XXII bob. MILLIY IQTISODIYOTNING MUVOZANATI VA
NISBATLARI
1. Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni va uning turlari.
2. Iqtisodiy muvozanatlikni aniqlash usullari. Resession va
inflatsion farq.
3. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari.
4. O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish
vazifalari.
1. Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni va uning turlari
Milliy iqtisodiyot darajasida to‘liq bandlikka va barqaror
iqtisodiy o‘sishga erishish, inflatsiyani eng kam darajaga keltirish
makroiqtisodiy muvozanatlikni taqozo etadi. Iqtisodiyot fan tarixida
iqtisodiy muvozanatlik tushunchasiga turlicha qarashlar mavjud
bo‘lib, ularni umumlashtirilgan holda ikkita yo‘nalishga ajratish
mumkin.
Birinchi yo‘nalish bevosita «iqtisodiy muvozanatlik» tushun-
chasining vujudga kelish va rivojlanishining tarixiy bosqichlari
bilan bog‘liq bo‘lib, bunda mazkur tushuncha «umumiy bozor
muvozanati» sifatida talqin qilinishi darajasigacha yetib keladi. Bu
yo‘nalishda iqtisodiy muvozanatlikning ko‘plab modellari mavjud
bo‘lib, ular turli davrlarda bu muammoga har xil qarashlarni aks
ettirgan:
Oddiy takror ishlab chiqarish modeli. (F. Кene tomonidan
XVIII asrda Fransiya misolida tushuntirilib berilgan).
Oddiy va kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish naza-
riyasi. (XIX asrda klassik iqtisodchilar tomonidan asoslab berilgan).
Erkin raqobat qonuni amal qilgan sharoitda umumiy iqtisodiy
muvozanatlik modeli. (L. Valras tomonidan asoslagan).
«Xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish» modeli. (V. Lontev
asos solgan).
412
Qisqa davrli iqtisodiy muvozanatlik modeli. (D.Кeyns siklik
rivojlanishni tahlil qilish orqali ko‘rsatib bergan).
Кengayib boruvchi iqtisodiyotda muvozanatlik modeli (Dj.
Neyman tahlil qilgan).
Iqtisodiy muvozanat nazariyasiga ilk fikrlar klassik siyosiy
iqtisod asoschilaridan biri A. Smit
94
tomonidan «Xalqlar boyligining
tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» nomli asarida berilgan
bo‘lib, unda iqtisodiy munosabatlarning barchasi bozor mexanizmi
yordamida tartibga solinishi, talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat
faqat bozor mexanizmi yoki «ko‘rinmas qo‘l» yordamida
ta’minlanishi ta’kidlab o‘tilgan. Uning mashhur «Alohida olingan
har bir odam faqat o‘zini o‘ylagan holda, o‘zining shaxsiy
manfaatlari yo‘lida qilgan harakatlari ko‘rinmas qo‘l orqali uning
qiziqishi doirasiga mutlaqo kirmagan boshqa maqsadlarga yo‘nalti-
riladi va bu harakat ongli ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat
qilgandagiga
qaraganda
ko‘proq
samara beradi»
95
- degan fikri
hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini
yo‘qotmagan. Ammo, u iqtisodiy
muvozanatlikni ta’minlash jarayon-
lariga davlat ishtirokini mutlaqo
inkor etgan.
Iqtisodiy
muvozanat
nazariyasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shganlardan - J.S. Mill
fikricha, “Jamiyat ortiqcha puldan o‘z kuchi bilan qutula olmaydi,
shu sababli yagona yo‘l narxning o‘sishi bo‘lib, faqat shu yo‘l bilan
talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatlikni ta’minlash mumkin”. Narx
o‘sishini talab va taklif o‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlanmagunga
qadar davom ettirish zarur
96
.
XX asr boshlaridayoq shveysariyalik Nobel mukofoti sovrindori
L. Valras birinchilardan bo‘lib yaxlit olingan umumiy bozor muvo-
zanati
modelini
yaratishga
hamda
mazkur
tushunchaning
94
Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов.
95
Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. Москва, 1962. Стр. 332.
96
Mill J.S. On the Defintion of Political Economy; and on the Method of Invtstigation Proper to it. In:
Tssays on Some Unsettled Questions of Political Economy. L., p 133-137.
413
mazmunini ancha to‘liq ilmiy yoritib berishga erishdi. Lekin
L.Valras umumiy bozor muvozanati modeliga matematik usuldagi
tengliklar orqali juda oddiy yondashgan. Umumiy bozor muvozanati
ishlab chiqarish hajmi va narxlar o‘zgarishi hamda boshqa bir qator
omillarning ta’sirida buzilishiga olib kelishini hisobga olmagan
97
.
XX asrning 20 - yillar oxirlari va 30 - yillar boshlarida
G‘arbdagi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
«Buyuk depressiya» nomi bilan mashhur bo‘lgan barqaror va uzoq
davom etgan, makroiqtisodiy beqarorlikka duchor bo‘ldi. Bundan
yuz yil oldin shakllantirilgan klassik nazariya ta’limoti ro‘y bergan
inqiroz jarayonlarining barcha jihatlarini tushuntirib berishga
layoqatsiz bo‘lib qoldi.
Bu barcha iqtisodchilarning iqtisodiy muvozanatlik to‘g‘risidagi
g‘oyalari o‘zlari yashagan muhit sharoitidan kelib chiqqan holda
yaratilganligi va hozirgi davr uchun kam ahamiyatga ega ekanligini
ko‘rsatadi. Avvalo, ularning iqtisodiy g‘oyalari umumiy bozor
muvozanatini tahlil qilish bilangina cheklanadi. Iqtisodiyotning
umumiy muvozanati uning asosiy shart-sharoitlari va namoyon
bo‘lish shakllarini ko‘rsatib berolmagan.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti doimiy inflatsiya va ishsizlik
sharoitida rivojlanib, makroiqtisodiy beqarorlik tavsifi kuchayib
borishi natijasida iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash ham ancha
murakkab kechib, davlatning samarali makroiqtisodiy siyosat olib
borishini taqozo etadi.
Shu sababli, hozirgi zamon nazariy fanlarda iqtisodiy muvo-
zanatlik tushunchasi barcha jihatlari (sabablari, oqibatlari, natijalari)
bilan birgalikda ancha keng tadqiq qilinadi. Jumladan, iqtisodiy
muvozanatlik muammosi ko‘pchilik manbalarda yopiq va ochiq
iqtisodiyot uchun yalpi talab va yalpi taklifning muvozanatligi
orqali tushuntirilib beriladi. Bunda ko‘plab alohida olingan
bozorlardagi muvozanatli narx va ishlab chiqarish hajmini o‘rganish
orqali xususiy muvozanatlikni, barcha bozorlardagi yalpi taklif
hajmi va narxlarning o‘rtacha darajasi o‘rtasidagi o‘zaro
97
Walras L. Elements of pure Economics. Translated by Jaffe W.Homewood, Richard D.Irwin, 1954. rr.
88-89.
414
bog‘liqliklar orqali umumiy bozor muvozanatini ko‘rsatib berishga
harakat qiladilar.
Biroq bu tahlilda ham “umumiy bozor muvozanati” yalpi talab
va yalpi taklif muvozanati doirasi bilan cheklanadi. Bundan
tashqari, bu tushunchalar ancha mavhumlashtirilib, murakkab
matematik tenglashtirishlar va grafikli tahlil usullari orqali bayon
qilinadi. Bu esa iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mazmunini ilg‘ab
olishni ancha qiyinlashtiradi.
Iqtisodiy muvozanatlik nazariyasidagi ikkinchi yo‘nalish sobiq
sotsialistik iqtisodiy tizimning inqirozga uchrashi oqibatida vujudga
keldi. Bu mamlakatlarda shiddatli tarzda ro‘y bergan ijtimoiy-
iqtisodiy beqarorliklar, ya’ni iqtisodiy o‘sish sur’atlari va bandlik
darajasining surunkali pasayib borishi, inflatsion jarayonlarning
noxush oqibatlari hamda takror ishlab chiqarishdagi doimiy
ravishda
vujudga
kelib
turgan
boshqa
nomutanosibliklar,
makroiqtisodiy muvozanatlikka erishish orqali iqtisodiy o‘sishni
ta’minlashni zarur qilib qo‘ydi. Bu iqtisodiy fanlar oldiga «iqtisodiy
muvozanatlik» tushunchasining iqtisodiy mazmunini, uni ta’-
minlashning shart-sharoitlarini va namoyon bo‘lish shakllarini
ilmiy-nazariy tadqiq qilish vazifasini qo‘ydi.
Shu sababli, iqtisodchi olimlar tomonidan «iqtisodiy muvoza-
natlik tushunchasi» turlicha talqin qilina boshlandi.
Jumladan, ayrimlar iqtisodiy muvozanatlikni cheklangan ishlab
chiqarish resurslaridan foydalanish usullari va ularni jamiyat
a’zolari o‘rtasidagi taqsimlashning o‘zaro mos kelishi sifatida
tavsiflasa
98
, boshqalari resurslar va ulardan foydalanish natijalari,
ishlab chiqarish va iste’mol, talab va taklif, moddiy buyumlashgan
va moliyaviy oqimlar o‘rtasida yalpi mutanosiblik mavjud bo‘lishi
zarur degan fikrni ilgari suradi
99
.
Birinchi yondashuvda jamiyat ehtiyojlari bilan milliy ishlab
chiqarish imkoniyatlari, ya’ni iqtisodiy resurslarning miqdori
o‘rtasidagi bog‘liqlik tushuntirib berilmaydi;
98
Экономическая теория: Учебное пособие //Под общ.ред. Н.И.Базылева Минск, БГЕУ, 2000г
стр.126.
99
Сажина M.A., Чибриков Г.Г. Экономическая теория. Учебник для вузов – M: Изд.гр NORMA-
INFRA. M; 1998, стр. 267.
415
Ikkinchi yondashuvda ishlab chiqarishning natijalari «jamiyat
ehtiyojlari» bilan bog‘lanmagan
100
. Кo‘pchilik hollarda makroiq-
tisodiy muvozanatlik tushunchasiga bir tomonlama yondashib,
umumiy ta’rif berilsa ayrim manbalarda unga milliy mahsulot va
milliy daromad alohida qismlari, mahsulotlar va daromadlar
o‘rtasidagi nisbat sifatida qaraladi
101
.
Кo‘pincha iqtisodiy muvozanatlik bozor muvozanatini
tavsiflovchi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nisbat sifatida ham
talqin qilinadi.
Iqtisodiy muvozanatlik ‒ bu jamiyat ehtiyojlariga mavjud
iqtisodiy resurslar miqdorining va milliy ishlab chiqarish natijalari
hajmi hamda tarkibining o‘zaro mos kelishligini tavsiflaydi.
Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi
har
xil
muvozanatliklarni
qamrab
oladi.
Bu
barcha
muvozanatliklarni
shartli
ravishda
umumiy
va
xususiy
muvozanatliklarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Umumiy muvozanatlik ‒ bu jamiyatning barcha ehtiyojlari va
milliy ishlab chiqarish real hajmining o‘zaro mos kelishlik
darajasini bildiradi. Qiymat ifodasida bu muvozanatlik yalpi talab
va yalpi taklifning nisbati orqali namoyon bo‘ladi. Milliy
iqtisodiyotda ro‘y beradigan barcha o‘zgarishlar pirovard natijada
yalpi talab va yalpi taklifdagi o‘zgarishlar orqali ifodalanadi.
Yalpi talab tovarlar bozorida taqdim qilingan pirovard tovarlar
va xizmatlarga bo‘lgan barcha subyektlar talablari yig‘indisidan
iborat. Iqtisodiy muvozanatlik yalpi talab va yalpi taklifning
tengligini taqozo etsa ham, amaliyotda ularning nisbati o‘rtasidagi
o‘zgarishning mumkin bo‘lgan har xil variantlari mavjud bo‘ladi.
Jumladan:
Bu barcha shart-sharoitlar nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, po-
tensial imkoniyat shaklida mavjud bo‘ladi. Real hayotda esa
umumiy muvozanatlik tarkibiy nomutanosibliklar, resurslardan
samarasiz foydalanish, narxlarning beqarorligi, iqtisodiy sikl
fazalarining o‘zgarishi, bozor konyunkturasi, bozor subyektlari
daromadlari va talab tarkibidagi o‘zgarishlar ta’siri ostida bo‘ladi.
100
Экономическая теория. Учебник для стедентов высших заведение // кол.авт. Абдурахманов K. и
др. 1. – T: "Sharq", 1999, стр. 338.
101
Меншиков. П. Новая экономика. Москва, изд. "Бек", 1999, стр. 1999.
416
Yalpi talabning ortishi, ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad
va narxlarning o‘sishi bilan birga boradi.
Yalpi talabning kamayishi, ishlab chiqarish hajmi, milliy
daromad va narxlarning pasayishi natijasida ro‘y beradi.
Yalpi taklifning ortishi - ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan
birga boradi va narxlarning tushishini keltirib chiqaradi.
Yalpi taklifning kamayishi, mos ravishda ishlab chiqarishning
qisqarishi, narxlarning o‘sishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |