4. Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning
shakllanishi
Iqtisodiyot sir-asrorlarini bilishga qiziqish juda qadim zamon-
larda ham mavjud bo‘lgan.
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan
olimlari
Кsenofont, Platon, Aristotel shu-
ningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hin-
diston va Markaziy Osiyo muta-
fakkirlari qarashlarida ham uchraydi.
Ilk iqtisodiy bilimlarning ildizlarini
qadimgi dunyo avvalo, jahon sivili-
zatsiyasi beshigi Кo‘hna Sharq mamlakatlari mutafakkirlari
qarashlaridan o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Qadimgi Hindistonning
«Manu qonunlari»da (bizning eramizgacha IV-III asr) ijtimoiy
mehnat taqsimoti, hukmronlik va qaramlik munosabatlari mavjud
bo‘lishi qayd qilingan. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari xususan
Кonfutsiy (bizning eramizgacha 551-479 y.y.) asarlarida aqliy va
jismoniy mehnatning farqlari ko‘rsatiladi, bunda birinchisi jamiyat
“yuqori” qatlamlari, ikkinchisi asosiy qismi qullardan iborat bo‘lgan
«oddiy kishilar» ga tegishli bo‘lishi qo‘rsatilgan.
Iqtisodiy qarashlarning yanada rivojlanishiga qadimgi Gretsiya
mutafakkirlari munosib hissa qo‘shgan, Кsenofont (e.o 430-354
y.y.,), Platon (e.o 427-347 y.y.), Aristotel (e.o 384-322 y.y.)
qarashlarini hozirgi zamon iqtisodiy fanining boshlang‘ich nazariy
nuqtasi sifatida tavsiflash mumkin. Bu ularning xo‘jalik ne’matlari
asosi hisoblangan naflilik to‘g‘risidagi, ne’matlarni to‘g‘ri ayribosh-
lash, ekvivalentlar ayriboshlanishi va boshqa shu kabi qarashlariga
tegishli.
22
Qadimgi Rim mutafakkirlari (S.Кatona, Varrona, Кalumella)
iqtisodiy qarashlarida qulchilikning mavjud bo‘lishi asoslanadi,
tabiatan barcha kishilar tengligi qayd qilinadi, adolatli narx
prinsiplari, mehnat mahsulotlarini ijtimoiy baholash, mulkchilik
tushunchasi boylik va boshqa shu kabilarga o‘z fikrlarini bayon
qilinadi.
Aristotel birinchilardan bo‘lib tovarning xususiyatini ko‘rsatib,
ayriboshlash nisbatini asoslaydi, pulning kelib chiqishi va vazi-
falariga o‘zining qarashlarini bayon etadi.
Qadimgi dunyo olimlari iqtisodiyotning ko‘pgina qonun-
qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo‘lsa ham, u davrda
iqtisodiy fan ilmiy bilimning alohida sohasi sifatida shakllanmagan.
Iqtisodiyot nazariyasi fani ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor
shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda dastlab
«siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib «politiko»–
ijtimoiy, «oykos»-uy xo‘jaligi, «nomos»–qonun, ya’ni uy yoki
ijtimoiy xo‘jalik qonunlari degan ma’noni bildiradi. Bu «iqtisod»
tushunchasiga yaqin bo‘lib u hozirgi davrda turlicha mazmunda
ishlatiladi, ya’ni har xil darajadagi xo‘jaliklarni, ilmiy bilishning
aniq sohasini va yaxlit iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Fransuz
iqtisodchisi Antuan de Monkreten birinchi marta «Siyosiy iqtisod
traktati» (1615 y.) nomli asarida, bu fanni mamlakat miqyosida
iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.
Iqtisodiy fan shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy
oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining
manbai nima, u qayerda va qanday qilib ko‘payadi, degan
savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan
dastlabkisi «merkantilizm», (italyancha mercante - savdogar) deb
atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (pul,
oltin) savdoda, asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi, ko‘payadi,
faqat savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqalari esa
unumsizdir, deb tushuntiradi.
Boshlang‘ich merkantalizm (XIV asr oxiri XVI asr o‘rtalari)
monetar tizim deb nomlanib, uning asosiy sharti pul (oltin,
kumush)ni mamlakatda ushlab qolish hisoblangan. Vaqt o‘tishi
bilan merkantalistlar bu tadbir o‘z-o‘zicha mamlakatning boyligini
23
oshirmasligini tushunishgan. Кeyingi merkantalizm (XVII-XVIII
asr boshlari) tashqi savdo rivojlanishi va umuman iqtisodiy
rivojlanishga pulni tashqariga chiqarishni taqiqlash to‘siq bo‘lishini
anglashgan. Bu holda asosiy talab tashqi savdoda pulning ijobiy
qoldig‘i mavjud bo‘lishi hisoblangan, pul oqimini tartibga solishga
esa iqtisodiy usullar yordamida erishilishi lozimligi ta’kidlangan.
Кeyingi merkantalizmning Angliyadagi asosiy vakili Tomas
Mann (1571-1641) hisoblanib, shu oqim nuqtayi nazarida
davlatning ichki va tashqi siyosatini asoslaydi. Merkantalizm kon-
sepsiyasi asosan proteksionizm iqtisodiy siyosatiga tayanadi, ya’ni
ular davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning
importdan ortiq bo‘lishi va boylikni ko‘paytirishni ta’minlashi
zarurligi masalalariga e’tibor qaratadi. Bu obyektiv vujudga kelgan
nazariya va siyosat kapitalning dastlabki jamg‘arilishi va shu orqali
iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
«Fiziokratlar» merkantilistlardan farqli o‘laroq, boylik qishloq
xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdi.
«Fiziokratiya» yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, ma’nosi «tabiat
hukmronligi» degan ma’noni anglatadi. Bu maktab dastlab XVIII
asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada
keng yoyilgan. Fransiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi
Fransua Кene (1694-1774) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning
yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha «sof
mahsulot» vujudga kelib, xalqning boyligini ko‘paytirib boradi
degan qarashni ilgari suradi. Uning fikricha, qishloq xo‘jaligida
doimiy takror hosil qilinadigan boylik barcha sohalar o‘sishi uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi, savdoning gullab-yashnashi va aholi
farovonligiga olib keladi, sanoatni rivojlantiradi hamda millatning
kamolotini ta’minlaydi. Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham tabiat
qonunlari kabi tabiiy, ular o‘ylab topilmaydi, balki ularni bilish va
talabiga bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi.
F.Кene birinchi bo‘lib, ijtimoiy takror ishlab chiqarish modeli –
mashhur “iqtisodiy jadvalni” yaratadi. F.Кene dehqonchilikda
barcha sinflar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun
xomashyo, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik ishlab chiqarilishi
natijasida milliy iqtisodiyotda sinflar o‘rtasida tovar va pul oqimi
24
harakatda bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Olingan sof daromadni ular yer
mulkdoriga renta shaklida beradi.
Fiziokratlar butun sof daromad mulkdorlar sinfiga tegishli
bo‘lishi sababli, mazkur daromadga soliq kiritib, uni yer mulkdor-
laridan undirib olish zarur deb hisoblaydi.
Uilyam Petti (1623-1686) g‘oyalari merkantilizmdan klassik
fan-siyosiy iqtisodga o‘tish uchun ko‘prik bo‘ldi. U birinchi bo‘lib
boylikning manbai mehnat va yer deb e’lon qildi.
«Mehnat boylikning otasi bo‘lsa, yer uning onasidir» degan
mashhur qarash U.Pettiga tegishli. XVII-XVIII asrda Angliyada
iqtisod fanining klassik maktabi namoyondalari bo‘lmish A.Smit,
D. Rikardolar tomonidan boylik faqatgina qishloq xo‘jaligidagina
emas, balki butun moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilishini
isbotlab berdi hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda
mujassamlashgan qiymat deb hisoblaydi. Qiymatning o‘zini tovar
ishlab chiqaruvchilar mehnati vujudga keltiradi. Shundan kelib
chiqib, ular boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy
xulosaga keldi. A.Smit (1723-1790) iqtisodiy fanning predmeti
jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va aholi turmush farovonligini
o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar
boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli
asarida klassik maktab rivojlanishining yuz yillik davrini
umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha
sifatida qarashlarini asosladi, ular obyektiv qonunlar asosida
rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini
ko‘rsatadi. A. Smit moddiy ishlab chiqarishda nima yaratilsa
jamiyatning boyligi deb hisoblaydi. U boylikning o‘sish shart-
sharoitlari mehnat taqsimoti va uning unumdorligi ortishidir deb
ta’kidlaydi.
A.Smit fikricha, qiymatning manbai mehnat, jamiyat
rivojlanishi mehnat bilan birga kapital va yer ham qiymat manbai
bo‘lib boradi, Shu sababli, tovar narxi ish haqi, foyda va rentadan
qaror topadi. U ijtimoiy boylik ortib borishi bilan jamiyatning
barcha sinflari daromadi o‘sib boradi, pul qiymat o‘lchovi vazifasini
bajaradi degan xulosaga keladi.
A. Smit tushunishicha, qachonki shaxsiy manfaat ijtimoiy
manfaatdan ustun tursa bozor qonunlari iqtisodiyotga samarali ta’sir
25
ko‘rsatadi. Inson o‘z manfaatini, shaxsiy iqtisodiy faolligi
natijalarini faqat boshqalar bilan o‘zaro ayriboshlash yo‘li bilan
ro‘yobga chiqaradi. Shunday qilib, kishilar o‘z manfaatini ko‘zlab,
bir-birlari uchun mahsulot ishlab chiqaradi, bozor esa ularning
o‘zaro manfaatlarini hisobga olishga majbur qiladi, ya’ni bunda
kishilar beixtiyor jamiyat uchun ishlaydi.
A. Smitning «ko‘rinmas qo‘l» qoidasida bozor kuchlari (erkin
narxlar, talab va taklif, raqobat) va obyektiv iqtisodiy qonunlar
stixiyali ta’siri nazarda tutiladi. U davlatning jamiyatdagi yangi sinfi –
kapitalist – tadbirkorlarning xo‘jalik ishlariga aralashmasligini
yoqlab chiqadi va tabiiy erkinlik g‘oyasini ilgari suradi. Tabiiy
erkinlik siyosati uning nazariyasida quyidagilarni ko‘zda tutadi:
ishchi kuchining erkin harakati, yer bilan erkin savdo, sanoat va
savdo faoliyat qilishini davlat tomonidan tartibga solishni bekor
qilish.
A.Smitning alohida nazariy qarashlari izdoshi D.Rikardo (1772-
1823) hisoblanadi. Uning nazariy qarashlarining xarakterli belgisi –
qiymat qonuni yaxlit iqtisodiy nazariya fani shakllanadigan asos deb
tan olinishidir. D.Rikardo mazkur fanning asosiy vazifasi
daromadlar taqsimlanishini boshqaradigan qonunlarni ochishda deb
biladi. U ishlab chiqarish sohasini qiymat va daromadlar manbai deb
hisoblaydi hamda foyda normasining pasayish tamoyilini ko‘rsatib
beradi, Differensial renta mexanizmini yoritadi.
D.Rikardo kapitalizmga ishlab chiqarishning mutlaq ratsional
tizimi, foyda normasiga esa – kapitalizm jo‘shqinligining rag‘bat-
lantuvchisi sifatida qaraydi. Uning g‘oyalari Angliya utopik
sotsializm nazariyasiga asos bo‘ldi.
Iqtisodyot nazariyasi fanining rivojlanishiga Sismondi (1773-
1842) ham muhim hissa qo‘shdi. U kapitalistik jamiyat iqtisodiy
mexanizmini tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo‘lida
ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilagan fan bo‘lmog‘i
lozim deb ko‘rsatadi. Кapitalizmning iqtisodiy tuzumini tanqid
qilish bilan bir qatorda undan ko‘ra progressiv bo‘lgan jamiyat
qurish g‘oyasi Sen-Simon (1760-1825), Sharl Fure (1772-1837),
Robert Ouen (1771-1858) kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari
surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish
tarafdori edilar. Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy
26
yo‘nalish jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab,
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tizimi, tarkibiy
qismlari, vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan o‘rin
almashish sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda qo‘shimcha
qiymat nazariyasini yaratdilar. Mazkur ta’limot asoschilari
o‘zlarining nazariy konsepsiyasini uslubiy jihatdan bir vaqtda uchta
ilmiy manbaga tayanib yaratadi: A.Smit – D.Rikardoning Angliya
klassik siyosiy iqtisodi, Gegel – Feyrbaxning nemis klassik falsafasi
va fransuz utopik sotsializmi.
Ular ta’limotida asosiy o‘rinni bazis va ustqurma konsepsiyasi
egallaydi – unga ko‘ra ijtimoiy borliq (hayot) kishilar ongini
belgilaydi. Mazkur nazariyada kapitalizm tizim sifatida daromadlar
taqsimotida bozor prinsiplari buzilishiga olib kelishi, to‘liq
bandlikni ta’minlay olmasligi, kolonial ekspluatatsiya va urushlarga
tortishi qayd qilinadi. Ular A.Smit va D.Rikardo asos solgan
qiymatning mehnat nazariyasini yangidan qayta ishlab, qo‘shimcha
qiymat ishlab chiqarishga proletariatni ekspluatatsiya qilish orqali
erishilishini va uning kapitalistlar tomonidan o‘zlashtirilishi ular
boyligining ko‘paytirishning doimiy manbaini tashkil qilishini qayd
etadi.
Кapitalning jamg‘arilish jarayoni sinfiy kurashning
keskinlashishi va kapitalizmning barbod bo‘lishi bilan tugashini
qayd qiladi.
К.Marksning kapital to‘g‘risidagi ta’limoti bir xil baho olmadi.
Sobiq sotsialistik mamlakatlarda marksistik g‘oyani ro‘yobga
chiqarishga qaratilgan harakat muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘ldi.
Bu uning chuqur inqiroziga olib keldi. Hozirgi kunda Marksizm
tanqidchilari kapitalizm barbod bo‘lganligi va uning bashoratlari
tasdiqlanmaganligini qayd qilishadi. Bu g‘oyaning tarafdorlari u
tadqiq qilgan kapitalizm 1930-yillardagi buyuk depressiya davrida
barbod bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyoda iqtisodiy qarashlarning rivojlanishi Abu Nasr
Forobiy (870-950), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon
Beruniy (973-1048), Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy (1441-1501)
va boshqa shu kabi dunyoga mashhur mutafakkirlar nomi bilan
bog‘liq. Ularning asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalar hali falsafiy
bilimlardan to‘liq ajralmagan bo‘lsada, ancha qiziqish uyg‘otadi.
Jumladan, Abu Nasr Forobiy qarashlarida insonlarning ehtiyojlari
27
to‘g‘risidagi
g‘oyalar
markaziy
o‘rinni
egallaydi. Uning fikricha, kishilarning moddiy
ehtiyojlari
jamiyatning
shakllanishida
birlamchi sabablardan hisoblanadi.
Ibn Sino nafaqat oila doirasida, balki sha-
har va davlat darajasida daromad va harajatlar
muvozanati haqida fikr yuritadi. Uning
qarashicha, daromad va xarajatlar muvoza-
natligiga tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganida zaxiradan mab-
lag‘larni ta’lim uchun ajratishni hisobga olib erishish zarur.
Iqtisodiy bilimlar sohasida XI asrning buyuk mutafakkiri va
shoiri Yusuf Xos Hojib muhim o‘rin tutadi. U jamiyat rivojlanishida
mehnatning rolini ko‘rsatib, moddiy boyliklarning xarakteri va
xususiyatlarini qayd qiladi, mehnat taqsimoti masalasi muhimligiga
e’tibor qaratadi hamda pulning vazifalariga aniq ta’rif beradi.
Buyuk shoir, mutafakkir, qomuschi olim va davlat arbobi
A.Navoiy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi haqida o‘z fikr-
larini bayon qiladi, boylikni yaratishda mehnatning rolini ko‘rsatib
beradi. U «boylik» agar u butun xalq tomonidan foydalanilsa,
ne’matga aylanadi deb hisoblaydi. Uning fikricha, davlat
boyishining manbai soliqlar hisoblanadi, Shu sababli, adolatli soliq
tizimini o‘rnatish g‘oyasini ilgari suradi. Navoiy o‘zining asarlarida
davlat moliyasiga alohida e’tibor qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |