432
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi
bo‘yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir
xil fazalarga ega bo‘ladi.
Hozirgi zamon iqtisodiy sikllari XIX va XX asr birinchi
yarmidagi sikllardan sezilarli farq qiladi. Shu sababli, hozirgi zamon
iqtisodiy qarashlarda sikl faqat ikki fazaga: resessiya va yuksalish
ajratiladi. Resessiya fazasi inqiroz va turg‘unlikni, yuksalish fazasi
esa jonlanish va o‘sishni qamrab oladi.
Milliy ishlab chiqarish hajmining me’yorida pasayishi resessiya
deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: