430
Кo‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib
berishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab
chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning
davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir
holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib,
o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tu-
shuniladi
109
.
Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan
keyingi inqiroz boshlan-
guncha davrdagi harakat
shaklidir. Iqtisodiyotning
rivojlanishidagi harakati
bir sikl bilan to‘xtab qol-
maydi, balki u to‘xtovsiz
to‘lqinsimon
harakat
sifatida
davom
etadi.
Siklli
harakat
milliy
xo‘jalik
turli
tarkibiy
qismlarining
amal
qilishidagi
nomuta-
nosiblikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarni,
iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi chuqur o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl alohida fazalar o‘rin almashishi orqali amalga
oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan davrni
ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy
siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratiladi.
Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi
fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning inqiroz fazasi ishlab chiqarish hajmi va
boshqa iqtisodiy faollik ko‘rsatkichlarining pasayishida ifodalanadi.
Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan
uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining
barqarorligi ta’minlansa-da, u inqiroz boshlanishidan oldingi
darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning o‘sishi to‘xtab,
ssuda foiz normalari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi.
109
McConnell, Campbell R. Economics : principles,
problems, and policies 17th ed. 2008 page 157
431
Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik
fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar
vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab
chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham sekin
ko‘tarilib, ssuda foiz normasi o‘sa boshlaydi. Iqtisodiyotda bandlik
darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish
fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi.
Yangi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi
ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga
olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir
talab
kengayadi.
Piro-
vardida talabning ortishi,
o‘z navbatida, iste’mol to-
varlari ishlab chiqaruvchi
tarmoqlarga, bozorni ken-
gaytirish
uchun
turtki
beradi. Raqobat va foyda
ketidan quvish oqibatida
nomutanosibliklarning
to‘planib borishidan iborat
zanjirli reaksiya tezlashadi.
Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: