6. Inflatsiya, uning kelib chiqish sabablari va turlari
Inflatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri
hisoblanadi.
Inflatsiya (lotincha
inflatio-shishirilgan) tushunchasi birinchi
marta shimoliy Amerikada 1861‒1865-yillardagi fuqarolar urushi
461
davrida ishlatilgan va muomaladagi qog‘oz pullarning ko‘payib
ketishini anglatgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda “inflatsiya” tushunchasi XX asrda,
birinchi jahon urushidan keyin keng qo‘llanila boshlagan.
Inflatsiya ‒ bu pul aylanish kanallarining ortiqcha pul massasi
bilan to‘lib ketishi oqibatida narxlar o‘rtacha (umumiy) darajasining
ko‘tarilib borishini va natijada milliy pul birligining qadrsizlanishi,
ya’ni uning sotib olish layoqati pasayishini anglatadi.
Inflatsiya narx darajasining barqaror o‘sishi sifatida namoyon
bo‘ladi. Bu barcha narxlarning bir vaqtda muqarrar o‘sib borishini
bildirmaydi. Narxlar nomutanosib o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi.
Biri tez o‘ssa, boshqasi ancha me’yoriy sur’atda ortadi, uchinchisi
umuman ko‘tarilmaydi.
Deflatsiya – inflatsiyaga qarama-qarshi jarayonni, ya’ni
narxlarning umumiy darajasining pasayib borishini bildiradi.
Inflatsiya quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
tovar (xizmat)larning mavjud taklifiga nisbatan muomaladagi
naqd pullar yoki moliyaviy
aktivlar hajmining haddan tash-
qari ortib ketishida;
pulning sotib olish layo-
qatining pasayib borishida;
narxlarning uzoq muddatli
umumiy o‘sishida.
Inflatsiya – bu pul birli-
gining qadrsizlanishi va shunga
mos ravishda tovar narxlarining
o‘sishidir.
Muomalada bo‘lgan pul birligi miqdorining tovarlar narxi sum-
masidan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlan-
magan pulning paydo bo‘lishi pulning qadrsizlanishi, ya’ni
inflatsiyani bildiradi.
Inflatsiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab
chiqarish nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy hodisadir.
Qog‘oz pul tovarlarga, oltinga va o‘z qadrini, barqarorligini
saqlab qolgan chet el valutalariga nisbatan qadrsizlanadi.
462
Inflatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan
aniqlanadi.
Narx indeksi – bu joriy davrdagi narxlarning (Rj) bazis davrdagi
narxlarga (Rb) nisbatidir.
100
j
b
b
R
R
Pi
R
Masalan, iste’molchilik tovarlariga narx indeksi 2015-yil 113,
6; 2016-yil - 118,3 ga teng bo‘lsa, inflatsiya sur’ati quyidagicha
bo‘ladi:
Inflatsiya sur’ati =
%
1
,
4
100
*
6
,
113
6
,
113
3
,
118
Iqtisodiy fanda va amaliy hayotda iste’mol va investitsion tovar-
lar, YaIM, eksport va import tovarlari narx indekslaridan foyda-
laniladi.
Iste’mol tovarlari narx indeksi ‒ iste’mol savatiga kirgan tovar-
larning joriy va bazis davrdagi narxlarini taqqoslash yo‘li bilan
aniqlanadi.
Investitsion tovarlar narxlari indeksi ‒ korxonalar tomonidan
an’anaviy ravishda sotib olinadigan investitsion tovarlar to‘plami
narxlar bo‘yicha aniqlanadi.
YaIM deflyatori indeksi ‒ nominal va real YaIM hajmining ikki
davrdagi nisbatlari bilan aniqlanadi.
Eksport va import tovarlar narxi indeksi ‒ asosiy eksport va
import tovarlari narxlarining o‘zgarishini aks ettiradi.
Narx indeksning boshqa bir qator turlari ham mavjud.
Laspeyres indeksi. Unda o‘zgarmaydigan tovarlar to‘plami
uchun narxlarning o‘sish sur’ati aniqlanadi.
n =(PtxQt) = (PbxQb)bunda
Rt – joriy yildagi narxlar
Pb – bazis davrdagi narxlar
Qt va Qb – joriy va bazis davrda ishlab chiqarilgan mahsulotlar
hajmi.
Кamchiligi: ancha qimmat tovarlarni arzonroq tovarlar bilan
almashtirish imkoniyatini hisobga olmaydi.
Paashe indeksi. Unda narxlar indeksi tovarlarning bir-birining
o‘rnini bosish imkoniyati hisobga olib aniqlanadi.
463
Ip=(PtxQt) / (PbxQt)
Кamchiligi: farovonlik darajasining pasayishida ro‘y beradigan
o‘zgarishlarni aks ettirmaydi
Fisher indeksi. If=IixIp Unda yuqoridagi har ikkala formulaning
kamchiliklari bartaraf qilinadi.
Bir qator makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda inflatsiya
sur’ati ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
Inflatsiya sur’ati ko‘rsatkichi;
n=(It-It-1)x100
bu yerda, It – bazis davrdagi narx indeksi; It -1 – bazis va joriy
davrlardagi narx indeksidagi farq.
Inflatsiyaning kelib chiqish sabablari.
Inflatsiya beqarorlikning ko‘p qirrali shakli bo‘lganligi sababli,
uni keltirib chiqaradigan sabablar ham har xil bo‘lishi mumkin.
Ayni vaqtda narx o‘sishini keltirib chiqaradigan barcha omillar ham
inflatsion hisoblanavermaydi.
Jumladan, konyunkturaning siklli tebranishi, tabiiy ofatlar (suv
toshqini, yong‘in, zilzila va h.k.) natijasida narx o‘sishini inflatsion
deb hisoblash mumkin emas.
Inflatsiya yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik
natijasi hisoblanishi sababli, bu ko‘pchilik bozorlarda uzoq vaqt
talab foydasiga muvozanatlikning buzilishi tufayli vujudga
keladigan narxlar umumiy darajasi o‘sishiga olib keluvchi
omillardir. Bularning asosiylari quyidagilar:
Pul emissiyasining asossiz ko‘paytirilishi;
Davlat budjeti taqchilligi; Agar taqchillik mamlakat banki tizimi
qarzlari hisobiga moliyalashtirilsa, bu muomaladagi pul massasi
o‘sishiga olib keladi. Investitsiyalarni moliyalashtirish ham xuddi
shu usulda amalga oshirilsa narxlarning inflatsion o‘sishi ro‘y
berishi mumkin.
Iqtisodiyotning harbiylashtirilishi:
Iqtisodiyotni harbiylashtirilish bilan bog‘liq investitsiyalar alo-
hida inflatsion xavfli hisoblanadi. Milliy daromadni harbiy maq-
sadlarda ishlatilish nafaqat milliy boylik yo‘qotilishini bildiradi,
balki harbiy sohaga qo‘yilgan mablag‘lar bir vaqtda qo‘shimcha
to‘lovga layoqatli talabni vujudga keltirib, pul massasining tegishli
tovarlar bilan qoplanmagan o‘sishiga olib keladi.
464
Bozorning holati, unda raqobat mexanizmining amal qilish
darajasi; hozirgi davrda bozor holati, uning tuzilishidagi o‘zgarishlar
ko‘proq erkin raqobat sharoitlari buzilishini, oligopolistik tuzilmalar
vujudga kelishini angla-
tadi.
Oligopolist ma’lum
darajada narxlar ustidan
hukmronlikka ega bo‘la-
di. Tarmoqqa yangi ish-
lab chiqaruvchilar kirib
kelishining
cheklanishi
uzoq vaqt yalpi talab va
taklif mos kelmasligini
ushlab turadi.
Davlatning oshirilgan soliq solishga qaratilgan siyosati;
Ishlab chiqarish xarajatlarining ortib borishi;
Talabning nisbatan ortiqchaligi va uning o‘sib borishi.
Iqtisodiyotning «ochiqligi» darajasi o‘sishi. Bu milliy iqtiso-
diyotning jahon xo‘jalik aloqalariga ko‘proq tortilishi orqali “import
qilinadigan” inflatsiya xavfini kuchaytiradi.
Inflatsion kutilish. Aholi va ishlab chiqaruvchilarning inflatsion
kutilishini bartaraf qilishga erishishi inflatsiyaga qarshi siyosatning
muhim vazifasi hisoblandi. Inflatsion kutilish kishilarning joriy
iste’molidan ortiqcha tovarlarni xarid qilishiga olib keladi. Ishlab
chiqaruvchilar ham tez orada xomashyo, materiallar va butlovchi
qismlar yanada qimmatlashishini kutib, mahsulotlariga yuqori
narxlarni o‘rnatib boradi. Inflatsion kutilish natijasida joriy talab-
ning kengayishi narxlarning yanada o‘sishini rag‘batlantiradi. Bir
vaqtda jamg‘armalar qisqaradi va kredit resurslar kamayadi, bu
ishlab chiqarish maqsadidagi investitsiyalar o‘sishini, tovar va
xizmatlar taklifini kamaytiradi. Bunday iqtisodiy vaziyat yalpi taklif
sekin va yalpi talab tez o‘sishi bilan tavsiflanadi. Natijasi,
narxlarning umumiy o‘sishi ro‘y beradi.
Inflatsiyani turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi.
I. Кelib chiqish sabablariga ko‘ra inflatsiya quyidagi turlarga
ajratiladi:
465
a) Talab inflatsiyasi. Narx
darajasining surunkali o‘sishi
jami talab ortiqchaligi bilan
tushuntiriladi. Bu iqtisodiyot-
ning ishlab chiqarish sohasi
mahsulotining real hajmini
ko‘paytirish ortiqcha talabni
qondira olmasligini anglatadi.
Chunki barcha mavjud re-
surslar to‘liq foydalanishga
jalb qilingan bo‘ladi. Shu
sababli, bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab
inflatsiyasini keltirib chiqaradi.
b) Taklif inflatsiyasi. Inflatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va
bozordagi taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi
mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi keltirib chiqadigan
inflatsiya, mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi
hisobiga narxlarning oshishini bildiradi.
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqti-
sodiyotda foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada
tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o‘z navbatida narx darajasini
oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xomashyo va
energiya narxlarining o‘sishi hisobiga ham ortib boradi. Jumladan,
1973‒1974- va 1979‒1980-yillarda AQSH va boshqa ko‘pchilik
mamlakatlarda neft hamda import xomashyolarga narxning bir
necha marta oshishi yuqori inflatsiyaning sababi bo‘lgan.
1992‒1995-yillarda Rossiyada neft, gaz va ko‘mir narxining ko‘p
martaga oshishi yuqori sur’atdagi inflatsiyaning boshlang‘ich sababi
hisoblangan.
Ma’lum holatlarda ish haqining o‘sishi inflatsiyaning kelib
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar ish haqining ortishi mehnat
unumdorligining o‘sishidan yuqori sur’atlarda ro‘y bersa, mahsulot
birligiga xarajatlar ortib boradi.
Ayni vaqtda, bu vaziyatni inflatsiya sharoitida ish haqini
indeksatsiyalash bilan bir xil ma’noda tushunish kerak emas.
Boshqa tomondan, inflatsiya ish haqini indeksatsiyalashga sabab
bo‘ladi. Demak, mazkur holat inflatsiyani keltirib chiqaruvchi
466
sabablarga kirmasa-da, bu tarkib topgan inflatsion vaziyat
sharoitidagi muqarrar amalga oshiriladigan zaruriyatdir.
Ba’zan xarajatlar o‘sishi zanjirli reaksiya tavsifini kasb etadi.
Aytaylik energetiklar ish haqining o‘sishi dastlab soha xarajatlari va
elektr energiya ta’riflarini oshiradi, keyin bu jarayon zanjirli tarzda
tarqaladi: telefon xizmatlari qiymati, transport xizmatlari ta’rifi,
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa shu
kabilar narxining o‘sishiga olib kelishi mumkin.
II. Narxlarning o‘sish sur’atlariga ko‘ra inflatsiyaning a) me’yo-
ridagi; b) o‘rmalab boruvchi d) giperinflatsiya kabi turlari ajratiladi.
Inflatsiyaning birinchi turida narxlar yiliga 10 foizgacha,
ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida, astronomik
miqdorda o‘sishi kuzatiladi.
Giperinflatsiya aholi va hatto jamiyatning yuqori ta’minlangan
qatlamiga juda katta yo‘qotish keltiradi, savdo barter ayriboshlashga
o‘tadi, milliy xo‘jalik izdan chiqadi.
Giperinflatsiya 1970‒1980-yillar arafasida Boliviyada yiliga
2400% ga, 1992-yilda Rossiyada 2600% ga yetgan.
III. Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va
kutilmagan inflatsiya farqlanadi. Кutilayotgan inflatsiya va uning
oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan
inflatsiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Birinchi holda inflatsiyaning
kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib uni sezilarli darajada
yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi
natijasida mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi
ro‘y berishi mumkin.
IV.
Namoyon
bo‘lish
darajasiga ko‘ra oshkora va
yashirin inflatsiya ajratiladi.
Oshkora inflatsiya narxlar
o‘sishida namoyon bo‘ladi. Ya-
shirin inflatsiyada narxlar go‘yo-
ki barqaror ko‘rinadi, ortiqcha
pul tovar taqchilligida transfor-
matsiyalashadi.
V. Qamrov doirasi bo‘yicha
467
bir mamlakat miqyosidagi va jahon xo‘jaligi doirasidagi inflatsiya
farq qiladi.
VI. Asosiy ko‘pchilik tovarlarga narxlarning o‘sish sur’atidagi
farqlarga
ko‘ra
muvozanatlashgan
va
muvozanatlashmagan
inflatsiya ajratiladi.
Muvozanatlashgan inflatsiyada narxlar bir vaqtda ko‘pchilik
tovarlarga bir me’yorda o‘sadi, muvozanatlashmagan inflatsiyada
har xil tovarlar guruhiga narxlar turlicha o‘sadi.
Pigu effekti. Bu ingliz iqtisodchisi Artur Pigu (1877‒1959y)
nomi bilan bog‘liq, Unga ko‘ra me’yorida amal qiladigan bozor iqti-
sodiyoti sharoitida inflatsiyaning kutilishi aholi tomonidan narx-
larning o‘sishiga qisqa vaqtda ro‘y beradigan holat deb qaralishiga
va oqibatda narxlar pasayguncha ularning pul sarflarining
kamayishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida talabni kamaytiradi va
oxiri oqibatda narxlar pasayishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |