2. Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish
qonuni
Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol, ya’ni ehtiyojni
qondirish hisoblanadi.
Insonning yashashi va kamol topishi,
jamiyatning rivojlanishi uchun kerak
bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy
resurslarga zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi.
Jamiyat ehtiyojlari kishilar, ya’ni ja-
miyat a’zolari, korxonalar va davlat ehti-
yojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning
bu barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan
xususiyat – ular cheksiz va chegarasizdir.
Jamiyat ehtiyojlarida kishilarning ehtiyoj-
lari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Кishilarning barcha hayotiy
ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehti-
yojlar) orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu
ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi
uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan
iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar
moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.
Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o‘zlariga foydali
bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular
iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (oziq-
ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini
(taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o‘z ichiga oladi. Bu
o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat
dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur
predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi
11
ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani
remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foyda-
lanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning
ularga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ma’naviy ehtiyojlar moddiy
ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy
saviyasini oshirish, malaka-mahoratiga ega bo‘lish, har xil xizmat-
lardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa
ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obyektlari xususiyatiga
bog‘liq.
Ijtimoiy ehtiyojlar umumlashgan iste’mol faoliyatining turli
shakllarida qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning
birgalikda, hamkorlikda mavjud bo‘lishi zarurligini taqozo qiladi.
Shunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda
foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, dam
olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar
tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z
o‘rniga ega. Кorxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga
oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish
vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat, butun mamlakat
aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir
yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne’matlar bilan
ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy
ne’matlar va iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi.
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular
quyidagilar:
jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojla-
nishdan orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa,
aksincha, iqtisodiyoti gurkirab rivojlangan mamlakatlarda keng va
xilma-xil bo‘ladi;
jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi
tizim bozor iqtisodiyoti tartiblari asosida qurilgan bo‘lsa, undagi
ijtimoiy guruhlar boylar va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga
bo‘linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o‘rtasida katta farq
mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob
12
mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning
ehtiyojlari o‘z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va
xizmatlar bilangina cheklanadi;
tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori
va tarkibiga ta’sir qiladi. Masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida,
issiq sharoitdagilarga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va
yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va transport
vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi;
tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan
milliy va diniy marosimlar. Jumladan, Navro‘z bayrami, ro‘za va
hayitlar o‘ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi;
aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar,
ayniqsa, ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayriboshlashning
rivojlanishi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy
ahvoli, kasbi, mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan,
keksa kishilar yoshlardan farq qilib, yengil hazm bo‘ladigan
ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash muhitiga
ko‘proq ehtiyoj sezadi. Кo‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi,
o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday
ehtiyojlar bo‘lmaydi. Murakkab, og‘ir va yengil mehnat turlari bilan
shug‘ullanuvchi kishilar ehtiyojlari ham bir-biridan tubdan farq
qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq
qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab
qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi
buyumlarning paydo bo‘lishi, reklamaning ta’siri va bozorlarning
rivojlanishi
natijasida
ehtiyojlar tarkiban
o‘zgaradi
va
miqdoran
o‘sib
boradi.
Ehtiyojlar tur-
lari. Ehtiyojlar ni-
hoyatda turli - tu-
13
man bo‘lib, ularni turkumlashga turli jihatdan yondashish mumkin.
Кo‘pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko‘ra ehtiyoj-
larni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Ular,
ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi,
qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan, bevosita va
bilvosita qondiriladigan joriy va kelajakda qondiriladigan
ehtiyojlarga ajratadi. Ayrim adabiyotlarda birlamchi – eng zarur
ehtiyojlar, ikkilamchi qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan ehtiyojlar
mavjudligi qayd qilinadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng
zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa kabilarga bo‘lgan
ehtiyojlarini, ikkilamchi ehtiyojlarga ularning ma’naviy, intellektual
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilim olish, san’at, turli ko‘ngilochar
tadbirlarga qatnashishga bo‘lgan ehtiyojlarini kiritish mumkin.
Lekin bunday ajratish shartli. Ular har bir inson uchun individual
bo‘lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo‘lsa,
boshqasi uchun hayotiy yashash vositalari ahamiyatli. Birov uchun
kiyim-kechakdan ko‘ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun
aksincha, yoki bir kishi uchun ma’naviy ehtiyojga xohish bo‘lsa,
boshqasi uchun kundalik ehtiyoj birlamchi bo‘lish yoki ma’lum vaqt
o‘tgach, ular oddiy ehtiyojlarga aylanishi ham mumkin.
Ehtiyojlarga turli mezonlar orqali yondashib, uni har xil
guruhlarga ajratish mumkin:
Ehtiyojlar subyektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umum-
jamiyat ehtiyojlariga bo‘linadi.
a) Individual ehtiyoj – har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U
fiziologik ehtiyojlar, o‘zining har tomonlama kamol topishiga
bo‘lgan ehtiyojlar va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
b) Guruhiy ehtiyoj – bu oilaviy yoki kishilarning biron
maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar)
ehtiyojlari bo‘lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida
vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
d) Umumjamiyat ehtiyoji – bu mamlakat miqyosida, inson-
larning bir butun bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o‘z ichiga
birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarni olsa,
ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun
zaruriy ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa,
14
jamiyatni boshqarish kabilarni kiritish mumkin. Jamiyatning
ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar
ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ehtiyojlar obyektga ko‘ra moddiy, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj-
larga bo‘linadi.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo‘lishi bilan
vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur
va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joylarga
bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir.
Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko‘rinishga ega, masalan, oziq-
ovqat mahsulotlariga ehtiyoj: un, guruch, yog‘, go‘sht, shakar va
boshqalar aynan shunday ko‘rinishga ega. Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj
azaliy bo‘lmay jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida,
sivilizatsion
rivojlanish
natijasida
yuzaga
keladi.
Jamiyat
rivojlanishi bilan ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga
aylanib
boradi.
Ijtimoiy-ma’naviy
ehtiyojlar
asosan
turli
xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga
chiqadi. Кishilar ijtimoiy-ma’naviy xizmatlardan foydalanib,
axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim
oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi.
Ehtiyojlar tizimida mehnat qilish, dam olish, ish qobiliyatini
tiklashga bo‘lgan ehtiyojlarga ajratiladi.
Mehnat ehtiyoji insonning o‘zida mujassamlashgan. Mehnatsiz
inson yashay olmaydi, Chunki mehnatsiz nozu-ne’matlarni yaratib
bo‘lmaydi va inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji
insonda jismoniy mehnat qilish va aqliy qobiliyati borligidan kelib
chiqadi. Inson mehnatda o‘z o‘rnini topib va qobilyatini ishga solib,
obro‘-e’tibor qozonishga harakat qiladi. Inson mehnat qilar ekan,
albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko‘ngilochar
tadbirlarda qatnashishiga ehtiyoj sezadi.
Ehtiyojlar qondirilishi jihatidan yakka tartibda va birgalikda
qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘linadi. Har bir inson o‘zining
ehtiyojlarining bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa
boshqalar bilan birgalikda qondiradi. Yakka tartibda qondiriladigan
ehtiyojga yagona o‘lchov bilan yondashib bo‘lmaydi. Moddiy ehti-
yojlarning ko‘pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan
ehtiyojlarni tashkil etsa, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar ko‘proq birga-
15
likda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga
bo‘lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj
birgalikda qondiriladi.
5. Кo‘zlangan maqsadiga qarab shaxsiy va unumli, ya’ni ishlab
chiqarish ehtiyojlari farqlanadi. Iste’mol tovarlari va iqtisodiy
resurslarga bo‘lgan ehtiyoj shular jumlasidandir. Birinchisi
insonning bevosita ehtiyojlari bo‘lib, uning hayot kechirishi, har
tomonlama kamol topishiga qaratiladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari
esa kishilar uchun bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, uning yordamida
inson yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan turli ne’matlar
ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish vositalari unumli
iste’mol qilinadi.
Qayd qilingan ehtiyojlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq
bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat
ehtiyojlari tarzida shakllanadi.
Jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi kishilar va davlat
ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va ortib
borishi ehtiyojlarning o‘sib borishi iqtisodiy qonunda o‘z ifodasini
topadi. Mazkur qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib
borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining
o‘rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi
qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarini
qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni
yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab
chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks
etadi. Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga
tarqalib, xalqaro mazmunga ega bo‘ladi. Xalqaro aloqalar rivojlanib
borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda
uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi.
Ehtiyojlar o‘zaro bir-birini taqozo qilishi sababli bir ehtiyoj o‘z
orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kom-
pyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni
ishlatish, o‘rganish, xizmat ko‘rsatish va dastur tuzishga ehtiyojlarni
keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning
o‘sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab
16
chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda
yuz beradigan hodisalar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va
tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong‘in kabilar) ehtiyojlarning
o‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib,
ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran
o‘sib borishida, mutlaqo yangilarining paydo bo‘lishida, muayyan
ehtiyojlar doirasida uning turlari nisbatining o‘zgarishida va bir ehti-
yojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Ehtiyoj-
larning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan
chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘sib borgan taqdirda ham
uni ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklan-
gandir.
Кishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyoj-
larning miqdoran o‘sib, tarkiban takomillashib borishi aniq
namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning uzluksiz o‘zgarib turishi har
qanday jamiyatga xosdir. Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni
keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko‘zi tuproqqa to‘lganda
to‘yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi zamon
fanida ehtiyojlar cheksiz, ular o‘sishining to‘xtashi, jamiyat hayotini
to‘xtashini bildiradi deb e’tirof etishadi. Ehtiyoj o‘sib bormaganda
ishlab chiqarishning taraqqiy etishiga ham zarurat bo‘lmas edi.
Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi.
1. Кishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan
aholi sonining ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, iste’molning ortishi bilan bog‘liq.
2. Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi.
Ayrim ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarish-
ning o‘zi ehtiyojlarning o‘sishiga va tarkibining o‘zgarishiga katta
ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib,
ko‘payib sifat jihatdan o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta’sirida
mutlaqo yangi ehtiyojlar vujudga keladi va ayni vaqtda eskilari
yo‘qolib boradi.
Chunki, ishlab chiqarish orqaligina turli ne’matlar yaratiladi va
muayyan ehtiyojlarni qondirishga imkoniyat ham vujudga keladi.
Mavjud ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida yangi ehtiyojlarni
vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojning
17
qondirilishi o‘z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi:
mashina turadigan joyga, yonilg‘i, ehtiyot qism, sug‘urta qildirish,
soliqlar to‘lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir.
Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi
o‘zgarishi ham ehtiyojlarni tubdan o‘zgartiradi. Yangi ixtirolarni
ommaviy ishlab chiqarish o‘z navbatida ularga xos ehtiyojlarni
vujudga keltiradi. Masalan, kir yuvish mashinasi, planshet va
boshqalarga ehtiyoj.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi kishilar hayotining ijtimoiy-
maishiy va madaniy sharoitlariga ham ehtiyojlarni shakllantiradi.
Bunga oddiygina misol, dastlabki ibtidoiy odamlarning ovqatlanishi
bilan hozirgi zamon ovqat tayyorlash texnologiyasi tubdan farq
qiladi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o‘z navbatida
ehtiyojlar ham ishlab chiqarishga ta’sir etadi. Birinchidan, ehtiyojlar
yaratuvchanlik faoliyatining aniq yo‘nalishiga asos bo‘ladi,
ikkinchidan inson ehtiyojlarining miqdor va sifat jihatdan tez
o‘zgarishi ishlab chiqarishning unga moslashishini taqozo etadi.
Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasida o‘zaro uzviy
bog‘liqlik va ehtiyojlarning yuksalishi murakkab tarzda kechishini
ko‘rsatadi. Ehtiyojlarning cheksizligi nisbatan ko‘proq ijtimoiy-
ma’naviy ehtiyojlarga taalluqli. Shu sababli, A.Smit «ovqatga
intilish har bir odamda kishi oshqozonini kichik sig‘imi bilan
cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim-kechak, uy
sharoiti va anjomlarni bezashga intilish aftidan cheksiz yoki
muayyan chegaralarga ega bo‘lmasa kerak» deb ta’kidlagan.
Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy
iste’mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati
orqali aniqlanadi, ya’ni
EQD=HI/EUD
100
Ehtiyojlar
qondirilish
darajasi
odatda
iste’mol
bilan
taqqoslanadi. U yil davomida aholi jon boshiga iste’mol qilingan
tovar va xizmatlar turi miqdori hisobida baholanadi. Masalan, aholi
jon boshiga iste’mol qilingan non va non mahsulotlari, sut, go‘sht,
sabzavot, meva; har yuz oilaga to‘g‘ri keladigan uzoq muddat
foydalanadigan tovarlar: avtomobil, televizor, kir yuvish mashinasi,
muzlatgich, uy-joy maydoni va boshqalar.
18
Jamiyat taraqqiy etgan sari iste’mol darajasi ortib, ehtiyojlar
to‘laroq qondirila boradi. Ehtiyojni qondirish usullari ham
o‘zgaradi. Iste’mol ne’matlari turi ko‘payadi. Ehtiyojlarning
qondirilishi umumiy tarzda aholi turmush darajasini ko‘rsatadi.
Turmush darajasi - aholi ehtiyojlarini qondirilishiga qarab
baholanadi. Aholining ehtiyojlarining qondirilishi ularning farovon
yashashi, uzoq umr ko‘rishining garovidir. Buning uchun esa ana
shu ehtiyojlarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish zarur
bo‘ladi.
Ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish nisbati o‘zgarishining uch
muqobil varianti mavjud bo‘ladi:
1. Regressiv. Bu muqobil holat uzoq muddat ishlab
chiqarishning tushkunlikda bo‘lishi natijasidan kelib chiqadi.
Iqtisodiyotning bunday o‘zgarishini girdob tarzida ko‘rish mumkin.
Aholi iste’moli miqdor va sifat jihatdan ham kamayib boradi.
Borgan sari kishilarning eng zarur ehtiyojlarini qondirish ham
qiyinlashib boradi. Hozir shunday vaziyatni Osiyo, Afrika, Lotin
Amerikasining qator mamlakatlarida ko‘rish mumkin.
2. Turg‘un. Bu variantda nisbatan cheklangan turdagi mahsulot
ishlab chiqariladi va ehtiyojlar ham nihoyatda sekinlik bilan o‘sib
boradi. Yaratuvchanlik faoliyati sust, ishlab chiqarish (– taqsimot –
ayriboshlash – iste’mol) va ehtiyojlar doira shaklini eslatadi.
Iqtisodiyotda umumiy turg‘unlik yuz berib, ko‘pincha u xalqlarning
an’ana va urf-odatlari bilan bog‘lanib ketadi. Bu hol hozirgi paytda
ayrim Osiyo va Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida kuzatiladi.
3. Progressiv. Bunda ishlab chiqarish miqdoran ko‘payib boradi,
sifati yaxshilanadi, iste’mol va ehtiyojlar o‘sadi. Uni tobora
kengayib boruvchi spiralsimon harakat tarzida ifodalash mumkin.
Bir qator beqarorliklarga qaramasdan, rivojlangan mamlakatlarda
ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham o‘sib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |