www.ziyouz.com kutubxonasi
43
qushbegig‘a amr etdilar, tokim, borib yamutdin ul mollarni topib kelgay. Qushbegi ta’zim qilib chiqib
otlanib bir miqdor navkar bila yamut ustiga bordi va yamut kadxudolarin jam’ qilib amri oliyni olarg‘a
yetkurdi va qirg‘a ketgon yamutlarni topib qirdin kelturgon tevalarin topdurub, yo‘q bo‘lg‘on
tevalarning har biriga yigirma tillo baho qo‘yub tangasini topdurub olib qaytib Xevaqg‘a kelib
mulozamatg‘a yetdi. Xon hazratlari ul teva va nuqudni Ivanufg‘a berib yubordilar. Ivanuf qazoqlarg‘a
topshurdi.
Ushbu yil xon hazratlari Russiyadin Muhammadmurod devonbegi bila Rahmatullo
yasavulboshinikim, emdi qaytib kelman-turg‘on sibirlik bo‘lub Qazonlig‘a yuborilgon erdilar,
gunohlarin afv etib qaytarib Xevaqg‘a yubormaknnng iltimosin etdilzr. Rusiya ulug‘lari maslahat bila
bu so‘zni imferatur a’zamga ma’lum etib yubordilar. Imferatur a’zam xon hazratlarining iltimoslarin
rad etmakni tariqi muruvvatdin ba’yid ko‘rub, noiloj bo‘lub olarg‘a qaytib Xevaqg‘a bormoq ruxsatin
berdi. Olar xushhol bo‘lub kamoli surubla Xevaq tarafiga ravona bo‘ldilar. Olarnnng sibir bo‘lub
ketganlariga yetti yil bo‘lub erdi. Bir necha kun yo‘l torub Xevaqg‘a kelib ostonbo‘sliq sharafi bila
musharraf bo‘ldilar. Xon hazratlari g‘oyatda xushhol bo‘lub olarg‘a ko‘p mehribonliqlar ko‘rguzdilar.
Muhammadmurod devonbegining devonbegiligi Pahlavon Mirzoboshig‘a va Rahmatullo
yasavulboshining yasavulboshiliqi o‘zining o‘g‘li Bekjong‘a bar sabili oriyat
200
mufavvaz
201
bo‘lmish
erdi. Mirzaboshini burung‘i Mirzaboshiliq mansabida va Bekjonni burung‘i eshik oqosiliq mansabida
barqaror etib, Muhammadmurod devonbegiga devonbegilik mansabin va Rahmat yasavulboshig‘a
yasavulboshiliq mansabin musallam tutdilar. Ikkovlari g‘oyatda xushvaqt bo‘ldilar. Ondin so‘ng
uylariga borib ayolu atfollarik ko‘rub ko‘p xushholliqlar dast berdi.
Muhammadmurod devonbegi ostoni oliyda rivoj topib, kun-kundin qadru manzalati
202
ortib
borgohi oliyning muqarrablaridin
203
bo‘ldi. Yamut sarkardaligin ham onga tafviz etdilar
204
.
Mirzaboshining qurbi
205
bo‘‘dg‘a
206
tabdil
207
topib, g‘oyatda charishon va o‘z ahvoli andishasida
sarosimavu hayron bo‘ldi. Bir kun nihoyat betoqatliqidin ushbu bir necha abyotni aytib bir tanholiq
vaqtni topib eltib, xon hazratlarining qo‘llarig‘a berdi. Abyot:
Mango, ey shahim, ko‘p itob
208
aylama,
G‘am o‘tida bag‘rim kabob aylama!
Zag‘akga
209
berib bulbul o‘rnida joy,
Xumo
210
hamnishinin uqob
211
aylama!
Qilib yod shoyista
212
xizmatlarim,
Xato birla sahvim hisob aylama!
Tuzub suhbat ahli jaholat bila,
Kamol ahlidin ijtinob aylama!
Qovib majlisingdin mani, g‘ayrii
Maqomimda noyib-manob
213
aylama!
200
Bar sabili oriyat — rioyat qilish yuzasidan.
201
Mufavvaz — topshirilgan, ixtiyoriga berilgan.
202
Manzalat — daraja, layoqat, qadr, martaba
203
Muqarrab — yaqin turuvchi, yaqin do‘st.
204
Tafviz etmoq — topshirmoq.
205
Qurb — yaqinlik.
206
Bo‘‘d — uzoq, yiroq.
207
Tabdil — almashmoq, o‘zgarmoq.
208
Itob — qahr, g‘azab, qiynoq
209
Zag‘an — quzg‘un.
210
Humo — afsonaviy qush, davlat qushi.
211
Uqob — burgut.
212
Shoyista — muvofiq, munosib, loyiq, maqbul, ma’qul.
213
Noyib-manob — o‘rinbosar.
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy
Do'stlaringiz bilan baham: |