7. Inflatsiyaning oqibatlari. Davlatning inflatsiyaga qarshi
tadbirlari
Inflatsiya oqibatlari murakkab, turli-turfa va ziddiyatlidir.
Me’yoridagi inflatsiya iqtisodiyot uchun foydali ekanligi, pul
massasining o‘sishi iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishi, iqtisodiy
o‘sishga turtki berishi va investitsiya jarayonini jadallashtirishini o‘z
vaqtida Кeyns isbotladi va dunyo mamlakatlari tajribasi buni
tasdiqladi. Inflatsiya chuqurlashib borishi bilan ishlab chiqarish
jarayoni uchun jiddiy to‘siqqa aylanadi, jamiyatdagi iqtisodiy va
ijtimoiy muammolarni keskinlashtiradi.
Bu inflatsiyaning bir qator iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarida o‘z
ifodasini topadi. Ularning asosiylari quyidagilar:
Aholining o‘rtacha turmush darajasi pasayadi.
Qayd qilingan (doimiy) daromad oluvchilar real daromadi
kamayadi, pul jamg‘armalari qadrsizlanadi va pulga tenglashtirilgan
moliyaviy aktivlar real qiymati pasayadi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi nomutanosiblik
kuchayadi, xo‘jalik aloqalari buziladi.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol
tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar iqtisodiy ahvoli og‘irlashadi.
468
Investitsiyalar
foizining
real stavkasi va foizli daro-
madlari kamayadi.
Bo‘sh
pul
mablag‘larining
ishlab
chiqarish sohasidan muomala
sohasiga oqimi kuchayadi.
Budjet daromadlari qadr-
sizlanadi va budjet taqchilligi
kuchayadi.
Davlatning ichki va tashqi qarzlari miqdori o‘sib boradi.
Milliy pul o‘z vazifasini bajarishdan to‘xtaydi, barter ayribosh-
lash o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Aholining ijtimoiy tabaqalashuvi, ijtimoiy-siyosiy tartibsizlik
kuchayadi.
Inflatsiya sharoitida ham uning oqibatlaridan aholining ayrim
qatlamlari va iqtisodiy munosabatlarining ayrim ishtirokchilari naf
ko‘rishi ham mumkin.
Inflatsiyadan yutqazmaydigan yoki undan naf ko‘radigan
qatlamlar quyidagilar:
tovarlar, xomashyo, fond birjasida va valuta bozorlarida
vositachilik qiluvchilar;
qarz olgan jismoniy va huquqiy shaxslar;
pulni o‘z vaqtida ko‘chmas mulk, qimmatbaho va noyob
buyumlar hamda barqaror chet el valutalariga almashtirganlar;
davlat tuzilmasida va bozorda monopol mavqega ega
bo‘lganlar;
kundalik zaruriy iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilar.
Davlatning inflatsiyaga qarshi siyosati, inflatsiyaning ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlarini yumshatish, ya’ni inflatsiya ustidan nazorat
o‘rnatish va narxlar o‘sishini nisbatan past darajada ushlab turishga
qaratiladi. Bu o‘z ifodasini inflatsiyani jilovlashga qaratilgan chora-
tadbirlarda topadi. Mazkur chora-tadbirlar uzoq muddatli, qisqa
davrli yoki majburiy tartibdagi tavsifga ega bo‘lishi mumkin.
Davlatning inflatsiyani jilovlashga qaratilgan uzoq muddatli
(strategik) chora-tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
I. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar:
469
foydaga imtiyozli soliqlar belgilash;
ishlab chiqarish maqsadlariga imtiyozli kreditlar ajratish;
yangi ish boshlagan korxonalarga subsidiyalar berish;
tashqi savdo (eksport-import)ga imtiyozlar kiritish;
samarali antimonopol tadbirlarni amalga oshirish.
II. Budjet taqchilligini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar:
budjet daromadlarini ko‘paytirish (soliq bazasini kengaytirish
orqali);
budjet xarajatlarini kamaytirib borish.
investitsion jarayonlarga davlatning aralashuvini nisbatan
cheklash,
asoslanmagan
subsidiya ham dotatsiyalarni
kamaytirish va h.k.
fan-texnika taraqqiyotini,
iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy
o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvat-
lash.
III. Pul massasini tartibga
solishga qaratilgan tadbirlar.
pul daromadlarining o‘sishini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish;
pul emissiyasini cheklash;
davlat kreditlarini qat’iy chegaralash;
banklararo kredit resurslarining auksionlarini kengaytirish;
davlatning oltin va valuta zaxiralarini ko‘paytirish;
korxonalarni xususiylashtirish jarayonini kengaytirish va shu
kabilar.
IV. Tashqi omillarning ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tad-
birlar. Bu tadbirlar chet el kapitallari, qisqa muddatli kreditlari va
qarzlariga inflatsiyaning ta’sirini kamaytirishga qaratiladi.
Davlatning inflatsiyani jilovlashga qaratilgan qisqa muddatli
tadbirlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
qo‘shimcha turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmatlar
ko‘rsatuvchi korxonalarga imtiyozlar berish;
iste’mol tovarlari importini kengaytirish;
yangi xususiy korxonalar aksiyalarini sotishni rag‘batlantirish;
muddatli omonatlarga yuqori foiz stavkalarini belgilash;
470
ichki bozor raqobatbardosh bo‘lgan
sharoitda milliy valuta kursini oshirish;
davlat oltin va valuta zaxiralaridan
qisman inflatsiyani jilovlashda foyda-
lanish.
Davlat tomonidan surunkali gipe-
rinflatsiya sharoitida uni yumshatishga
qarata qo‘llaniladigan majburiy tadbir –
bu
pul
islohotlarini
o‘tkazish
hisoblanadi.
Pul islohotlarining quyidagi turlari mavjud:
Nullifikatsiya
Inflatsiya sur’ati juda yuqori darajada bo‘lganda qo‘llanilib,
bunda qadrsizlangan pul o‘rniga muomalaga yangi pul birliklari
chiqariladi.
Bu tadbir 1797-yilda Fransiyada qo‘llanilib, muomalaga qog‘oz
pullar o‘rniga real pullar, ya’ni qimmatbaho metallardan ishlangan
tangalar chiqarilgan.
Devalvatsiya
Bunda eksportni rag‘batlantirish, importni cheklash va to‘lov
muvozanatini yaxshilash maqsadida milliy valuta kursi rasmiy
ravishda pasaytiriladi.
Masalan, 1986-yil AQSHda dollarning Yaponiya ieniga
nisbatan kursi 2 barobar pasaytirilgan.
Denominatsiya
Bunda eski pul birliklari ma’lum bir nisbatda yangi pul birliklari
bilan almashtiriladi. Denominatsiya 1961-yil sobiq SSSRda (10:1
nisbatda), 1994-yil O‘zbekistonda (so‘m-kuponga 1000:1 nisbatda)
va 1998-yil Rossiyada (1000:1 nisbatda) qo‘llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |