4. O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish
vazifalari
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga mos tartiblar asosida isloh
qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo‘lishi va tanglik holat-
larning kelib chiqishini muqarrar qilib qo‘yadi. Shu sababli, iqtiso-
diyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida uni
jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo‘lidagi qonuniy bosqichdir.
U iqtisodiy rivojlanishda inqirozli holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun
ishlab
chiqarish
va
chiqarilayotgan
mahsulot
tarkibini
o‘zgartirishga, ya’ni tanglik holatlarga barham berishga yo‘nal-
tiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning
dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan
maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatlikni saqlash,
422
ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishini oldini olish va
ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat
bo‘ldi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning
qadrsizlanishini oldini olish, mamlakat to‘lov balansini bir me’yorda
saqlash kabi maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi.
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda
jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olinib ishlab
chiqarish sohalariga ustunlik berildi. Bu sohalarning rivojlanishida
ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko‘zda tutildi. Bunda
asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo‘lgan, butun iqtisodiyotning
rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan yetakchi tarmoq va
sohalarga qaratildi.
Iqtisodiyotda zaruriy tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilguncha
ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish eng muhim
maqsad bo‘lib qoladi. Shu sababli, respublikada 90-yillarning
o‘rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik sohasida ishlab chiqarish
sur’atlarining
pasayishini
sekinlashtirishga
moyillik
ko‘zga
tashlandi, ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa o‘sishga erishildi.
Iqtisodiyotning ikki yetakchi tarmog‘i sanoat va qishloq xo‘jaligini
isloh qilish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar natijasida
sanoatda 1996-yildayoq qishloq xo‘jaligida 1997-yilda ishlab
chiqarishning orqaga ketishi to‘xtatildi.
Makroiqtisodiy barqarorlik siyosatida 1997-yil keskin burilish
davri bo‘ldi, islohotlar amalga oshirilgan davr davomida birinchi
marta yalpi ichki mahsulotning o‘sishi (105,2%) aholi sonining
o‘sishidan (101,8%) yuqori bo‘ldi
103
. Bu ijobiy tamoyillar keyingi
yillarda yanada mustahkamlanib bordi. Natijada butun milliy
iqtisodiyot va uning barcha tarmoqlarida barqaror o‘sish tamoyillari
kuzatildi. Jumladan, 2016-yilda YaIM – 7,8 foizga, sanoat ishlab
chiqarish hajmi – 6,2 foizga, qishloq xo‘jalik mahsulotlari – 6,6
foizga ko‘paydi. Chakana tovar aylanishi - 14,4 foizga, aholiga
pullik xizmat ko‘rsatish hajmi esa 14,5 foizga ortdi. Davlat budjeti
ko‘zda tutilgan defitsit o‘rniga YaIM ga nisbatan 0,7 foiz miqdorida
profisitga erishildi.
103
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
423
Respublikamizda izchil yuqori o‘sish sur’atlari bilan birga
YaIMning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
ulushining kamayish tendensiyasi kuzatiladi. Jumladan, 2000-yilda
bu ko‘rsatkich 30,1foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda faqatgina
16,8 atrofida bo‘lgan.
“Buni avvalambor iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan
chuqur tarkibiy o‘zgarishlarning mamlakatimiz bir paytlardagi agrar
respublikadan bosqichma-bosqich ravishda sanoati rivojlangan
zamonaviy davlatga aylanib borayotganining yaqqol tasdig‘i sifatida
qabul qilishimiz darkor”
104
.
Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar
tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi iqtisodiyot
majmuasining bunyod etilganligi, birinchi navbatda eng muhim
makroiqtisodiy va ishlab chiqarish nisbatlarini davlat tomonidan
samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy
e’tibor iqtisodiyotning tarmoq va hududlarining tarkibiy tuzilishini
takomillashtirishga qaratiladi.
Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev qayd qilib o‘tgan-
laridek, “Agar hududlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
ko‘rsatkichlarini solishtirsak, ular kun va tundek bir-biridan farq
qiladi”
105
. Bunda “...respublikaga bo‘ysunadigan yirik korxonalar
ko‘rsatkichini chiqarib tashlasak, viloyatlar yalpi hududiy mahsuloti
hajmi juda kichik bo‘lib qoladi”
106
.
“Harakatlar strategiyasi”da 2017‒2021-yillarda respublika
hududiy tuzilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
sifatida quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
‒ viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va muvo-
zanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularni salohiyatidan samarali
foydalanish;
104
Karimov I.A. 2014-yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni
safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi. T.: O‘zbekiston
2014. 9-bet.
105
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: «O‘zbekiston», 2017 14-yanvar. 49-bet.
106
O‘sha joyda 49-bet.
424
‒ har bir hududning tabiiy, mineral va xomashyo, sanoat,
qishloq xo‘jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va
samarali foydalanish;
‒ hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish masshtablarini kengaytirish hisobiga hududlarning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish darajasidagi farqni kamaytirish, eng avvalo,
sanoat va eksport salohiyatini o‘stirish yo‘li bilan qiyoslangan
tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish;
‒ yangi sanoat ishlab chiqarish va servis markazlarini tashkil
etish hisobiga shahar tipidagi kichik shaharlar va shaharchalarni
aktiv rivojlantirish;
‒ yirik xo‘jalik birlashmalarning mablag‘larini, banklarning
kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
‒ suvbensiyali tuman va shaharlarni kamaytirish, sanoat va
xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga mahalliy
budjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
‒ sanoat va boshqa ishlab chiqarish obyektlarni joylashtirish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
‒ hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va
ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya
qilish.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar
turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosibliklarni
bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan
samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda
ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o‘zgartirish, uning sifatini
yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni
kamaytirish talablari ham hisobga olinadi. “Tarkibiy o‘zgarishlarni
chuqurlashtirish milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini moder-
nizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardosh-
ligini oshirish milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini
ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko‘rsatish sohasi,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish”
107
ni
nazarda tutadi.
107
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi.www.lex.uz
425
Iqtisodiyot tuzilishidagi o‘zgartirishlar, chetdan mahsulot olib
kelishni qisqartirish, iqtisodiyotining xomashyo yetishtirishga
qaratilgan bir tomonlama yo‘nalishini bartaraf etish va uning
eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy
jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida
iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash
vazifalarini hal etish bilan bog‘liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi
o‘zgarishlar - respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini
ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratildi. Bunda birinchi
navbatda eng muhim o‘zak tarmoqlarni ‒ neft va gaz sanoatini,
energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmua-
sini, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini
rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan
o‘zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda
iste’mol bilan jamg‘arish o‘rtasidagi eng maqbul nisbatni ta’minlash
asosiy o‘rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga
erishishda - ichki bozorda talab bilan taklif o‘rtasida mutanosiblikni
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, davlat eng muhim
makroiqtisodiy nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko‘proq
e’tibor berdi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish darida iqtisodiyotni barqaror-
lashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infra-
tuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa
tizimi singari tarmoqlarini ustuvor rivojlantirishga ham alohida
e’tibor beriladi.
Ijtimoiy sohalardagi tarkibiy qayta qurishlar ham faol
investitsiya siyosatini o‘tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli,
respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib,
bunda o‘z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar
va ularning barcha manbalaridan o‘rinli foydalanish ko‘zda tutildi.
Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida,
davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz
beruvchi mamlakatlar moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga
oshirish mumkinligi hisobga olinadi.
426
Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida mak-
roiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzi-
lishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini
yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlar sifatida qaraldi.
Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish
jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqur-
lashtirishga yo‘l tutilgan hozirgi sharoitda ham iqtisodiyot
sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bu o‘z navbatida boy tabiiy zaxiralar, mineral xomashyo,
mehnat resurslari, intellektual hamda ilmiy-texnikaviy salohiyatdan
to‘liq va samarali foydalanishni taqozo etadi.
Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish mahalliy xomashyo va
tabiiy imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg‘or zamonaviy texnolo-
giyalarni joriy etgan holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham
raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoq-
larga qaratilishi zarur.
Bunda eng avvalo: “...sanoatni yuqori texnologiyali qayta
ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini
chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor
mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha jadal rivojlantirishga qaratilgan
sifat
jihatidan
yangi
bosqichga
o‘tkazish orqali yanada
modernizatsiya diversifikatsiya qilish”ga qaratiladi
108
.
Yangi bosqichda xizmat ko‘rsatish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohalarini rivojlantirish, ularning iqtisodiyotdagi o‘rnini
kuchaytirishga alohida e’tibor beriladi. Chunki, bu soha yangi ish
joylarini yaratishning muhim omili bo‘lishi bilan birga, aholi
turmush darajasining o‘sishi ham uning rivojlanish darajasiga
bog‘liq.
Umumiy holda tarkibiy o‘zgarishlar ustuvorlik beriladigan
yo‘nalishlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
‒ iste’molga yo‘naltirilgan. Bunda tarkibiy o‘zgarishlarning
maqsadi aholining turmush darajasiga bevosita daxldor bo‘lgan
tarmoq va sohalarni ustuvor rivojlantirishga qaratiladi;
108
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi. www.lex.uz
427
‒ eksportga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgarishlar. Bunda qayta
ishlovchi sanoat tarmoqlarini ustuvor rivojlantirish asosida ishlab
chiqarish hajmini eksport hisobiga kengaytirish ko‘zda tutiladi;
‒ iqtisodiyotning tarmoq va texnologik tuzilishini takomillash-
tirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |