Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

avlodi o‘zining «buzib kirish huquqi»ni bor narsa deb qabul qiladilar. Blokcheyn 



texnologiyasi  «ishlab  chiqarish-iste’molchi»  biznes  modelini  yaratishga  imkon 

beradi. Nikekrossovkalari taqsimlangan registrda axborot hosil qilishi va saqlashi, 

o‘z  navbatida,  uni  Nikeva  oyoq  kiyimini  kiyib  yurgan  shaxs  smart-shartnomaga 

muvofiq  pulga  aylantirishi  mumkin.  Agar  foydalanuvchi  krossovkadagi  smart-

tarkibiy qismlarni ishga tushirish yoki ularni puls o‘lchagich va qondagi glyukoza 

darajasini  o‘lchash  kalkulyatori  yoki  Nike  uchun  qimmatli  bo‘lgan  har  qanday 

axborot  to‘plash  vositasi  kabi  boshqa  qurilmalar  bilan  sinxronlashtirishga  rozilik 

beradigan bo‘lsa, Nikeu sotadigan har bir juft oyoq kiyimidan aksiyalarning juda 

kichik  bir  ulushini  taklif  qilishi  mumkin.Ayrim  platformalarkompaniya  mijozlari 

bilan birgalikda mahsulotlar yaratishga qaror qiladigan iste’mol hamjamiyatlaridan 

farq  qiladi.  Ochiq  platformalarkompaniyalarga  yangi  biznes  yaratish  yoki 

platformaga  qiymat  qo‘shish  uchun  kengroq  imkoniyatlar  taklif  qilishga  imkon 

beradi.Blokcheyn standart umumiy shartnomalar va standart umumiy ma’lumotlar 

to‘plami  (ochiq  interfeyslar)  taqdim  etishni  eng  yaxshi  tarzda  ta’minlaydi. 

Blokcheyn platformalar yaratishni soddalashtirishi va arzonlashtirishi mumkin. Bu 

hali  jarayonning  boshlanishi,  holos.  Eng  yaxshisi,  blokcheynning  umumiy 

ma’lumotlar  to‘plamiaxborot  shaffofligi  va  mobilligini  ta’minlash  uchunhizmat 

qiladi,  ya’ni,  iste’molchilar  va  ta’minotchilar  eng  yaxshi  shartlarni  o’zlari  tanlab 

olishlari  mumkin.  Shuningdek,  elektron  ijorat  kompaniyalari  an’anaviy 

kompaniyalarning  resurslaridan  foydalanish  o‘rniga  o‘z  platformalarini  yaratib, 

blokcheynda  teng  huquqlar  bilan  ishlashlari  ham  mumkin.Kelajak  avtomobilini 

tasavvur  qiling.  U  barcha  axborotlar  oqimlari  bilan  ishlay  olishi,  avtomobilning 

aqlli  qismlari  esa  –  tranzaksiyalarni  amalga  oshira  olishi  va  bunda  pul  o‘tkazishi 

mumkin  bo‘lgan  blokcheyn  asosida  ishlashi  kerak  bo‘ladi.  Bunday  ochiq 

platformada  minglab  dasturchilar  va  korxonalar  sizning  avtomobilingiz  uchun 

shaxsiy ilova va dasturlar yaratadilar. Tez orada bunday platformalar butun boshli 

tarmoqlarni  -  masalan,  moliyaviy  hizmatlar  sektorini  -  turli  moliyaviy 

tranzaksiyalar  va  qiymatlar  almashinishni  blokcheyn  yordamida  tartibga  solgan 

holda  tubdan  o‘zgartirib  yuborishlari  mumkin.  Jahondagi  eng  yirik  banklar  va 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

konsorsiumlar  allaqachon  bu  g‘oya  ustida  ishlashni  boshlab  yuborishgan.  Obrazli 



qilib  aytganda,  raqamli  elektron  platformalar  –  sizning  omad  kemalaringizni 

yuqoriga  ko‘taradigan  havo  oqimidir.O‘ziga  xos  va  murakkab  vazifalarni  hal 

qilishga  qodir  bo‘lgan  malakali  mutaxassislarni  izlayotganlar ularni  topish  uchun 

o‘zlarining talablari haqida registrga xabar berishlari mumkin. Endi InnoCentive 

o‘rniga  nafaqat  foydalanuvchilarning  mobil  elektron  shaxsni,  balki  potentsial 

yo’llovchilar  haqida  ularga  mos  keladigan  va  tog‘ri  bo’lgan  qo‘shimcha 

axborotlardan 

iborat  bo‘lgan  mobil  rezyumeni  ham  shakllantiradigan 

blokcheynnitasavvur qilib ko‘ring. Hech kimga tegishli bo‘lmagan va shu bilan bir 

paytda  barchaniki  sanalgan  ko‘nikmalar  taqsimlangan  ro‘yxatini  tasavvur 

qiling.Endilikda  blokcheyn  texnologiyasi  va  ochiq  boshlang‘ich  kodlar 

kutubxonasi  birgalikda  har  qanday  kompaniya  uchun  yangi  biznes  qiymatlari 

yaratish,  innovatsiyalar  va  bir  qancha  vazifalarni  hal  qilish  uchun  makon  taqdim 

etishi  mumkin.Blokcheyn  va  dasturiy  ta’minot  omborlari  blokcheynlar  asosida 

bunday faoliyatni oziqlantiradi. Kompaniyalar endi to‘lov tizimlari sifatida ularga 

kiritilganEthereum blokcheynikabi yangi va kuchli platformalar hamda dasturlash 

tillardan  foydalanishlari  mumkin  bo‘ladi.Turli  tarmoqlar  ishlab  chiqarishga  katta 

e’tibor  qaratgan  holda  moddiy  ob’ektlar  tayyorlash,  ularning  loyihasini  ishlab 

chiqish  va  moliyalashtirish  uchun  global  ekotizimlarning  rivojlanishini 

rag‘batlantirishi  va  shu  tariqa  birgalikda  bir  rangdagi  ishlab  chiqarishning  yangi 

bosqichini  yaratish  tashabbusi  bilan  chiqishlari  mumkin.  Bu  yerda  asosiy  masala 

va  maqsad  hamma  ishni  blokcheynda  amalga  oshirishdan  iboratdir.  Zamonaviy 

samolyotlar  «saf  bo‘lib  uchadigan  mustaqil  elementlar  jamlanmasi»  deb  atalishi 

kabi, kompaniyalar ko‘plab tarmoqlardaajralish va hamkorlar tarmog‘iga birlashish 

tendensiyasini namoyish etadilar. Individual buyurtmalar bo‘yicha ommaviy ishlab 

chiqarishni  yo’lga  qo’yish  maqsadidahuddi  blokcheyn  kabi,  3D-bosma 

texnologiyasi  ham  ishlab  chiqarishni  foydalanuvchiga  yaqinlashtirmoqda.  Tez 

orada  axborot  egalari  va  huquq  egalari  inson  hujayralaridan  boshlab,  alyuminiy 

kukunigacha  bo‘lgan  har  qanday  narsa  haqidagi  metama’lumotlarni  blokcheynda 

saqlashi  mumkin  bo‘ladi  va  bu  korporativ  ishlab  chiqarish  chegaralarini  misli 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

ko’rilmagan 



darajada 

kengaytiradi.Bu 

texnologiyalar 

tovarlar 

bilan 

ta’minlanganlikni va ularning ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini kuzatish uchun 



ulkan  imkoniyatlar  beradi.  Har  bir  kishining  qalbiga  (va  boshqa  tana  a’zolariga

yaqin  bo‘lgan  tarmoq  –  oziq-ovqat  sanoatini  tasavvur  qilib  ko‘ramiz.  Hozir 

supermarketda  halol  sharoitlarda  va  yaxshi  boqilgan,  dori-darmonlar  berilmagan, 

ekologik tozaqoramol go‘shti sotayotganini ta’kidlash va hatto  bunga chin dildan 

ishonish ham mumkin. Lekin savdo tarmoqlari buni yuz foiz kafolatlay olmaydilar. 

Hech  kim  har  bir  molning  biografiyasini  yozib  o‘tirmaydi,biz  esa  bu  go’shtdan 

bifshteks  pishiramiz,  lekin  uning  «ishonchli»  ekanligini  tekshirish  uchun  esa 

qandaydir  vositalarga  ega  emasmiz.  Odatda  bunga  ko‘z  yumish  ham  mumkin  – 

axir  butun  dunyo  bo‘ylab  milliardlab  bifshtekslar  sotiladi  va  sotilmoqda.  Lekin 

ba’zida  qoramol  qutirish  kasalligi  epidemiyasi  ham  uchrab  turadi,  bu  esa  sog’lik 

uchun  koni  zarar.Oziq-ovqat  sanoati  blokcheynda  nafaqat  har  bir  buqaning 

raqamini,  balki  istiqbolda  jonivorning  DNKga  bog‘lab  qo‘yilgan  har  bir  go‘sht 

parchasi  raqamini  saqlashi  mumkin.  Uch  o‘lchamli  qidirish  imkoniyatlari 

foydalanuvchiga  jonivor  tarixini  bilish  va  parrandalarni  to‘liq  miqyosda  kuzatish 

imkonini beradi. Ma’lumotlar to‘plamlarini intellektual boshqarish va ularni DNK 

asosida  identifikatsiyalashga  imkon  beradigan  murakkab  (lekin  qo‘llash  oson 



bo‘lgan) texnologiyalar tufayli hatto eng yirik go‘sht ishlab chiqaruvchilar hamhar 

bir  bo‘lak  go‘sht  sifati  va  havfsizligini  kafolatlay  oladilar.  Tasavvur  qiling,  bu 

axborot laboratoriya tadqiqotlarini qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda 

sanitariya hizmatlariga javobgarliklarni tezlashtiradi. 

Blokcheyn  texnologiyasi  firma  ichida  hamda  firmalar  va  turli  tashqi 

qatnashchilar  o‘rtasida  ham  teng  huquqli  qo‘shma  faoliyatni  ta’minlashga  qodir. 

Buxgalteriya  hisobi  uchun,  istalgan  muhitda  raqamli  resurslardan  foydalanish  va 

faoliyat  yuritish  uchun,  bular  valyutami,  ijtimoiy  munosabatlarmi  yoki  tashkilot 

bo‘lishidan  qat’i  nazar,  to‘liq  taqsimlangan  mexanizmni  ishlatishga  imkon 

beradi.Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik 

bilan  tashkilot  ichida  boshqaruv  va  axborot  bilan  ishlash  mohiyatini  ancha 

o‘zgartirib yuboradi. Jive, IBM Connections, Microsoft Yammer, Google Apps 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish