O‘zbekistonda GESlarni qurish loyihalari.
Reja:
1. O‘zbekistonda GESlar soni.
2. Mikro GESlar.
3. Mikro GESlarning texnik parametirlari.
«O‘zbekgidroenergo» kompaniyasi qayta tashkil etilgan 2017 yildan beri 11 ta yangi GES qurildi va yana 8 tasi modernizatsiya qilindi. Natijada qo‘shimcha 244 MVtlik elektr energiya quvvati yaratildi. Shunga qaramasdan, O‘zbekistonning gidroenergetik salohiyatining yarmidan foydalanilmoqda, deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev to‘g‘on talab etmaydigan kichik gidrostansiyalar qurish masalasiga alohida e’tibor qaratib, bunga xususiy sektorni jalb qilish kerakligini ta’kidladi. Bugungi kunda 22 ta shunday istiqbolli maydon ro‘yxati shakllantirilgan. Ularda quvvati 5 megavattgacha bo‘lgan mini GES qurish bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.
Prezident shuningdek, Norin, So‘x, Tanxoz, Oq buloq, Ugam kabi daryolar va kanallarda 500 kVtgacha quvvatga ega ixcham gidrostansiyalar o‘rnatish imkoniyati borligini qayd etdi. Bunday joylar ro‘yxati aholi va tadbirkorlarga e’lon qilinadi.
Bunda quyosh, shamol elektr stansiyalari o‘rnatgani uchun aholi va tadbirkorlarga qanday imtiyozlar berilgan bo‘lsa, kichik gidrostansiyalar uchun ham shunday imtiyoz va subsidiyalar qo‘llanilishi belgilandi.
Gidroinshootlarni ishlatish uchun malakali mutaxassislar tayyorlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Texnika, irrigatsiya va arxitektura yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida bunga alohida ahamiyat qaratish, ularda qurilish hamda gidravlik laboratoriyalar tashkil etish zarurligi qayd etildi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ 8 ta mikro GES qurish loyihasini e’lon qildi
O‘zbekiston gidroenergetik salohiyatini oshirish borasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan investitsiyaviy loyihalar asosida yirik GESlarni qurish barobarida, mikro va kichik GESlarni qurishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
“O‘zbekgidroenergo” AJ 8 ta mikro GES qurish loyihasini e’lon qildi
O‘zbekistonda yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini mamlakat iqtisodiyotiga keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga elektr energiyasi va neft-gaz mahsulotlarining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4779-son qarori qabul qilindi.
Qaror ijrosini o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarish, gidroenergetika sohasiga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining 102-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Mazkur buyruqqa asosan, yangi mikro va kichik gidroelektr stansiyalarni joylashtirishning texnik imkoniyati mavjud ob’yektlar ro‘yxatini tuzish va shakllantirish, kichik suv oqimlaridan unumli foydalanish maqsadida, mikro GESlarni qurish borasida soha mutaxassislari tomonidan asosli takliflar o‘rganib chiqildi va ularning ro‘yxatlari shakllantirildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati.
Shakllantirilgan yangi loyihaga ko‘ra, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan qurilishi rejalashtirilayotgan yangi mikro GESlarning quyidagi ro‘yxati shakllantirildi:
“Chirchiq GESlar kaskadi” UK ning GES-10 tarkibida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga ko‘ra, mikro GES 10-GES bosimli havzasi Zax kanali bosh uzelida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 7 metr;
– suv sarfi – o‘rtacha 15 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 8 m3 dan 45 m3 gacha;
– o‘rnatilgan quvvati – 800 kVt (2x400kVt);
– yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 6 mln. kVt.soat.
“Farhod GES” UK bosh gidrouzelidan 3 km uzoqlikda Quyi Dalvarzin kanali 3-5 PK oralig‘ida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga ko‘ra, mikro GES Quyi Dalvarzin kanali 3-5 PK oralig‘ida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 8 metr;
– suv sarfi – 20 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 10 m3 dan 30 m3 gacha;
– o‘rnatilgan quvvati – 1 400 kVt (2x700kVt);
– yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 8-9 mln. kVt.soat.
Namangan viloyati Shimoliy Farg‘ona kanali Qizilrovot suv taqsimlash inshootida mikro GES qurish loyihasi (mikro GES loyihasi.
Loyihaga ko‘ra, mikro GES Shimoliy Farg‘ona kanali PK 64+30 da joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 10 metr;
– suv sarfi – 15 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 10 m3 dan 30 m3 gacha;
– o‘rnatilgan quvvati – 1 000 kVt (2x500kVt);
– yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 4,5 mln. kVt.soat.
“Hisorak GES” UK hududida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga ko‘ra, mikro GES “Hisorak GES” UK hududida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 100 metr (min. 75 m dan maksimal 132 m gacha);
– suv sarfi – 3 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 1 m3 dan 6 m3 gacha;
– o‘rnatilgan quvvati – 2 000 kVt (2x1 000kVt);
– yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 10 mln. kVt.soat.
“Ohangaron GES” UK hududida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga ko‘ra, mikro GES “Ohangaron GES” UK hududida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 35 metr (30-40 metr – nosug‘orish mavsumida);
– suv sarfi – 8 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 6 m3 dan 12 m3 gacha;
– o‘rnatilgan quvvati – 2 000 kVt (2x1 000kVt);
– yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 8 mln. kVt.soat.
“Shahrixon GESlar kaskadi” UKning GES-5A hududida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga ko‘ra, mikro GES “Shahrixon GESlar kaskadi” UK GES-5A hududida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 35 metr;
– suv sarfi – 3 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 2 m3 dan 4 m3 gacha;
– o‘rnatilgan quvvati – 800 kVt;
– yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 7 mln. kVt.soat.
“Shahrixon GESlar kaskadi” UKning GES-6A hududida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga ko‘ra, mikro GES “Shahrixon GESlar kaskadi” UK GES-6A hududida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 21 metr;
– suv sarfi – 3 m3;
– o‘rnatilgan quvvati – 500 kVt;
– yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 4 mln. kVt.soat.
“Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” UK ning GES-22 hududida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga ko‘ra, mikro GES “Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” UK GES-22 hududida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 10 metr;
– suv sarfi – 8 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – (may-sentyabr – minimum 1,5 m3 dan 2,5 m3 gacha; oktyabr-aprel – minimum 3 m3 dan 15 m3 gacha);
– o‘rnatilgan quvvati – 800 kVt (2x400kVt);
– yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 4,5 mln. kVt.soat.
Ta’kidlash joizki, mikro GESlar orqali mavjud suv resurslaridan, shu jumladan, suv omborlaridan yoki irrigatsiya kanallaridan, ikkilamchi suvdan samarali va oqilona foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yanada oshirish imkoni ta’minlanadi. Mikro GESlar elektr energiya berish bilan birga, daryo o‘zanini loyqalanishdan asraydi, ko‘plab ekin maydonlarini sug‘orishga imkon beradi.
Hozirgi kunda, mamlakatimiz gidroenergetik salohiyatini oshirish borasida Jamiyat tomonidan investitsiyaviy loyihalar asosida yirik GESlarni qurish barobarida, mikro va kichik GESlarni qurishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, mamlakatimiz suv salohiyatidan kelib chiqqan holda, mikro GESlardan foydalanish borasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda eng saralarini mamlakatimizda keng tatbiq etish bo‘yicha qator ilmiy-texnik, ilmiy-amaliy loyihalar ustida qizg‘in ish olib borilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar: Google,darsliklari
Bajardi: Yusupov Yunus.
Do'stlaringiz bilan baham: |