O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

3. Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va 

cheklanganligi. Ishlab chiqarish imkoniyati va uning chegarasi 

 

Yuqorida  keltirilgan  iqtisodiyot  borasidagi  mushohadalardan 



kelib  chiqib,  nima  sababdan  iqtisodchilar  dunyoga  cheklanganlik 

nuqtayi  nazardan  boqishlarini  ko‘rish  mumkin.  Cheklanganlik 




19 

tushunchasi iqtisodiy resurslar, mahsulotlar va xizmatlarga tatbiqan 

ham  qo‘llaniladi.  Cheklanganlik  insonda  istagancha  tanlab  olish 

imkoniyatini cheklab, bizga mavjud narsalardan ayrimlarini  tanlay 

olishni  talab  qiladi.  Endi  biz  hamma  narsalardan  xohlagancha 

foydalana 

olmasdan, 

mavjud 


narsalar  bilangina  kifoyalanishimiz 

kerak  ekanligini  anglatadi.  “Hech 

qachon  sichqon  tutgichda  tekin 

pishloq bo‘lmaydi” degan oddiygina 

naql  iqtisodiyotning  o‘zagini  tashkil 

etadi.  Aytaylik,  siz  biror-bir  mahsu-

lotdan  bepul  foydalandingiz  deylik, 

ammo  xuddi  shu  mahsulotni  ishlab 

chiqargan  boshqa  bir  ishlab  chiqaruvchi  unga  qanchadir  mablag‘ 

sarflagan-ku!  Biror  bir  oddiy  bo‘lib  ko‘ringan  mahsulotni  ishlab 

chiqarish  uchun  ham  qanchadir  o‘lchamdagi  yer  maydoni,  ish 

quroli,  qo‘l  mehnati,  bunyodkorlik  salohiyati  kabilar  talab  qilinadi. 

Yuqoridagi “tekin pishloq” ning o‘rniga uni ishlab chiqarish uchun 

ketgan  iqtisodiy  resurs  hisobiga  boshqa  bir  mahsulotni  ishlab 

chiqarish mumkin edi. 

Shunday  qilib,  bepul  tarqatilgan  narsa  –  buyumlar  insonlarga 

hech 

qachon 


aslida 

tekin 


berilmagan 

bo‘lib 


chiqadi. 

Jamiyatimizdagi hech qaysi mahsulot hech qachon shunchaki bepul 

berilmaydi  yoki  unga  sarflangan  resurslarni  boshqa  foydali 

mahsulotga sarf qilish mumkin bo‘ladi. Iqtisodchilar xuddi shu sarf- 

xarajatlarni yashirin xarajatlar deb ataydilar. Bir turdagi mahsulotni 

qo‘lga kiritish uchun boshqa turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan 

cheklanishga majburmiz.

2

 



Resurslar cheklangan sharoitda jamiyat ham o‘z qarorini tanlov 

asosida  qabul  qilishga  majbur  bo‘ladi.  Bunda  xarajatlarni 

kamaytirish  muammosiga  ham  duch  kelinadi.  Jamiyat  cheklangan 

resurslaridan  foydalanishning  ustuvor  sohalarini  aniqlaydi.  Bunda 

ulardan  to‘liq  va  samarali  foydalanish  hamda  ehtiyojlarni  to‘laroq 

qondirib borish talabi hisobga olinadi.  

                                                           

2

  McConnell,  Brue.  Economics:  principles,  problems  and  policies.  17  th  edition.  America,  New  York: 



McGraw-Hill, 2008. page 35 


20 

Iqtisodiy  faoliyatda  foydalanishga  yaroqli  bo‘lgan  moddiy 

insoniy  va  tabiiy  resurslar  iqtisodiy  resurslarni  tashkil  qiladi. 

Iqtisodchilar iqtisodiy resurslarni to‘rtta umumiy turga ajratadi. Yer-

iqtisodchilar  uchun  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishtirok  etadigan 

barcha  tabiiy  resurslar  tushuniladi,  jumladan,  ekin  maydonlari, 

o‘rmonlar, mineral va neft zaxiralari hamda suv resurslarini tashkil 

etadi.  Ishchi  kuchi  insonda  mavjud  bo‘lgan  jismoniy  va  aqliy 

qobiliyatlar  yig‘indisi.  Mehnat  –  inson  ishchi  kuchining  sarflanish 

jarayonidir. 

Кapital – kapitalga iste’mol tovarlari va xizmatlarini yaratishda 

foydalaniladigan  kishilar  tomonidan  yaratilgan  barcha  ishlab  chi-

qarish vositalarini kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod-fabrikalar, 

omborxonalar,  transport  vositalari,  yetkazib  berish  xizmati,  texnika 

va  asbob-uskunalar  kiradi.  Кapital  tovarlari  xaridiga  sarflarga 

investitsiya deb qaraladi

3



  Resurs  sifatidagi  kapital  iste’mol  tovarlaridan  farq  qiladi. 



Iste’mol  tovarlari  inson  ehtiyojini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  qondiradi, 

vaholanki, kapital resurs iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga jalb 

etiladi.  E’tibor  berish  kerakki,  iqtisodchilar  resurs  sifatidagi 

“kapital”  terminiga  pul  sifatida  emas,  balki  jihozlar,  texnika  va 

boshqa ishlab chiqarish vositalari sifatida qarashadi. Sababi pulning 

o‘zi  hech  narsani  yaratmaydi,  shu  sababli  iqtisodchilar  unga  iqti-

sodiy resurs sifatida qaramaydi.  

Tadbirkorlik  qobiliyati  alohida  kishilarga  xos  bo‘lgan  noyob 

ishbilarmonlik  layoqati.  Yer,  mehnat,  kapital  va  tadbirkorlik  qobi-

liyati  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  xizmatlarni  ma’lum  turini 

tashkillashtirish  uchun  bir  joyga  jam  bo‘lar  ekan,  ularni  umumiy 

qilib,  tovar  ishlab  chiqarish  omillari  yoki  sodda  qilib  aytganda 

xarajatlar deyish mumkin

4



Har  bir  resurs  undan  ishlab  chiqarishda  foydalanganda  ma’lum 

samara beradi. Resurs keltiradigan natija o‘z chegaralariga ega. Har 

qanday  resursdan  eng  yaxshi,  oqilona  foydalanilgan  taqdirda  ham 

ma’lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo‘lmaydi.  

                                                           

3

  McConnell,  Brue.  Economics:  principles,  problems  and  policies.  17  th  edition.  America,  New  York: 



McGraw-Hill, 2008. page 39 

4

  McConnell,  Brue.  Economics:  principles,  problems  and  policies.  17  th  edition.  America,  New  York: 



McGraw-Hill, 2008. page 41 


21 

Iqtisodiy  resurslarning  cheklanganligi  ishlab  chiqarish  imko-

niyatlarining ham cheklanishiga olib keladi. 

Har  bir  xo‘jalik,  oila,  korxona,  firma,  tarmoq,  mamlakat 

o‘zining  ana  shunday  imkoniyat  chegarasiga  ega.  Resurslardan 

foydalanish  darajasi  turlicha  bo‘lgani  uchun  barcha  tovarlar 

bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko‘rsatish qiyin. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish