O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


Sikllarning asosiy turlari



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

Sikllarning asosiy turlari 

23.1-jadval 

 

Sikl turlari 



Siklning 

davomiyligi 

Asosiy xususiyatlari 

Кitchin sikli  2-4 yil 

Zaxiralar  miqdori:  YaMM,  inflat-

siya,  bandlikning  tebranishi,  tijorat 

sikllari  

Jyuglar sikli  7-12 yil 

Investitsion  sikl:  YaMM,  inflatsiya 

va bandlikning tebranishi  

Кuznes sikli  16-25 yil 

Daromad 


  investitsiya 

  uy-joy 



qurilishi 

 yalpi talab  



Кondratev 

sikli 


40-60 yil 

Texnika  taraqqiyoti,  tarkibiy  o‘z-

garishlar 

Forrester 

sikli 

200 yil 


Energiya va materiallar 

Toffler sikli  1000-2000 yil  Sivilizatsiyalarning rivojlanishi 

 

Jyuglar  sikli  «biznes-sikl»,  «sanoat  sikli»,  «o‘rtacha  sikl»  va 



«katta  sikl»  kabi  nomlar  bilan  ham  ataladi.  Oldingi  davrlarda 


438 

iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko‘rsatganligi tufayli, aynan 

shu  sikl  Fransiya,  Angliya  va  AQSHda  foiz  stavkalari  va  narxdagi 

tebranishlarni  tahlil  qilish  asosida  sanoat  siklining  tabiatini  o‘rga-

nishga  katta  hissa  qo‘shgan  Кleman  Jyuglar  (1819-1905  yy.)  nomi 

bilan ataladi. Jyuglar siklining davomiyligi ayrim iqtisodchilar qayd 

qilgan  asosiy  kapital  faol  qismining  jismoniy  eskirishi  ro‘y 

beradigan davrga mos keladi. 

Birinchi  sanoat  sikli  1825-yili  Angliyada  metallurgiya  va 

boshqa  yetakchi  tarmoqlarda  mashinali  ishlab  chiqarish  hukmron 

mavqeni  egallagan  davrda  kuzatiladi.  1836-yildagi  inqiroz  dastlab 

Angliyada  boshlanib,  keyin  AQSHga  ham  tarqaladi,  1847‒1848-

yillarda  AQSH  va  qator  Yevropa  davlatlarida  boshlangan  inqiroz 

tub mohiyatiga ko‘ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo‘lgan. 

Agar  XIX  asrda  sanoat  sikli  10-12  yilni  tashkil  qilgan  bo‘lsa, 

XX  asrda  uning  davomiyligi  7-9  yil  va  undan  ham  kam  davrgacha 

qisqargan. 

AQSH  va  Yevropaning  rivojlangan  davlatlari  XX  asrda  12  ta 

sanoat  siklini  boshdan  kechirgan  bo‘lib,  ulardan  yettitasi  ikkinchi 

jahon urushidan keyin ro‘y bergan. 

1857-yilda  qator  G‘arbiy  Yevropa  davlatlarini  qamrab  olgan 

birinchi  jahon  siklik  inqirozi  ro‘y  bergan.  1873-yilda  XIX  asrdagi 

eng uzoq va talafotli inqirozdan keyin 1882- va 1990-yillarda yana 

yangi inqiroz kuzatilgan. 

1900‒1901-yillarda  bir  vaqtda  Rossiya  va  AQSHda  metal-

lurgiya  sanoatida  boshlangan  inqiroz  shiddatli  ravishda  barcha 

Yevropa davlatlariga tarqalgan. 

 Iqtisodiyot  tarixiga  “Buyuk 

depressiya”  nomi  bilan  kirgan 

1929‒1933-yillardagi  inqiroz  eng 

talafotli  va  uzoq  davom  etgan  in-

qiroz  hisoblanadi.  Bu  inqiroz 

davrida  jahon  ishlab  chiqarishi 

hajmi  44%ga,  jahon  savdosi 

62%ga  kamaygan.  Inqiroz  ku-

chaygan  davrda  yetakchi  davlat-

larda  ishsizlikning  umumiy  soni 

30-40 mln. kishiga yetgan. 




439 

“Buyuk depressiya”dan keyin 1974‒1975-yillardagi inqiroz bir 

vaqtda deyarli butun rivojlangan mamlakatlarni qamrab olib, ishlab 

chiqarish 12% ga qisqargan. 

Urushdan  keyingi  yillarda  bir  qator  mamlakatlar  uchun 

1980‒1982-yillardagi  inqiroz  eng  talafotli  hisoblanib,  bu  davrda 

band  qilinmagan  ishlab  chiqarish  quvvatlari  Italiyada  30%ni, 

Кanadada 30%dan  ortiqni,  AQSH  qayta  ishlash  sanoatida  32,4%ni 

tashkil qilgan.  

 Кuznes  sikli  ko‘p  hollarda  «qurilish  sikli»  deb  ham  nomlanib, 

20  yilgacha  bo‘lgan  iqtisodiy  tebranishlar  bilan  aniqlanadi.  Кuznes 

Saymon o‘zining «Milliy daromad» (1946 y.) nomli kitobida milliy 

daromad,  iste’mol  sarflari,  ishlab  chiqarish  maqsadidagi  uskunalar 

hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar ko‘rsatkichlarida 20 

yillik o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini ko‘rsatib bergan. 

1955-yilda  amerikalik  iqtisodchining  xizmatlarini  tan  olish  ramzi 

sifatida sanoat siklini Кuznes sikli deb nomlashga qaror qilinadi. 

Кondratev  sikli  «uzoq  to‘lqinlar»  sikli  deb  ham  ataladi. 

Sikllilikning  bu  nazariyasini  ishlab  chiqishga  rus  olimi  N.D.Кond-

ratev  katta  hissa  qo‘shgan.  Uning  tadqiqoti  Angliya,  Fransiya  va 

AQSHning  100-150  yil  davomidagi  rivojlanishini  qamrab  olgan. 

Bunda  u  iqtisodiy  o‘sishning  ko‘p  omilli  tahlilini  o‘tkazib,  ya’ni 

tovar  narxlari,  kapital  uchun  foiz,  nominal  ish  haqi,  tashqi  savdo 

aylanmasi 

kabi 

makroiqtisodiy 



ko‘rsatkichlarning 

o‘rtacha 

darajasini  umumlashtirish  natijasida  bir  qator  katta  sikllarni  ajratib 

ko‘rsatadi. 

I-sikl: 1787‒1814-yillar – ko‘taruvchi to‘lqin; 1844‒1851-yillar 

– pasaytiruvchi to‘lqin. 

II-sikl:  1844‒1851-yillar  –  ko‘taruvchi  to‘lqin;  1890‒1896-

yillar – pasaytiruvchi to‘lqin. 

III-sikl: 1896‒1920-yillar – ko‘taruvchi to‘lqin. 

Кondratev  siklining  davomiyligi  o‘rtacha  40-60  yilni  tashkil 

qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy 

o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirishi hisoblanadi. 

Кondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi 

sanoat  revolutsiyasi,  ikkinchisini  –  temir  yo‘l  transportining  ri-

vojlanishi,  uchinchisini  –  elektr  energiyasi,  telefon  va  radioning 

kashf  etilishi,  to‘rtinchisini  –  avtomobil  sanoatining  rivojlanishi 




440 

bilan  bog‘laydi.  Hozirgi  zamon  tadqiqotchilari  beshinchi  siklni 

elektronika, gen injenerligi va mikroprosessorlar rivojlanishi taqozo 

qilishini ko‘rsatadi. 

Кondratevdan  bir  necha  yillar  keyin  fransuz  iqtisodchisi 

Fransua  Semyan  ham  katta  iqtisodiy  sikllar  bo‘yicha  bir  xil 

xulosaga  kelgan.  Hozirgi  zamon  iqtisodiy  adabiyotlarida  katta 

iqtisodiy 

sikllar 

konsepsiyasi 

makroiqtisodiy 

prognozlash 

muammosiga tatbiqan qarab chiqiladi. 

Tahlilchilar  “uzoq  to‘lqinlarni”  yaxlit  texnologik  davrlar 

almashinishi,  fandagi  texnika,  ishlab  chiqarish  va  hatto  madaniyat, 

ta’lim,  kishilar  turmush  tarzidagi  katta  tub  o‘zgarishlar  bilan  ham 

bog‘laydi.  Bunday  katta  o‘zgarishlar  ichki  yonish  dvigatellari, 

elektr-energiyasi,  kompyuterlar  kashf  qilinishi  natijasida  vujudga 

kelgan. 

Iqtisodiy  sikl  barcha  tomonlari  bilan  namoyon  bo‘lib,  amalda 

iqtisodiyotning  hamma  sohalariga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatadi. 

Iqtisodiyot  tarkibiy  qismlarining  o‘zaro  bog‘liqligi  sababli  uning 

hech  bir  sohasi  inflatsiya  to‘lqini  yoki  turg‘unlikning  noxush 

oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki, 

iqtisodiy  sikl  alohida  shaxslar  turmush  darajasi  va  korxonalar 

iqtisodiy faolligiga turli darajada ta’sir ko‘rsatadi. 

Odatda  iqtisodiy  inqirozlardan  sanoatning  ishlab  chiqarish 

vositalari  va  uzoq  muddatli  foydalaniladigan  iste’mol  tovarlari 

ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko‘proq zarar ko‘radi.  

Uy-joy  va  sanoat  binolari  qurilishi,  og‘ir  mashinasozlik  hamda 

investitsion  tovarlar,  avtomobillar,  maishiy  xo‘jalik  buyumlari  va 

shunga  o‘xshash  tovarlar  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘liq  sanoat 

tarmoqlari va ularda band bo‘lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida 

og‘ir  yo‘qotishga  uchraydi.  Biroq,  bu  tarmoqlar  siklning  yuksalish 

fazasida o‘zining rivojlanishi uchun yuqori darajada rag‘bat oladi.  

Iqtisodiyot  qiyinchilikni  boshdan  kechira  boshlaganda  ishlab 

chiqaruvchilar  ko‘pincha  zamonaviy  uskunalarni  sotib  olishni  va 

yangi  zavodlar  qurishni  to‘xtatadi  yoki  qandaydir  muddatga 

kechiktirishi  mumkin.  Bunday  konyunktura  sharoitida  investitsion 

tovarlar  zaxiralarini  ko‘paytirish  hech  qanday  iqtisodiy  mazmunga 

ega 

emas, 


aksincha 

korxonalar 

mavjud 

ishlab 


chiqarish 

quvvatlaridan ancha to‘laroq foydalanishlari mumkin bo‘ladi.  




441 

 Iqtisodiy  jihatdan  qulay  vaziyatlarda,  ya’ni  siklning  jonlanish 

va yuksalish fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to‘liq 

eskirgunga  qadar  almashtiriladi.  Ammo  tanazzul  davri  kelganida, 

korxonalar  o‘zining  eskirgan  uskunalarini  ta’mirlab,  ularni  ishga 

tushiradi.  Shu  sababli,  bu  davrda  ishlab  chiqarish  vositalariga 

investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari 

mavjud  bo‘lgan  ayrim  korxonalar,  hatto  iste’mol  qilingan  asosiy 

kapitalning o‘rnini qoplashga ham harakat qilmaydi.  

Qisqa  muddatli  foydalaniladigan  iste’mol  tovarlari  ishlab 

chiqaruvchi  sanoat  tarmoqlari  iqtisodiy  siklning  oqibatlarini 

nisbatan kamroq darajada sezadi. 

Aholi yoki keng iste’molchilar qatlamiga iqtisodiy  sikl turlicha 

ta’sir  ko‘rsatadi.  Tanazzul  davri  boshlanganda,  doimiy  daromad 

oluvchi  iste’molchilar  oila  bud-

jetini qisqartirishga to‘g‘ri keladi, 

maishiy  texnika  va  avtomashina 

kabi  uzoq  muddat  foydalani-

ladigan  tovarlarni  xarid  qilishni 

to‘xtatadi.  Har  qanday  sharoitda 

ham  oila  a’zolari  yeb-ichishi  va 

kiyinishi  zarurligi  tufayli,  oziq-

ovqat  mahsulotlari  va  kiyim-

kechaklar,  ya’ni  qisqa  muddatda 

foydalanadigan  iste’mol  tovarla-

rini xarid qilishni to‘xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni 

xarid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.  

Investitsion  tovarlar  va  uzoq  muddat  foydalaniladigan  iste’mol 

tovarlari  ishlab  chiqaruvchi  ko‘pchilik  sanoat  tarmoqlari  yuqori 

darajada  monopol  mavqega  egaligi  bilan  farqlanadi  va  natijada 

bozorda  nisbatan  ko‘p  bo‘lmagan  yirik  firmalar  ma’lum  davr 

davomida  narxning  pasayishiga  qarshi  turishi,  talabning  kamayishi 

sababli  mahsulot  chiqarish  hajmini  cheklash  uchun  yetarlicha 

monopol hukmronlikka ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli, talabning 

kamayishi  birinchi  navbatda  ishlab  chiqarish  va  bandlik  darajasiga 

ta’sir  ko‘rsatadi.  Bunga  teskari  bo‘lgan  holatni  qisqa  muddatli 

foydalaniladigan  iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqaruvchi  sanoat 

tarmoqlarida  kuzatish  mumkin.  Bu  tarmoqlarning  ko‘pchiligi 




442 

o‘zlarining 

raqobatga 

layoqatsizligi 

va 

ishlab 


chiqarish 

markazlashuv  darajasining  pastligi  bilan  tavsiflanadi.  Shu  sababli, 

ular  siklning  salbiy  oqibatlariga  qarshi  tura  olmasligi  mumkin  va 

mahsulotlarga  talabning  pasayishi  ishlab  chiqarish  darajasiga 

qaraganda narxlarda ko‘proq aks etadi.  

Demak,  kapitalning  to‘planishi  yuqori  darajada  bo‘lgan  tar-

moqlarda  ishlab  chiqarish  hajmining  keskin  pasayishi  va 

narxlarning  nisbatan  sekin  tushishi,  uning  darajasi  past  bo‘lgan 

tarmoqlarda  narxlarning  sezilarli  tushishi  va  mahsulot  ishlab 

chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.  

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish