‘a xabar yubordilar.
Takalar qal’aning tashqarisida qolg‘on ahmolu asqolni talab, qal’aning darvozasn oldiga kelib
xohladilarkim, qal’ag‘a kirgaylar. Aholi o‘q otib takalardin uch kishini o‘lturdilar. Takalar o‘luklarin
tiladilar. Ahli Fatang bermadilar. Takalar noiloj bo‘lub ko‘p qo‘yu teva va qaromol surib olgan
o‘ljalarin otu tevalarga yuklab qumg‘a kirib Marv tarafiga qayttilzr. Vaqtekim, Fatangning jarchisi
Xevaqg‘a keldi, takalarning Fatangga hujum etganlarining xabarin berdi. Xon hazratlari buyurdilar:
«Xudoyor qushbegi va Hakim otaliq navkarlar bila borsunlar». Bas, Ramiq va Xudoyor va
Rahmanberganboy va Pahlavon Niyoz yuzboshi G‘oziobod va Shohobod va Manaq va Toshhavz
214
Rutbat – martaba, daraja
215
Nodim — afsuslanuvchi, nadomat qiluvchi.
216
Ishtig‘ol ko‘rguzmak — shug‘ullanmoq.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |