Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
63
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Ra'iyatga hokimlarga itoat qilishi vojib, modomiki ularni
ma'siyatga buyurmasa. Agar ma'siyatga buyursa, itoat qilishi joiz emas,
shuningdek,
ularga unga qarshi chiqish ham mumkin emas, ammo zulm qilsalar, ularning zulmidan
himoyalanish uchun qarshi chiqish joizdir. Biz aytamizki, hokimlarga
itoat qilish Alloh
taoloning:
"Ey mo'minlar, Allohga itoat qilingiz va Payg'ambarga itoat qilingiz hamda o'zlaringizdan
bo'lgan (ya'ni, musulmon) hokimlarga bo'ysuningiz!" (Niso, 59), degan so'ziga binoan
vojib. Ba'zi mufassirlar, o'zlaringdan bo'lgan amirlardir, dedilar. Anas ibn Molikdan
rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Quloq
solinglar va itoat qilinglar,
garchi sizlarga habash qul boshchilik qilsa ham", deganlar. Ibn Abbos (roziyallohu
anhumo) rivoyat qiladilar: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki amirida biror
yomon narsani ko'rsa, sabr qilsin, biror kishi jamoatdan bir qarich chiqsa va o'lsa,
johiliyat o'limi bilan o'ladi", dedilar. Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilinadi.
Yazid ibn Muoviyaning xalifa bo'lgani xabari u kishiga etgan vaqtda: "Yaxshi bo'lsa,
rozimiz, yomon bo'lsa, sabr qilamiz", deganlar. Ba'zi sahobalar: "Agar imomlar fuqaroga
adolat qilsa, fuqaroga shukr va imomlarga ajr bo'ladi. Agar jabr qilsa,
fuqaroga sabr va
imomlarga gunoh bo'ladi", deyishdi. Ammo gunohga buyursalar, itoat joiz bo'lmaydi.
Chunki Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Xoliqqa osiy bo'linadigan ishda maxluqga
itoat yo'q", deganlar. Nofi' Ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladi:, Nabiy
(sollallohu alayhi vasallam): "Muslim kishi yaxshi va yomon ko'rgan narsalarida quloq
solishi
va toat qilishi vojib, modomiki, ma'siyatga buyurmasa, agar ma'siyatga buyursa,
quloq solinmaydi va toat qilinmaydi", dedilar. Ali (roziyallohu anhu) rivoyat qildilar:
"Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) qo'shin yubordilar va ularga bir kishini amir qildilar. U
amir bir kuni o't yoqdi va g'azab qilib, unga kiringlar, dedi. Ba'zilar unga kirmoqchi
bo'lishdi, ba'zilar o'zimiz o'tdan
qochib yuribmiz, unga kirmaymiz, deyishdi. Bu voqeani
Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) aytishgan edi, u zot: "Agar o'tga kirganlarida,
abadiy undan chiqmas edilar". Allohga osiy bo'ladigan ishda maxluqqa itoat yo'q,
balki
toat ma'rifatda, yaxshilikdadir", dedilar.
Abdulloh ibn Ma'sud: "Alloh azza va jalla bu dinni fojir kishi bilan ham quvvatlaydi",
dedilar. Huzayfa ibn Yamon aytadilar: "Alloh sizlarga azob beruvchi amirlarni, albatta,
yuboradi. Qiyomat kunida Alloh taolo ularni do'zaxda azoblaydi". Muso ibn Ubayda
Ayyub ibn Xoliddan rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Yaqinda
sizlarga mendan so'ng amirlar kelib, o'zlari yomon ko'radigan narsani qiladilar va o'zlari
qilmaydigan narsalarni sizlarga buyuradilar, sizlar uchun ularga itoat yo'q", dedilar".
Zubayr ibn Adiydan rivoyat qilinadi: "Anas
ibn Moliknikiga bordik, unga Hajjojning
qilganlarini aytib shikoyat qildik, u kishi: "Sabr qilinglar, chunki bir zamonning ortidan
faqat undan yomonrog'i keladi", men buni Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam)
eshitganman", - dedilar".
Do'stlaringiz bilan baham: