O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Sikl to‘g‘risidagi nazariyalar, uning asosiy turlari



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

2. Sikl to‘g‘risidagi nazariyalar, uning asosiy turlari 

 

Iqtisodiyotning  siklli  rivojlanish  sabablarini  izohlash  orqali  bir 



qator nazariyalar vujudga kelgan.  

Sof  monetar  nazariya.  Bu  nazariya  tarafdorlarining  fikricha 

bozor iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarda markaziy o‘rinni pul va kredit 

resurslari harakatidagi o‘zgarishlar egallaydi.  

Ular  fikricha,  iqtisodiy  faollikning  o‘sishi,  iqtisodiyotning 

ravnaq  topishi,  uning  turg‘unlik  bilan  almashinib  turishiga  yagona 

sabab  pul  oqimining  o‘zgarishidir.  Tovarlarga  talabning  ortishi 

natijasida  savdo  hajmi,  chakana  narx  o‘sib,  ishlab  chiqarishning 

kengayishiga olib keladi. 

Pul  oqimi  (iste’mol  sarflari  summasi)  pul  miqdorining 

o‘zgarishi natijasida o‘zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy 

faoliyat faolligini pasaytiradi. 

Pul  va  kredit  tizimi  beqaror  tavsifga  ega  ekanligi  sababli  pul 

oqimini barqarorlashtirish qiyinlashadi. Hozirgi paytda kredit pullari 

to‘lov  va  muomala  vositasi  sifatida  asosiy  rolni  o‘ynaydi.  Aynan 

bank  tizimi  kredit  pullarni  yaratadi,  shunga  ko‘ra,  pul  oqimining 

o‘zgarishida banklarning hisob stavkalari katta ahamiyat kasb etadi. 

Bu  nazariyaning  ayrim  tarafdorlari  pulni  iqtisodiyotni  harakatga 

keltiruvchi  kuch  sifatida  qarab,  uni  muvozanat  buzilishiga  asosiy 

sabab deb ko‘rsatadi.  

Ikkinchi  guruh  iqtisodchilar  esa  pul  tizimi  mutanosiblikni 

buzmaydi,  faqat  uning  buzilishiga  olib  keluvchi  boshqa  omillar 

uchun  sharoit  yaratadi,  degan  fikrni  ilgari  suradilar.  Shunga  mos 

ravishda  monetar  va  nomonetar  yo‘nalish  vujudga  keldi.  Monetar 

nazariyada  jamg‘arishning  davriy  ravishda  oshib  ketishi  va 

mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulning harakatini 

ko‘rsatadi.  Nomonetar  nazariya  tarafdorlari  esa  texnologik 

o‘zgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, 




435 

ularning  pul  jamg‘arishning  ko‘payib  ketishidagi  rolini  asoslaydi. 

Monetar  va  nomonetar  nazariyalar  o‘rtasidagi  farq  uncha  katta 

bo‘lmasdan, biri ikkinchisini to‘ldiradi. 

Har  ikkala  nazariya  ham  oxir-oqibat  iqtisodiy  faollikning 

o‘zgarishiga  iste’mol  emas,  balki  investitsiya  sabab  bo‘ladi,  degan 

fikrni ilgari suradi.  

Yetarlicha  iste’mol  qilmaslik  nazariyasi.  Bu  nazariyada 

daromadlarni ko‘proq jamg‘arib, yetarli darajada iste’mol qilmaslik 

iqtisodiyot siklli rivojlanishning asosiy sababi qilib ko‘rsatiladi: 

mablag‘ni jamg‘arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish 

turg‘unlikka 

olib 

kelishi 


mumkin, 

chunki 


bu 

mablag‘ 


investitsiyalash uchun foydalanilmaydi; 

pulni  jamg‘arish  iste’molga  sarflarini  qisqartirib,  iste’mol 

tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi; 

investitsiyaga  nisbatan 

pul  shaklidagi  jamg‘arish 

hajmi  o‘sib,  iste’mol  tovar-

lariga  talab  kamayib  borishi 

sharoitida,  taklif  ortganda, 

narx  pasayadi,  iste’mol  to-

varlari  bozoridagi  nomuta-

nosiblik inqirozga olib kela-

di. 


Jamg‘arish 

nazariyasi. 

Bu  nazariya  iqtisodiy  siklni  mehnat  vositalari  yoki  kapitallashgan 

investitsion tovarlarni ishlab chiqarish hajmi bilan bog‘laydi. Кunlik 

va  uzoq  muddat  foydalaniladigan  iste’mol  tovarlari  hamda 

investitsion  tovarlar  ishlab  chiqarish  sikllari  o‘rtasida  katta  farq 

mavjud  bo‘ladi.  Кunlik  iste’mol  tovarlari  doimiy  iste’mol  qilinishi 

sababli,  ularni  hajmi  o‘zgargan  taqdirda  ham  iqtisodiy  faollikda 

uncha katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.  

 Uzoq  muddat  foydalaniladigan  tovarlar  domiy  ravishda  emas, 

balki  iste’molchi  daromadi  ko‘paygan  taqdirda  sotib  olinadi.  Shu 

sababli,  bunday  tovarlarga  talab  barqaror  emas.  Ishlab  chiqarishni 

uzluksiz  davom  ettirish  talabi  esa  investitsion  tovarlarni  doimiy 

ravishda ishlab chiqarishni zarur qilib qo‘yadi. 




436 

Iste’mol  o‘sib  borishi  bilan  investitsion  tovarlarga  talab  ham 

ortadi.  Bunda  ishlab  chiqarish  tarkibida  nomutanosibliklar  yuz 

beradi,  ya’ni  kundalik  va  uzoq  muddat  foydalaniladigan  iste’mol 

tovarlari  hamda  investitsion  tovarlarni  ishlab  chiqarish  o‘rtasida 

nisbatlar buziladi. 

Inqirozning  sababi  ana  shu  nisbatlarning  buzilishidir.  Lekin 

ko‘pchilik  iqtisodchilar  yetarli  darajada  iste’mol  qilmaslik 

inqirozning  sababi  emas,  balki  uning  oqibatidir,  deb  ta’kidlaydilar. 

Ya’ni 


iste’molchilar 

daromadlarini 

ko‘proq 

jamg‘armaga 

ajratganlari uchun emas, balki to‘lov qobiliyatining yetarli emasligi, 

ya’ni  xarid  qilish  uchun  pulning  yetishmasligidan  bunday  inqiroz 

kelib chiqadi. 

Psixologik  naza-

riya.  Iqtisodiyotning 

siklli rivojlanishini tu-

shuntirishda  psixolo-

gik  nazariyalar  ham 

o‘z  o‘rniga  ega.  Psi-

xologik  nazariya  ta-

rafdorlari  (J.M.Кeyns, 

U.Mitchell, F.Xaek va 

boshqalarni 

kiritish 

mumkin.) fikricha, in-

sondagi  optimizm  va  pessimizm  faoliyat  aktivligiga  obyektiv  iqti-

sodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqa shu kabilar 

ta’sir  ko‘rsatib,  buning  natijasida  ishlab  chiqarishning  qisqarishi 

yoki  kengayishi  ro‘y  beradi.  Кredit  tizimining  rivojlanishi  talab  va 

ishlab  chiqarishning  o‘sishi  odamlarning  ruhiyatini  ko‘taradi  va 

aksincha.  Bundan  tashqari,  kishilarda  likvidligi  yuqori  bo‘lgan  pul 

jamg‘arishga moyillik ortib borishi o‘z navbatida iqtisodiy rivojlani-

shga ta’sir ko‘rsatadi. 

Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq 

turlari  mavjudligi ta’kidlanadi

112


. Iqtisodiy fanda ularni  qisqa, o‘rta 

va  uzoq  muddatli  sikllarga  ajratish  qabul  qilingan.  Mazkur  sikl-

larning  barchasi  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lib,  uzoq  muddatli  sikllar 

                                                           

112

  Экономическая  теория:  Учебник.  -  Изд.,  испр.  и  доп.  /  Под  общ.  ред.  акад.  В.И.Видяпина, 



А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 469 cтр. 


437 

oqimida o‘rta va qisqa muddatli, o‘rta muddatli sikllar to‘lqinida esa 

bir  nechta  qisqa  muddatli  sikllar  mavjud  bo‘ladi.  Ularning 

ko‘pchilik  iqtisodchilar  tomonidan  tan  olingan  asosiy  turlari  23.1-

jadvalda ifodalangan.  

Кitchin  sikli  zaxiralar  sikli  deb  ham  nomlanadi.  Bunda  Jozef 

Кitchin  (1926  y.)  o‘zining  e’tiborini  tovar  zaxiralarining  harakat 

chog‘idagi  moliyaviy  hisoblar  va  sotish  narxlarini  tahlil  qilish 

asosida  2  -  4  yilgacha  davr  davomidagi  qisqa  to‘lqinlarni  tadqiq 

qilishga  qaratadi.  Ayniqsa  u  siklning  davomiyligini  jahondagi  oltin 

zaxiralarining  tebranishlari  bilan  bog‘lab,  uni  3  yil  u  4  oyga  teng, 

deb  hisoblaydi.  Biroq  qisqa  muddatli  sikllar  sabablarining  bunday 

izohi  bugungi  kunda  ko‘pchilik  iqtisodchilarni  qoniqtirmaydi. 

Кitchin  sikli  iste’mol  tovarlari  bozorida  muvozanatlik  buzilishi  va 

tiklanishi  davridan  iborat  bo‘ladi.  Har  bir  sikl  iste’mol  tovarlariga 

talab nisbatlari o‘zgargandagi yangi muvozanatlik bilan tugallanadi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish