sevarmikin? Men-ku kuyib-yonib yuribmen, u-chi? Sevarmikin?..
Oʻylarmikin?.. Kuyib-yonarmikin?..” tarzidagi gumonli oʻylari ishonarli
berilgan. Qizning romantik feʼli, bolalarcha oʻylashi, toʻgʻri-notoʻgʻri
qarorlarni shartta qabul qilishi uning tabiatidan kelib chiqib tasvirlangan.
Romandagi:
“Zulukday qoshlari chimirildi, ikki chakkasidagi qora zulfi
alamdan gajakday qayrilib oʻzini sochlar orasiga urdi, chap yuzidagi
kichkina chiroyli xoli esa, nima boʻlyapti oʻzi, deganday atrofga
hayron boqardi
”, tarzidagi tasvirlar mumtoz romanlar anʼanasi darajasida
ekani bilan eʼtiborni tortadi.
Amir Temurning: “Men mamlakatlarni birlashtira olurmen, bunga
kuchim yetadur, ammo zoʻrlik bilan ikki koʻngilni bir-biriga
bogʻlashdan ojizdurmen”, shaklidagi iqrori yoki muallifning u haqdagi:
“Samarqandalik vaqtlarida hech kim uning… qaysi bogʻdaligini
Do'stlaringiz bilan baham: |