Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
Faqih aytadilar: Sovg'ani qabul qilish bizning nazdimizda ikki xil bo'ladi. 
1. Amirning boyligi pora va haromdan iborat bo'lsa, sovg'ani olish joiz emas. Faqat 
yuborilgan sovganing halol moldan ekani bilinsa, olish mumkin. 
2. Boyligining aksari meros yoki tijoratdan orttirilgan bo'lsa, sovg'a olishning zarari yo'q. 
Faqat yuborilgan sovg'aning harom yoki shubhali ekani bilinsa, olish joiz emas. 
Umuman, har qanday holatda olmaslik afzal. 
 
63-bob 
Birovning uyi ichiga qarashdan qaytarish haqida 
Faqih aytadilar (Alloh rahmat qilsin): Biror kishi boshqaning uyiga ruxsatsiz qarashi joiz 
emas. Kim qarasa gunohkor bo'ladi. Qaragan kishining ko'zini uy egasi o'yib olsa, ba'zi 
faqihlarning fikricha, aslo javobgar bo'lmaydi. Boshqalarning fikricha esa, uy egasi 
javobgar bo'ladi. Shu hukmni olamiz. "Javobgar bo'lmaydi" degan faqihlar Ibn Shihob 
Sahl ibn Sa'd So'idiydan rivoyat qilgan hadisga tayanishgan: Bir kishi Rasulullohning 
(sollallohu alayhi vasallam) uylariga kelib qoldi. Rasululloh sochlarini tarab turardilar. U 
kishini Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ko'rib: "Agar menga qarab turganingni 
bilganimda, taroqni ko'zingga tiqib olardim. Chunki ruxsat so'rash nazardan saqlanish 
uchun joriy qilindi", dedilar. 
Abu Zannod A'rajdan, u Abu Hurayradan rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) dedilar: "Agar biror kishi senga beruxsat qarasa, uni ko'zini o'yib olsang ham, 
senga gunoh bo'lmaydi". 
"Javobgar bo'ladi" degan kishilar ushbu oyati karimalarga suyanishgan:  
"Hurmatlar (buzilsa, rioya qilinmasa) qasos (olinadi). Bas, kim sizlarga tajovuz qilsa
sizlar ham ularga tajovuzlari muqobilida tajovuz qiling! Va Allohdan qo'rqingiz! 
Bilinglarki, Alloh o'zidan qo'rquvchilar bilan birgadir" (Baqara, 194);  
"(Ey mo'minlar), agar sizlar (o'zingizga etgan biron ziyon-zahmat uchun) intiqom 
olmoqchi bo'lsangizlar, u holda faqat sizlarga etkazilgan ziyon barobarida intiqom 
olingiz. (Ammo) agar (intiqom olmay) sabr-toqat qilsangizlar, albatta sabr qilguvchi 
kishilar uchun (bu ish intiqom olmoqdan) yaxshiroqdir" (Nahl, 126). 
Demak, hadis oyatning hukmiga zid, bunday holatda hadisga amal qilinmaydi. Ehtimol, 
yuqoridagi oyatlar nozil bo'lishidan oldin hadis mansux bo'lgandir yoxud va'id uchun 
bo'lib, vujubga dalolat qilmas. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bir gapni aytsalar 
boshqa ma'noni qasd qilar edilar. Masalan, Abbos ibn Mardos Salmiy u kishini 
maqtaganda Bilolga qarata: "Tur-da, tilini kesib tashla", dedilar. Bu gaplari bilan 
kesishni emas, balki biror narsa berishni iroda qilganlar. 
Shunga o'xshab hadisdagi ko'zni o'yishdan murod, birovning uyiga bundan keyin 
beruxsat qaramaslik iroda qilingan bo'lishi mumkin. To'g'risini Alloh bilguvchiroqdir. 
 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish