www.ziyouz.com kutubxonasi
41
Chorjo‘yg‘a borib to‘rt ming qaro qo‘y bila tojikning bir bolasini olib qayttilar. Buxoro amiri bu
voqeadin ogohliq topib, Ivanufg‘a noma yuborib, ul amvolning astrdodini iltimos etibdur. Ivanuf xon
hazratlariga ariza yuborib amirning iltimosin izhor etibdur. Xon hazratlari Xudoyor qushbegiga amr
etdilar, tokim, yamut qaboyilig‘a borib ul amvolni yamutlarg‘a topdurub olib kelgay. Qushbegi ta’zim
qilib chiqib otlanib bir miqdor navkar bila yamut qaboyilig‘a borib tojikning bolasini topib oldi. Ondin
so‘ng to‘rt ming qo‘y uchun sakkiz ming tilloni qaroqchilarg‘a solib olib kelturdi. Xon hazratlari
hamul sakkiz ming tilloni va hamul tojikbachchani bir kishi bila To‘rtko‘lga yubordilar. Ivanuf
xushhol bo‘lub, amirning kishisiga topshurub yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |