O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

UO‘К: 33.01 (075) 

КBК 65.01 

 

Taqrizchilar: 

H.P. Abdulqosimov – iqtisod fanlari doktori, professor; 

B.Rustamov – iqtisod fanlari nomzodi, professor. 

                 

 

O‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligining 2017-yil 28-iyundagi 434-sonli buyrug‘iga asosan nashr etildi.  

 

 



 

ISBN 978–9943–11‒621‒4 

 

© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2017. 




 

КIRISH 

 

Bozor iqtisodiyoti har bir kishidan qanday kasb egasi bo‘lmasin 



iqtisodiy  mushohada  yuritish  va  shu  asosda  xulosa  chiqarishni 

o‘rganishni  talab  qiladi.  Bo‘lg‘usi  iqtisodchilardan  esa  iqtisodiy 

voqeliklarni,  iqtisodiy  hodisa  va  jarayonlarni  tahlil  qilish  bilan 

birga, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash, ishlab chiqarish 

samaradorligini oshirish, iste’molchi sifatida tanlovning eng optimal 

variantlarini  amalda  ro‘yobga  chiqarish  bo‘yicha  o‘zining  mustaqil 

qarashlariga  ega  bo‘lish  hamda  o‘z  sohasidan  ilmiy  tadqiqot 

yo‘llarini amalga oshirishga layoqatli bo‘lishi talab qilinadi. 

Fanni  o‘zlashtirishda  talabalarning  har  bir  iqtisodiy  voqelik 

bo‘yicha  tahliliy  xulosa  chiqarishga  o‘rgatish  –  eng  muhim  masala 

hisoblanadi.  Chunki  tahliliy  xulosa  chiqara  oladigan  odamgina 

mustaqil fikrlaydi. Mustaqil fikrlaydiganlar doimo izlanadi, ularning 

xatti-harakati va ilmiy, ijodiy mehnati tufayli jamiyatda fan-texnika 

taraqqiyoti yuz beradi. 

Talabalarning  mustaqil  fikr  yuritishi,  turli  iqtisodiy  hodisa  va 

jarayonlarning  mohiyatiga  o‘z  nuqtayi  nazarini  bayon  qilish 

layoqatiga  va  real  voqelik  to‘g‘risida  amaliy  ko‘nikmaga  ega 

bo‘lishi hozirgi zamon talabidir. 

Shu  sababli,  o‘quv  qo‘llanmada  jamiyat  iqtisodiy  hayotining 

muhim  jabhalariga  har  xil  iqtisodiy  maktab  vakillarining  turfa 

qarashlari keltiriladi. 

Кo‘pchilik  iqtisodiy  kategoriyalar  mohiyati  klassik  maktab 

vakillari  va  hozirgi  zamon  iqtisodiy  oqimlar  qarashlarini  sintez-

lashtirish orqali ochib beriladi. 

Bu talabalarning hozirgi zamon iqtisodiyoti va uning istiqbolda 

rivojlanish 

tamoyillariga 

fikrlar 


xilma-xilligi 

orqali 


baho 

berishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.  

Qo‘llanmada  asosiy  e’tibor  qo‘yilgan  muammoga  har  tomon-

lama  va  turli  darajada  qarash  qoidasiga  asoslanadi.  Bunda  so‘z 

mikroiqtisodiyot,  makroiqtisodiyot,  undagi  davlat  sektori  va  jahon 



iqtisodiyoti  darajasida  ro‘y  beradigan  munosabatlar  to‘g‘risida 

ketadi. 

Qo‘llanmada  hozirgi  davrda  iqtisodiy  hayotda  ro‘y  berayotgan 

tub  o‘zgarishlar  fan-texnika  taraqqiyoti,  innovatsion  rivojlanish  va 

globallashuv  jarayonining  kuchayishi  bilan  bog‘liqlikda  yoritib 

beriladi. 

Taraqqiyotning  o‘zi  bir  tomondan,  fanni  chuqur  o‘zlashtirishni 

zarur  qilib  qo‘ysa,  ikkinchi  tomondan,  turli-tuman  yangi  usullarni 

qo‘llash, ko‘rgazmalilikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, 

ularni  qo‘llashni  takomillashtirish  orqali  bilim  olishni  osonlash-

tiribgina qolmasdan, uni qiziqarli jarayonga ham bog‘liq. 

Shu  sababli,  mazkur  o‘quv  qo‘llanmada  bayon  qilingan  iqti-

sodiy voqelik, ko‘rgazmali vositalar bilan to‘ldiriladi va boyitiladi.  

Iqtisodiy fanlarning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlardan ajralib 

turadigan  tomoni  ham  shundaki,  u  dalillar  rasmiy  yoki  shartli 

ma’lumotlar bilan ish ko‘radi. Iqtisodchidan ular bilan ishlay bilish, 

qo‘ygan maqsadga erishish uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishi, 

ularning dinamikasini o‘rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarish, 

“Tegishli  qaror  qabul  qilish”  ko‘nikmasiga  ega  bo‘lish  talab 

qilinadi. 

Bu o‘z navbatida nazariy-iqtisodiy fanlarni amaliy jihatlari bilan 

chuqur  o‘rganish,  imkon  qadar  real  voqelikka  yaqin  tajribalar 

o‘tkazish,  nazariy  qonun-qoidalarni  sinab  ko‘rishni  zarur  qilib 

qo‘yadi.  

Shu sababli, qo‘llanmada o‘quv materiallarini bayon qilish usul 

va  uslublari  takomillashtiriladi,  nazariy  va  amaliy  muammolar 

jabhasi kengaytiriladi. 

Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur o‘quv qo‘llanmada, iqti-

sodiyotning  umumiy  asoslari,  bozor  iqtisodiyoti  va  ijtimoiy-

iqtisodiy  taraqqiyot  nazariyasiga  oid  masalalar  mantiqiy  ketma-

ketlikda o‘rin olgan. Ayniqsa, iqtisodiyotning asosiy muammosi  va 

uning  amal  qilish  yo‘llarini,  hozirgi  zamon  rivojlangan  bozor 

iqtisodiyoti,  uning  qonun-qoidalari  va  tartibga  solish  mexanizmlari 

rolini yoritishga alohida e’tibor qaratilgan.  

O‘quv  qo‘llanmada  «Кadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»,  “Ta’-

lim  to‘g‘risida”gi  qonun  va  oliy  o‘quv  yurtlarida  bakalavrlar 

tayyorlash  davlat  andozasining  talablari  hisobga  olingan.  Har  bir 




mavzu mazmunini yoritishda respublika qonunlari, boshqa me’yoriy 

hujjatlardan,  O‘zbekistonning  Birinchi  Prezidenti  I.Кarimov  va 

Prezident  Sh.Mirziyoyev  asarlaridan  hamda  2017-2021-yillarda 

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘na-

lishlari  bo‘yicha  ishlab  chiqilgan  harakatlar  strategiyasidan    keng 

foydalanilgan. 

Qo‘llanmada shu fandan mavjud xorijiy adabiyotlar bilan birga 

respublikada “Iqtisodiyot nazariyasi” bo‘yicha chop qilingan darslik 

va o‘quv qo‘llanmalardan, mamlakatimiz iqtisodiy hayotiga tegishli 

rasmiy statistik ma’lumotlardan keng foydalanilgan. 

O‘quv  qo‘llanma  oddiy  va  ravon  tilda  yozilgan  bo‘lib,  bu 

talabalarga fanni oson o‘zlashtirishlari uchun imkon beradi. 

Qo‘llanmada  o‘qitishning  yangi  texnologik  xususiyatlari  hi-

sobga  olinib,  har  bir  mavzudan  keyin  asosiy  tayanch  tushunchalar 

va  atamalar,  takrorlash  va  munozara  uchun  savollar  berildi,  ki-

tobning oxirida asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati keltirildi.  

Iqtisodiyot  nazariyasi  bo‘yicha  mazkur  qo‘llanma  Oliy  o‘quv 

yurtlarining  –  5111000  Кasb  ta’limi  (5230600-Moliya)  bakalavr 

yo‘nalishi  talabalariga  mo‘ljallangan.  Undan  barcha  iqtisodiy 

yo‘nalishdagi  bakalavrlar  o‘rta  maxsus  o‘quv  yurtlari  o‘quvchilari, 

doktorantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquv-

chi kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.  

Muallif  kursning  tuzilishi,  mazmuni,  muammolarning  bayon 

qilinishi  tartibi  va  uslubi  bo‘yicha  bildirilgan  har  qanday  taklif-

mulohazalarni  minnatdorchilik  bilan  qabul  qiladi  va  keyingi  o‘quv 

qo‘llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga oladi.  

Muallif ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda qimmatli masla-

hatlari va amaliy yordamlarini bergan Toshkent Moliya instituti “Iq-

tisodiyot  nazariyasi”  kafedrasi  professor-o‘qituvchilaridan  D.V.Ra-

sulova, D.S.Jumanov, Z.G.Allaberganovlarga, dizayner-sahifalovchi 

N.D.Кarimovaga samimiy minnatdorchiligini bildiradi.  

 

 



 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish