alohida bozorlarda (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi) talab va taklif o‘rtasidagi
417
Umumiy muvozanatlik barcha tarmoqlar, sohalar va iqtisodiyot
birlamchi bo‘g‘inlarining bir me’yorda rivojlanishi ta’minlagan sha-
roitda iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari, barcha bozorlar
va iqtisodiy jarayonlarning turli tomonlari o‘rtasidagi barqarorlik
tavsifidagi bir qator muvozanatliklar tizimini o‘z ichiga oladi.
Bu muvozanatlik shakllari turli-tuman bo‘lganligi sababli, ular
alohida holda xususiy muvozanatliklar sifatida yuzaga chiqadi.
Xususiy iqtisodiy muvozanatlik – bu ikkita o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlari o‘lcham-
larining o‘zaro mos kelishidir. Xususiy muvozanatlik ishlab
chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar
taklifi, budjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo‘lgan
talab va taklif o‘rtasidagi bog‘liqliklar ko‘rilgandagina yuzaga
chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida mamlakatimiz Birinchi
Prezidenti I.A.Кarimov ta’kidlab o‘tganidek: “...ichki bozorda talab
va taklif o‘rtasidagi mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul
miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar salmog‘i o‘rtasidagi
nisbatni ta’minlash g‘oyat katta rol o‘ynaydi”
102
.
Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o‘zining barcha shakllari
bilan birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojla-
nishni tavsiflaydigan iqtisodiy idealdir. Amaliy hayotda makroiq-
tisodiy muvozanatlik talablari turli-tuman beqarorliklar ta’sirida
buzilib turadi, biroq uning nazariy modelini bilish, real jarayonlar
o‘zining ideal andozasidan farq qilinishini keltirib chiqaradigan
omillarni aniqlash, iqtisodiyotning bir me’yorda faoliyat qilishini
ta’minlash yo‘llarini topish imkonini beradi.
Milliy iqtisodiyot muvozanatligini ta’minlash bir qator shart-
sharoitlarni taqozo qiladi. Ular quyidagilar:
mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda
jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish;
mehnat resurslarining to‘liq va samarali bandligini ta’minlash;
narxlarni barqarorlashtirish va uni inflatsiya ta’siridan xoli
qilish;
iqtisodiy o‘sishni yetarli miqdordagi investitsiyalar bilan
ta’minlash va uni muomaladagi pul massasiga bog‘lash;
102
Каримов И.А. “Ўзбекистон буюк келажак сари” Т.: “Ўзбекистон” 1999-й. 348-бет.
418
eksport va importni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida tashqi
savdo balansining ijobiy qoldig‘iga erishish.
Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobatli bozorda barcha
xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi shart-
sharoitlarni ham taqozo qiladi.
Amalda iqtisodiyot doimiy harakatda va to‘xtovsiz rivojlanish
holatida bo‘ladi. Iqtisodiy sikl fazalari, bozor konyunkturasi, bozor
subyektlari daromadlari va talabi tarkibida doimiy o‘zgarishlar ro‘y
berib turadi. Bularning hammasi muvozanatli holatni turg‘un
iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab
chiqishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: