www.ziyouz.com kutubxonasi
62
fasod, qo'shnilaring hasadgo'y, boradigan joylaring qizib turgan do'zax", derdi. Ya'ni,
tojir johil bo'lsa, ribodan saqlanmasa.
Ammo tijoratchi fiqhni o'rgansa, savdo vaqtida pok bo'lsa, u jihoddadir, chunki xabarda
haloldan kasb qilish jihoddan afzal, deb rivoyat qilingan. Qatoda: "Bizga rostgo'y
savdogar qiyomat kuni arshning soyasida bo'lishini aytishdi", deydilar.
Agar bir kishi biror narsani sotsa yoki sotib olsa, so'ng pushaymon bo'lsa va savdoni
bekor qilishni so'rasa, unga narsasini qaytarib berish lozim, chunki Rasululloh (sollallohu
alayhi vasallam): "Kim afsuslanuvchining savdosini bekor qilsa, Alloh qiyomat kunida
uning gunohlarini bekor qiladi", deganlar.
Abu Hanifa (rahmatullohi alayh) bir kishiga ipak matoni sotdilar, so'ng sotib olgan kishi
qaytib kelib savdoni bekor qilishni talab etdi, Imom rozi bo'lib, savdoni bekor qildilar.
So'ng xodimlariga: "Tur, narsalarni uyga olib bor, savdo-sotiqqa hojatim yo'q edi, faqat
Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) "Kim afsuslanuvchining savdosini bekor qilsa,
Alloh qiyomat kunida uning gunohlarini bekor qiladi", degan so'zlariga doxil bo'lish
uchun chiqqan edim. Darhaqiqat, hozir niyatimga erishdim", dedilar.
Bozordan narsa olmoqchi bo'lsang, sotuvchi sotib olishdan oldin buni tatib ko'r, desa,
undan ema, chunki uning eyishga ruxsat berishi sen sotib olishing uchundir. Ko'pincha
o'rtangizda savdo amalga oshmaydi, natijada bu tatib ko'rish shubhali narsani yeyish
bo'lib qoladi. Lekin agar u narsasini ta'riflasa, sen u sifatlarni topmasang, ixtiyor
o'zingda.
Savdogarga savdosi yurishishi uchun qasam ichishi makruhdir. Tijorat kishini farzlarni
ado etishdan mashg'ul qilib qo'ymasligi kerak. Agar namoz vaqti kelsa, savdogar
tijoratini tark qilishi lozim. Alloh taolo bu haqda aytadi:
"U (masjidlarda) ertayu kech U zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni na tijorat va na
oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to'kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga)
ato etishdan mashg'ul qila olmas. Ular dillar va ko'zlar iztirobga tushib qoladigan
(qiyomat) kunidan qo'rqurlar. Ular Alloh o'zlarini qilgan amallarining eng go'zallari
sababli mukofotlashi va yana ularga o'z fazlu karami bilan ziyoda (savoblar ato) qilishi
uchun (ertayu kech Allohni poklab ibodat qilurlar). Alloh o'zi xohlagan kishilarga behisob
rizq berur" (Nur, 37-38).
Odamlar oyatda vasfi kelgan kishilar haqida ixtilof qilishdi. Ba'zilar: "Ular tijoratni
butunlay tark qilib, suffa ahli kabi doim ibodatda bo'lgan kishilardir", deyishdi. Ba'zilar:
"Ular tijorat bilan shug'ullanganlarida ularning tijorati namozlarni vaqtida o'qishdan
mashg'ul qilib qo'ymagan kishilardir", deb aytishdi. Hasan Basriy: "Ular tijorat bilan
shug'ullanib, tijoratlari ularni Allohning zikridan va namozdan chalg'itib qo'ymagan
kishilardir", deganlar.
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Oyatning ma'nosiga ikkala firqa doxildir, vallohu a'lam.
Do'stlaringiz bilan baham: |