3. Inqirozlarning mazmuni va turlari
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisob-
lanadi. Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar
ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos
soladi; inqiroz ro‘y berganda asosiy kapitalning ortiqcha
jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‘ladi.
Inqiroz paytida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo
narxlar har doim pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi
nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik o‘zining eng past darajasiga
tushib ketishi orqali tavsiflanadi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy inqiroz
ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) hajmining keskin tushib
ketishini anglatadi.
Inqirozning sababi
shundan iboratki, ja-
miyatda ishlab chiqa-
rilgan tovarlar massasi
to‘lovga qobil talabga
mos kelmay (undan
oshib ketadi yoki kam
bo‘ladi) qoladi. Nati-
jada ishlab chiqarish-
ning bir qismi to‘xtab
qoladi, tovarlar taklifi kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri
uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi
inflatsiya, ya’ni narxlar umumiy darajasining keskin ko‘tarilishi
443
sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‘ladiki, bunda
iqtisodiy o‘sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin
beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga
ishsizlik ham keskin ortadi. Iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli
tamoyillari ham ishsizlik, ham inflatsiya oqibatida uzilib qoladi va
murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab
chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo, ishlab
chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomu-
tanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy
tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab
va taklif o‘rtasidagi vaqt-vaqti bilan
yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar
ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga
chiqish imkoniyatini saqlaydi.
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo
bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning kes-
kin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qur-
g‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urush-
lar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan.
Yirik mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqt-
vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar
takror ishlab chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-
tuman tarzda ro‘y bersa-da, ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini
nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.
1. Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilish ko‘lamiga ko‘ra
inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan turlarga
ajratish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab
olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi
tanglik sifatida ro‘y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida moliyaviy inqiroz muhim
o‘rin tutib, u o‘z ichiga pul-kredit va valuta sohasidagi inqirozlarni
oladi. AQSH va Yevropaning aksariyat mamlakatlarida 2008-yilda
boshlangan inqiroz ham dastlab moliya sohasini, keyinchalik ishlab
chiqarish sohasini ham qamrab olib, jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozga aylandi.
444
Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining
tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti taklifi
qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foiz stavkasi tu-
shib ketishi natijasida banklar sinib, bankrotlikka uchraydi.
Valuta inqirozi. Bunda banklarda valuta zaxirasi tugab, milliy
valuta kursi keskin tushib ketadi.
Birja inqirozi. Bu qimmatli qog‘ozlar
kursining tezda keskin tushib ketishi,
ularni
emissiya
qilishning
qisqarishi
natijasida fond birjalari faoliyatidagi
chuqur tangligini ifodalaydi.
Ekologik inqiroz. Atrof-muhitning
keskin buzilishi natijasida eng avvalo, ki-
shilar sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini qisqar-
tirishga olib keladigan darajadagi vaziyatning vujudga kelishida
ifodalanadi.
Tarkibiy inqirozlar. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim
sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomu-
tanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar milliy xo‘ja-
likning biron-bir tarmog‘ini qamrab olib, ishlab chiqarishning
tarkibiy o‘zgarishini taqozo qilsa-da, aks holda me’yordagi xo‘jalik
aloqalarning buzilishiga sabab bo‘ladi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan
iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi.
Masalan, bayramlar arafasida ommaviy ravishda xarid qilish, iste’-
mol tovarlarining faollik sur’atida, asosan chakana savdoda sezilarli
har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi, avtomobil
sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga
duchor bo‘ladi.
Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga,
ya’ni uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida
iqtisodiy faollikning o‘zgarishi (ortishi yoki pasayishi) ga bog‘liq.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan
AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o‘sish bilan
tavsiflansa, boshqalarda iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi kuzatiladi.
Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko‘plab
qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ko‘pchilik iqtisodchilar
445
ishlab chiqarish va bandlik darajasini belgilovchi asosiy omil
umumiy yoki yalpi sarflar darajasi deb hisoblashdi.
Agrar inqirozlar. Qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan agrar
inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) qishloq xo‘jalik
mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay
qolgan juda katta zaxiralarining to‘planishi; 2) narxlarning
pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning
ommaviy ravishda xonavayron bo‘lishi, ular qarzlarining ortishi; 4)
qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi.
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqib, agrar inqirozlar o‘ziga xos tavsif kasb
etadi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha
uzoq vaqt cho‘zilib ketadi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-
yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o‘rtasigacha davom
etgan.
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda
pasayib ketgan sharoitda, 1920-yil bahorida keskin agrar inqiroz
boshlanib, ikkinchi jahon urushining boshlanishga qadar, uchinchi
agrar inqiroz 1948-yildan 80-yillargacha davom etgan.
Agrar inqirozlarning cho‘zilib ketishining asosiy sabablari quyi-
dagilar: a) yerga xususiy mulk monopoliyasi qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishiga
sabab bo‘ladi; b) yer rentasining mavjud bo‘lishi va uning uzluksiz
sur’atda o‘sib borishi. Yer rentasining, avvalo, absolyut rentaning
o‘sib borishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib
yuboradi, buning natijasida ularni sotish qiyinlashadi; d) ko‘plab
mayda dehqon xo‘jaliklarining mavjud bo‘lishi. Mayda ishlab
chiqaruvchilar xo‘jalikni asosan o‘zi va oilasi uchun zarur tirikchilik
vositalari bilan ta’minlash maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida
ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Oilasini
ta’minlash va ijara haqini to‘lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi
miqyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
ishlab chiqarishni yana ham ko‘paytirib yuboradi.
Agrar inqirozlar siklli tavsifga ega bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish mutlaq emas, balki nisbiy
tavsifga ega. Chunki inqiroz ro‘y bergan mamlakatlarda million-
million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi.
446
2. Iqtisodiyotda muvoza-
natlik buzilishining muntazam
yoki onda-sonda yuz berishiga
ko‘ra davriy, oraliq, beqaror
inqirozlarga ajratish mumkin.
Davriy inqirozlar ma’lum
vaqt mobaynida takrorlanib
turadi.
Oraliq inqirozlar to‘liq sikl bo‘yicha yuz bermaydi. Siklning
biron-bir fazasida to‘xtatiladi. Ular nisbatan uncha shiddatli
bo‘lmay, qisqa davr davom etadi.
Beqaror inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko‘ra yuz
beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg‘oqchilik tufayli
iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin.
3. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilish tavsifiga ko‘ra:
ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga
bo‘linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf
keltiradigan ne’matlarning ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi, lekin
ularning to‘liq sotilmasligida namoyon bo‘ladi.
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida iqtisodiyotda
muvozanat buzilib, tovarlar yetishmasligi natijasida tang ahvol kelib
chiqadi. Shunday ekan, iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga
faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish
ham sabab bo‘ladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari
va iqtisodiy faollikka ta’siri.
Hozirgi
davrda
dunyo
mamlakatlari
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotidagi muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora
integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni
paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning keskinlashu-
viga va har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z
mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham
ta’sir ko‘rsatadi.
Biroq jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuv-
ning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum salbiy oqibatlari ham
o‘z o‘rniga ega. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivoj-
lanishning bir tekisda bormasligi, ular o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy
447
rivojlanish jihatidan farqlar mavjudligi, ekologik tahdidlarning ku-
chayib borishi, turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining keskin
farqlanishi kabi holatlar jahon xo‘jaligining yaxlit tizim sifatida
barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, mazkur jara-
yonlarining yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir mamlakatida
ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda
boshqa mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi hisoblanadi.
Jahon hamjamiyatida yaqin o‘tmishda boshlangan va hozirda ham
o‘z o‘rniga ega bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz aynan shu
ma’noda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida
namoyon bo‘ladi.
«Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash
tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jara-
yonning
miqyosi
kengayib,
yirik
banklar
va
moliyaviy
tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy
inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng
yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarining bozor qiymati
halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi,
o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy
o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va
boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi»
113
.
Bundan ko‘rinadiki, dastlab AQSH ipoteka bozorlarida
namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz yetarlicha to‘lov layoqatiga ega
bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lganlarga
ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y
bergan.
Ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk
garovi hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsa-da, AQSH bozorlari
bunday likvidli ko‘chmas mulklarga yetarlicha «to‘yingani»
oqibatida ularning narxlari keskin tusha boshlagan.
AQSH iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon
kredit resurslariga to‘yindi va bu Federal zaxira tizimi amalga
oshirayotgan pul-kredit siyosatini o‘zgartirishga olib keldi.
Jumladan, Federal zaxira tizimi foiz stavkalarni keskin ko‘tardi.
113
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari
va choralari.. – T.:O‘zbekiston 2009, 4-b.
448
Кreditlarning qimmatlashuvi aholining ipoteka kreditiga talabining
pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar to‘lovining
kamayishiga olib keldi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat mahsulotlari
va energiya resurslari narxlarining o‘sishi aholining kreditni
qaytarish bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlarining cheklanishiga sabab
bo‘ladi. 2000‒2007-yillar mobaynida jahon bozoridagi oziq-ovqat
mahsulotlarining narxi o‘rtacha ikki barobarga, benzin narxi esa 3,5
barobarga oshgan. Neft narxi rekord darajada ko‘tarilgan, ya’ni bir
barreli 147 dollardan ortdi.
Pirovard natijada 2007-yil boshida AQSHda aholining ipoteka
kreditlarini qaytarishi bilan
bog‘liq muammo kuchaygan.
Qarzdorlarning
ko‘chmas
mulk garovi bilan olingan
kreditlarni qaytarishdan ko‘ra
to‘lovlarni to‘lashdan bosh
tortish
holati
kengaygan.
Banklarning
to‘lov
qobiliyatiga ega bo‘lmagan
mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida
ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin
pasayishiga olib kelgan.
Кo‘pchilik mutaxassislar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning
haqiqiy sabablaridan biri rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning
haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosati ekanligini, ya’ni «o‘z-
o‘zini boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning
milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvining
cheklanganligi bilan ham izohlaydilar.
Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishining asosiy sa-
bablaridan biri – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish
hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini
qayd qilish lozim. Pul muomalasi qonuniga asosan, iqtisodiyot
sog‘lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan
pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi
o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Milliy
iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi va globallashuv jarayonlari
pul muomalasining amal qilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi, biroq
449
dastlab ayrim mamlakatlar, (AQSHda) keyinchalik ko‘plab
mamlakatlarda mazkur qonun talablarini e’tiborga olmaslik holatlari
kuzatiladi. O‘tgan asrning 70-yillariga qadar amal qilib kelgan jahon
valuta tizimlari pullarning oltin yoki tovar mazmunini ta’minlash
orqali iqtisodiy rivojlanishning barqarorligiga zamin yaratib kelgan.
Biroq jahon amaliyotida boshqariladigan, suzib yuruvchi valuta
tizimiga o‘tgach, pulning oltin mazmuni yo‘qolib, asosan AQSH
dollari yetakchi valutaga aylanib, uning muomalaga chiqarilishini
nazorat qilish qiyin bo‘lib qoldi. Кeyingi yillarda globallashuv
jarayonining jadallashuvi ta’sirida xalqaro iqtisodiy aloqalarda
qat’iy valutaga bo‘lgan talabning yanada ortishi AQSH tomonidan
hech qanday tovar bilan ta’minlanmagan pullarning muomalaga
chiqarilish jarayonini yanada tezlatib yubordi. Ma’lumotlarga ko‘ra,
muomaladagi pul massasi (naqd, kredit pullar va turli to‘lov
vositalari)ning tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmidan
deyarli 10 baravar, agar pulning aylanish tezligi ham hisobga olinsa,
uning miqdori pulga bo‘lgan talabdan bir necha o‘n baravar
ko‘payib ketganligini anglatadi.
Shu bilan bir qatorda, asosan yetakchi rivojlangan mam-
lakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy
inqirozning vujudga kelishining asosiy sabablaridan hisoblanadi:
noratsiotnal pul-kredit siyosati hamda qayta moliyalash
stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi
natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;
moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari
o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari tomonidan
soxta xulosalar berilishi;
moliyaviy audit va professional etika tamoyillarining buzilishi
va soxta audit xulosalari taqdim etilishi;
moliyaviy rag‘batlantirish uslubi sifat ko‘rsatkichlariga emas,
balki miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanganligi;
yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning
vujudga kelishi va hokazo.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi milliy xo‘jalik rivojidagi
iqtisodiy faollikning turli shakllari va ishlab chiqarish natijalariga
o‘z ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Jumladan, keyingi yillarda
450
rivojlangan mamlakatlarda surunkali budjet taqchilligi va salbiy
tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy
inqirozining vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri ayni
vaqtda uning salbiy oqibati hisoblanadi.
«...moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun
dunyoni qamrab olayotgani, resessiya va iqtisodiy pasayishning
muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab
va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning
ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofatlar
sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda»
114
.
Кeyingi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo
balansida ijobiy qoldiq o‘sayotgan sharoitda ayrim rivojlangan
mamlakatlarda surunkali budjet taqchilligi va salbiy tashqi savdo
saldosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy inqirozining vujudga
kelishining asosiy omillaridan
biri
hisoblangan.
Xususan,
keyingi
yillarda
Xitoy,
Yaponiya,
Yaqin
Sharq
mamlakatlari valuta zaxiralari
keskin o‘sdi. Ma’lumotlarga
ko‘ra, so‘nggi paytlarda xalqaro
valuta zaxiralarining 3,4 trln.
dollari, ya’ni jami zaxiralarning
qariyb 59% Osiyoning 10 ta yirik mamlakati hissasiga to‘g‘ri
kelmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa, AQSH davlat tashqi qarzi
miqdorining o‘sib borganligi va uning YaIMga nisbatan salmog‘i
ortganligi inqiroz kuchayishining asosiy omillaridan biri bo‘lgan.
Inqiroz boshlangan davrda AQSH va ayrim Mustaqil hamdo‘st-
lik davlatlari tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotlariga nisbatan
salmog‘i ortib borgan. Xususan, 2008-yilda AQSH tashqi qarzla-
rining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i qariyb 90% ni
tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 37% ni, Qozog‘istonda
102% ni, Ukrainada 64% ni va Qirg‘izistonda 81% ni tashkil etgan.
114
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari
va choralarii. – T.: O‘zbekiston 2009, 5-bet.
451
2008-yilda jahon miqyosida bevosita xorijiy investitsiyalar oqi-
mining 20% gacha pasayishi jahon yalpi ichki mahsulotining
sezilarli kamayishi hamda xalqaro savdo hajmining pasayishi kuza-
tilgan. Bu dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ishsizlik
darajasining ortishi bilan birga borgan.
Jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ishsizlik darajasining
o‘sib borishi inqirozdan chiqish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab
chiqishda bandlik, talabni rag‘batlantirish orqali ishlab chiqarish
ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan keskin choralarni ko‘rish
masalasini kun tartibiga qo‘yadi.
Rivojlangan mamlakatlar hissasiga 1996-yilda 46,2 mlrd. dollar
hajmdagi ijobiy tashqi savdo saldosi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2007-
yilga kelib bu ko‘rsatkich 798,8 mlrd. dollarlik salbiy miqdorni
tashkil qilgan. Aksincha, bu davrda rivojlanayotgan mam-
lakatlarning 87,5 mlrd. doll. hajmdagi salbiy tashqi savdo saldosi
509,7 mlrd. doll.lik hajmdagi ijobiy tashqi savdo saldosiga aylan-
gan.
Xalqaro ekspertlarning qayd qilishlaricha, AQSH ipoteka
bozorlarida boshlangan inqirozning avj olib, uning jahon moliyaviy
va keyin iqtisodiy inqiroziga aylanib borishining sabablardan biri bu
AQSHning jahon yalpi ichki mahsulotining asosiy iste’mol
qiluvchisi hisoblanganidir. AQSHning jahon yalpi ichki mahsulotini
ishlab chiqishdagi hissasi 20% ni, uning iste’moldagi ulushi qariyb
40% ni tashkil qilgan.
O‘z vaqtida Respublika
Birinchi
Prezidenti
I.
Кarimov moliyaviy inqiroz
holati va oqibatlarga doir
quyidagi xulosani bayon
qilgandi:
«...avj
olib
borayotgan global moliya-
viy inqiroz jahon moliya-
bank
tizimida
jiddiy
nuqsonlar mavjudligi va
ushbu tizimni tubdan isloh
qilish zarurligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o‘z kor-
porativ manfaatlarini ko‘zlab ish yuritib kelgan, kredit va
452
qimmatbaho qog‘ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga
berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat
yo‘qligini ham tasdiqladi»
115
.
AQSH Federal zaxira tizimi tomonidan olib borilgan
noratsional pul-kredit siyosati hamda qayta moliyalashtirish
stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi
natijasida banklar tomonidan kredit berish ko‘lami keskin o‘sgan.
Natijada bozorda ko‘chmas mulklarga talab ortgan va uy-joy
narxlarining qisqa muddat ichida keskin o‘sishi kuzatilgan.
«...moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi
miqyosi, ko‘lami va oqibatlari.... bu avvalo, ana shu davlatning
moliya-valuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekaniga, milliy kredit
institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi, ularning
chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga,
shuningdek, oltin-valuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni
qaytarish
qobiliyati
va
pirovard
natijada
– mamlakat
iqtisodiyotining barqarorligi, diversifikatsiyalash va raqobatga
bardoshlik darajasiga bog‘liq»
116
.
Milliy bozorlarning globallashuvi, kapitallar xalqaro haraka-
tining erkinlashtirilishi natijasida AQSHda vujudga kelgan inqiroz
jahonning asosiy moliyaviy markazlari hisoblangan yirik fond
bozorlarini o‘z ichiga oluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy
ta’sir ko‘rsatgan. Natijada, rivojlangan mamlakatlar YaIMning
o‘sish sur’atlari bu davrda sezilarli darajada pasayib ketgan.
Jahon moliyaviy inqirozi MDH mamlakatlarini ham chetda
qoldirmadi. Inqiroz Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston iqtisodiyotida
o‘zining jiddiy salbiy oqibatlarini namoyon qildi.
Rossiyada asosan iqtisodiyotning real sektorida faoliyat
yurituvchi yetakchi kompaniyalar aksiyalarining narxlari keskin
tushib ketdi. Bu holat birinchi navbatda jahon energetika resurslari
bozoridagi nobarqaror konyunkturaning vujudga kelishi natijasida
sodir bo‘ldi.
“Qozog‘iston iqtisodiy mo‘jizasi” degan nom bilan tanilayotgan
“ochiq iqtisodiyot” siyosati va uning stixiyali tarzda jahon iqtiso-
115
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari
va choralarii. – T.: O‘zbekiston 2009, 5-bet.
116
o‘sha joyda. 5-bet.
453
diyotiga integratsiyalashuv jarayoni global moliyaviy inqiroz sha-
roitida o‘zining jiddiy kamchiliklariga egaligini ko‘rsatdi.
Jahon moliyaviy inqirozining o‘ziga xos xususiyati – bu uning
iqtisodiyot moliyaviy sektoridan boshlanib, real sektoriga o‘tgan-
ligidir. «... jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish,
uning oqibatlarini yengillashtirish ko‘p jihatdan har qaysi davlat
doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilina-
yotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-
biri bilan uyg‘unligiga bog‘liq»
117
.
Shunga ko‘ra, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘zlari-
ning bank tizimlarini inqirozdan qutqarish uchun yirik tijorat bank-
larining aksiyalarini sotib olib, ularni budjet mablag‘lari hisobiga
likvidli aktivlar bilan ta’minlay boshladi yoki tijorat banklari
kreditlari uchun davlat kafolatlari tizimidan foydalanish joriy
qilinadi.
Masalan, AQSHda Federal zaxira tizimi qimmatli qog‘ozlarni
sotib
olish
orqali
xususiy
sektorni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
moliyalashtirgan bo‘lsa, Buyuk Britaniya hukumati banklar va
moliyaviy muassasalar aksiyalariga 37 mlrd. funt sterling
mablag‘larini investitsiya qilgan. Germaniya hukumati esa, bank
tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya va kreditlar shaklida
500 mlrd. yevro ajratgan. Bu davrda Yevropaning ko‘pchilik yirik
banklari milliylashtirildi, ya’ni davlat tomonidan sotib olindi.
Inqiroz oqibatlarini yumshatish uchun iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solish usullaridan keng foydalanish yo‘lga
qo‘yilgan.
Dunyoning ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlari inqirozni barta-
raf qilish uchun yirik miqdorda moliyaviy resurslar ajrata boshladi.
Jumladan, AQSH hukumati sarflagan mablag‘larining hajmi
3539 mlrd. dollar bo‘lib, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining
25% ni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Кarimov shu
davrda O‘zbekiston ham xalqaro hamjamiyatning va global moliya-
viy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanishi sababli
117
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari
va choralarii. – T.: O‘zbekiston 2009, 6-bet.
454
inqiroz oqibatlarining ma’lum
darajada iqtisodiyotimizga o‘z
ta’sirini ko‘rsatishi mumkinligini
qayd qilib o‘tgan edi.
Biroq moliyaviy inqirozning
respublikamiz iqtisodiyotiga ta’-
siri boshqa rivojlangan va ayrim
qo‘shni davlatlardagiga qaraganda
mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar
bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajm-
larining keskin qisqarib ketishi, ko‘plab yirik korxonalarning
yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, bizda jahon xomashyo bozorlarida
talabning susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi hamda
buning oqibatida eksport tushumlarining sezilarli kamayishi, asosiy
savdo hamkorlarimiz xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi
savdo aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi.
Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekistonga ta’sirining jiddiy
bo‘lmaganligini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:
mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon xo‘jaligiga inqiroz oqibat-
lariga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadigan darajada integratsiyalashma-
ganligi, Respublikamizda katta hajmdagi xorijiy kapitalni ushlab
turuvchi kompaniya va moliyaviy institutlarning yo‘qligi;
xususiylashtirish mexanizmi va shart-sharoitlari natijasida de-
yarli barcha ustav fondlarining korxonalarning real xususiy aktivlari
bilan ta’minlanganligi;
ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish-
ning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘li tanlanganligi;
davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi
zarurligining aniq belgilab olinganligi;
O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi,
shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlari-
ning barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli
darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar
bazasining mavjudligi;
oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi;
aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib
borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda
455
o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan
amalga oshirilganligi;
davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining barqaror
va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari kuchliligi.
O‘zbekistonning jami umumiy tashqi qarzi inqiroz davrida ham,
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 16,0% foizdan oshmagan, bu
ko‘rsatkich esa xalqaro mezonlar bo‘yicha “o‘rtachadan ham kam”
baholangan. Bu o‘z navbatida mamlakatimizning xalqaro darajadagi
to‘lov qobiliyatga egaligini ko‘rsatadi.
Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kredit-
lardan voz kechib, chet el investitsiyalari uzoq muddatlarga,
imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etildi. Natijada milliy
iqtisodiyotimizning xalqaro kreditlar bozoridagi konyunkturaga
keskin bog‘liqligi va moliyaviy inqiroz salbiy oqibatlarining oldi
olindi.
Bularning barchasi, jahon hamjamiyatiga a’zo ko‘pchilik mam-
lakatlarda iqtisodiy beqarorliklar kuzatilayotgan sharoitda respub-
likada investitsion faollikni oshirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish
sur’atlarini ta’minlash va aholi turmush farovonligini oshirib borish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |