vatandoshlari Ikor va Dilol parvozidan tortib
”, degan jumla bor. Omon
Muxtorday tarixiy dalillarni puxta biladigan adib tomonidan yunon
miflarining qahramonlari xususida bu qadar parishon maʼlumot berilishi
mutlaqo
kutilmagan holdir. Bu oʻrinda, yunon miflaridagi qahramonlar:
qanot yasab, koʻkka uchgan ota-bola: Dedal va Ikar koʻzda tutilgan.
Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” asari oʻzbek romanchiligida alohida
voqea boʻldi. U inson intellekti, odamiyligi va yovuzligi imkoniyatlari
haqidagi falsafiy-
ramziy romandir. Romanda odamzod paydo boʻlgandan
buyon uning maʼnaviyatini kemirib, tirikligida azoblarga giriftor qilib, oʻlgach,
doʻzax olovida kuyishiga sabab boʻlayotgan manfaatparastlik, qanoatsizlik
va nafs atalmish illatlar yetovidagi kimsalarning qismati aks ettirilgan. Bu
asar har bir odam va butun bashariyatga qilingan ogohlantirish, odamzodni
yovuzlik va oʻz kuchiga ortiqcha baho berishdan qaytarishga boʻlgan bir
badiiy daʼvat desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Professor Dilmurod Quronov va
shoir Rahimjon Rahmatning “Boqiy darbadar” asari haqidagi maqolalarida
asarga muayyan ijodiy tajribaning mahsuli sifatida qarash seziladi.
Bizningcha, yozuvchi romanda tasvirlanishi lozim boʻlgan shaxslar, ularning
taqdirlari va hol
atlarini shunchalar yaqqol his qilganki, asar oʻz shakli bilan
dunyoga kelgan.
Roman bilan tanishgan oʻqirmanda, dastlab asarning syujet chizigʻidagi
yetakchi yoʻnalishlar, timsollarning istak-urinishlari tasviri Chingiz
Aytmatovning Avdiy va Filofey kabi
qahramonlari tutumlariga oʻxshab
ketadi degan oʻy keladi. Lekin romandan kelib chiqadigan maʼnolarni
chuqur idrok etish natijasida kishi Isajon Sulton masalaning mohiyatini
islomiy nazar bilan toʻgʻri anglaganini his etadi. Buyuk irodaga boʻysungan
insonni
ng insof, imon va ezguligi bosh qahramon boʻlgan ushbu asarda
ruhiy tadqiqlardan koʻra voqealar tasviri yetakchilik qilganday tuyulsada,
voqealar makonda emas, oʻqirmanning qalbi va shuurida kechgani uchun
asar individning eposi boʻlmish roman talabiga toʻla javob beradi.
Nazarimizda, asarda professor Ziyoning oʻgʻli obrazi tabiati bir qadar
kengroq tasvirlanishi, asoslanilishi va takomilga yetkazilishi lozim edi. Har
bitta odamning mavjudligi uning makoni, millati va imonidan tashqarida
boʻlmasligini anglagan, ana shu qadriyatlarga mehr qoʻyilgandagina global
falokatlardan emin boʻlinishini tushungan, tabiiy kataklizmlar insonning
maʼnaviy aynishlari natijasi ekanini koʻra olgan yigitning bu haqiqatlarni his
etishi yoki uning shu fikrga kelishiga turtki boʻlgan sabab aks ettirilganda,
roman saviyasi yuksalgan boʻlardi.
Oʻtgan yili bosilgan romanlar orasida bir qanchasi millat tarixining turli
davrlarini aks ettirishga bagʻishlangan. Shunisi diqqatga loyiqki, tarixni
tasvirlashga tutingan hozirgi yozuvchilar
oʻtmishdagi voqealarga bogʻlanib,
ularning qanday kechganini koʻrsatishdan koʻra tarixni yaratgan odam va
uning koʻnglidan kechgan ruhiy toʻlgʻamlarni aks ettirishga koʻproq eʼtibor
qaratadilar. Endilikda, yozuvchilar tarixiy hodisa va tarixiy shaxs tasviriga
bir qadar erkin yondashib, tarixning yuzaga kelishi va taraqqiyotida konkret
inson tutgan oʻrinni koʻrsatishga eʼtibor berayotirlar. Taniqli yozuvchi
Muhammad Alining
Do'stlaringiz bilan baham: |