4. Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy
dastaklari
Davlatning
fiskal
siyosati
siklik
tebranishlarni
bir
maromga
keltirish
va
yuqori bandlik hamda past
inflatsiya sharoitida barqa-
ror iqtisodiy o‘sishni ta’-
minlash
maqsadida
soliqqa tortish va davlat
xarajatlarini tartibga solishga qaratiladi.
Fiskal siyosat rag‘batlantiruvchi yoki turg‘un tavsifga ega
bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati (fiskal ekspan-
siya) qisqa davrda davlat sarflarini ko‘paytirish, soliqlar stavkalarini
pasaytirish yoki bu choralarni o‘zaro uyg‘unlashtirish yo‘li bilan
siklik tanazzulni yengib o‘tish maqsadida ishchan iqtisodiy
faoliyatni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Uzoq davrda soliq
stavkalari
pasayishi
iqtisodiy
o‘sish sur’atining barqaror
492
jadallashuvi va iqtisodiy salohiyatning mustahkamlanishiga olib
kelishi mumkin.
Davlatning, turg‘un fiskal siyosati qisqa davrda iqtisodiyotning
“qizib ketish”ni bartaraf etish maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat
xarajatlarini taqozo etib iqtisodiy o‘sish va talab inflatsiyasi sur’atini
pasaytirishga imkon beradi.
Davlat fiskal siyosati – bu davlat budjeti daromadlari va
xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga
ta’sir qilishni anglatadi.
“Fiskal” lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni
bildiradi. Bu o‘z navbatida “xazina siyosati” degan tushunchani ham
yuzaga keltiradi. Fiskal, ya’ni xazina siyosatiga insoniyat tarixida
o‘tgan yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat
barpo qilgan Amir Temur katta e’tibor qilgan. U davlatni idora
qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan xazinani to‘ldiruvchi
soliqlarga tayangan.
Shu bois “Temur tuzuklari”da “davlatu saltanat uch narsa bilan:
mulk, xazina va lashkar bilan tirikdir. Dono vazir bularning ucha-
lasini yaxshi ahvolda saranjom tutadi”, - degan fikr ilgari suriladi.
Fiskal siyosatdan iqtisodiyotni tartibga solish va uning mu-
vozanatligini ta’minlash dastagi sifatida foydalanish haqidagi fikr
ingliz iqtisodchisi J.M.Кeynsga mansubdir
122
. U jamiyat taraqqiyot
darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 3 guruhini ajratib
ko‘rsatib, birinchi guruhga: ishchi kuchining miqdori va malaka
darajasi, mavjud uskunalar soni va sifati, tatbiq etiladigan
texnologiya, raqobatning yetuklik darajasi, iste’molchining didi va
odatlari, turli jadallikdagi mehnatning og‘irligi, nazorat va ishlab
chiqarishni tashkil etishning ahamiyati, shuningdek jamiyatning
tarkibiy tuzilishini kiritadi, J.Кeyns ikkinchi guruhiga mustaqil
o‘zgaruvchan
omillarni:
iste’molga
moyillik,
kapitalning
samaradorligi va foiz normasini, uchinchi guruhga bandlik va milliy
daromad hajmini kiritgan.
J.Кeyns
iqtisodiyotga
davlatning
aralashuvini
mustaqil
o‘zgaruvchan omillarga ajratib, u bandlik va milliy daromad
hajmiga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblagan. Bunda hal qiluvchi shart
122
Кeйнс Дж.M. Общая теория занятости, протцента и денег – M.; Прогресс, 1978. Стр.449
493
sifatida davlat fiskal va pul-kredit siyosati investitsiyalarni rag‘bat-
lantirishda namoyon bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.
Soliqlarni fiskal siyosatning bir qismi sifatida G‘arb iqtisodiy
fanida ko‘rsatib uni rag‘batlantiruvchi va to‘sqinlik qiluvchi dastak
sifatida ifodalashga alohida e’tibor qaratadi.
“Fiskal siyosatning asosiy maqsadi ‒ ishsizlik va inflatsiyani
yumshatishdan
iboratdir.
Tanazzul
davrida
kun
tartibida
rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat to‘g‘risidagi masala paydo bo‘ladi.
U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) davlat xarajatlarining
ko‘payishi yoki (2) soliqlarning pasayishi, yoxud (1) va (2)ni birga
qo‘shib olib borish.
Agar iqtisodiyotda ortiqcha talab tufayli paydo bo‘lgan
inflatsiya sodir bo‘lsa, bunga to‘sqinlik qiluvchi fiskal siyosat mos
keladi.
Bunday
fiskal
siyosat quyidagilarni o‘z
ichiga oladi: (1) hukumat
xarajatlarining kamayishi,
yoxud
(2)
soliqlarning
ko‘payishi, yoxud (1) va
(2)ning birga qo‘shib olib
borilishi.
Fiskal
siyosat
bashartida iqtisodiyot oldi-
da inflatsiya ustidan nazorat
qilish muammosi turadigan
bo‘lsa, hukumat budjetining ijobiy qoldig‘iga tayanishi lozim”
123
.
XX asrning 20-yillariga kelib, davlat moliya siyosati neoklassik
oqim vakillarining konsepsiyasiga asoslangan, uning asosiy yo‘na-
lishi quyidagilardan iborat bo‘lgan: davlatning iqtisodiyotga aralash-
masligi; erkin raqobatga asoslangan xo‘jalik faoliyatini tartiblashda
bozor mexanizmidan samarali foydalanish.
Davlat monopolistik kapitalizmining rivojlanishi oqibatida,
30‒60-yillarga kelib moliyaviy siyosat negizida asosan keynschilik
va neokeynschilik oqim maktablarining iqtisodiy konsepsiyalari joy
oldi.
123
Makkonell B., Stenla Bryu S.L. Ekonomiks: Prinsipы, problemы i politika per.s ang., 2t, Izd.
«Respublika», 1992.
494
Кeyinchalik yo‘nalishning moliyaviy konsepsiyasida quyidagi
asosiy yo‘nalishlar ustuvorlikni egallagan;
Кengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining barcha
muhim muammolarini resurslar taklifini o‘rganish bilan emas, balki
ularning sotilishini ta’minlovchi talab nuqtayi nazaridan qarab
chiqish zarur;
Кapitalistik iqtisodiyot har doim ham o‘zini-o‘zi tartibga
solishga layoqatli emas. Shunday ekan, mehnat va kapital yuqori
darajada umumlashgan sharoitda davlatning iqtisodiy jarayonlarga
aralashuvi muqarrardir. Bunda davlat tomonidan tartibga solish
iqtisodiyotni narx yordamida tartiblash mexanizmi orqali to‘ldirib
borilishi zarur;
Takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan ortiqcha
ishlab chiqarish, iqtisodiy beqarorlik holatlarining sababi talabning
yetishmasligidandir. Shunday ekan iqtisodiyotdagi muvozanatlikni
ta’minlash muammosini talab nuqtayi nazaridan hal qilish zarur.
Buning uchun Кeyns “samarali talab” tushunchasini kiritadiki, u
daromad va bandlik, iste’mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi
muvozanatlikni o‘zida mujassamlashtiradi;
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi muhim dastagi bu
budjet siyosatidir. Davlat budjeti va moliyaviy siyosatning asosiy
maqsadi ishchi kuchi va ishlab chiqarish uskunalarining bandligini
ta’minlashdan iboratdir
124
.
Iqtisodiyotning siklli rivojla-
nishi va inqirozlarni bartaraf etish-
ning asosiy dastagi bu – davlat
xarajatlaridir. Кeynsning fikricha,
uning shakllanishi, tuzilishi va
o‘sishi “samarali talab”ga erishish-
dagi muhim omildir.
Shunday qilib, Кeyns davlat
monopolistik kapitalislik iqtisodi-
yotni
tartibga
solishda
yangi
moliya nazariyasining ustuvor yo‘nalishini ishlab chiqdi. Mazkur
moliyaviy siyosat Кeyns izdoshlari tomonidan (Amerikada –
R.Xarrod, A.Ouken, U.Xeller, Buyuk Britaniyada – J.Vaysman,
124
Кeйнс Дж.M. Общая теория занятости, процента и денег – M.; Progress, 1978. Стр.142
495
Fransiyada – F.Perru, Yaponiyada – К.Emi, X.Itolar) amaliyotga
joriy etildi. Bu 40‒60-yillarda iqtisodiyotni tartibga solishda ijobiy
natijalarni
berdi.
70-yillargacha
ko‘pchilik yetakchi
g‘arb
davlatlarning moliya nazariyasi va amaliyoti asosida Кeyns na-
zariyasining qoidalari yotadi.
Neokonservatorlar Кeyns ta’limotining ayrim kamchiliklarini
topib, unga muqobil o‘z konsepsiyalarini ilgari suradi. Bular asosan
quyidagilardan iborat:
1. Кeyns konsepsiyasidagi inflatsiyani jilovlash, ishlab chiqarish
va bandlikni kengaytirishda moliyaviy dastaklardan foydalanish
to‘g‘risidagi fikriga qarshi muomaladagi pul miqdorini kamaytirish
haqidagi g‘oyalari;
Soliqlarning tez o‘sishi ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarning
moddiy manfaatdorligini pasaytirib yuborishi sababli taklifni
kengaytirish orqali iste’molchilik talabini muvozanatlashtirish,
soliqlarni ratsional darajada pasaytirib, erkin xususiy tadbirkorlik va
bozor raqobatini rivojlantirish to‘g‘risidagi fikrlari;
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi faqatgina ayrim xizmatlar,
xo‘jalik faoliyatini himoya qilish bilan cheklanishi kerakligi
to‘g‘risidagi fikrlari;
Fiskal siyosat oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib
chiqib, uning uchta yo‘nalishi, ya’ni iqisodiy o‘sishni rag‘bat-
lantirish, barqarorlashtirish va iqtisodiy faoliyatni chegaralash
siyosatlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiy o‘sish maqsadlaridan kelib chiqilganda, fiskal siyosat
bandlik darajasini va shu orqali YaIM real hajmini oshirishga qara-
tiladi. Bunda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatning dastaklari davlat
xarajatlarining o‘sishi va soliq stavkalarining pasayishi hisoblanadi
Boshqacha aytganda, hozirgi davrda davlatning budjet barqa-
rorligini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy siyosati iqtisodiy inqiroz
yoki turg‘unlik davrida budjet taqchilligini bartaraf etish maq-
sadlariga qaratilishi zarur.
Agar davlat o‘zining fiskal va xarajatlar siyosatidan foydalanib,
mahsulot ishlab chiqarish hajmini bir me’yorda ushlab turishga va
narxlarning barqarorligini ta’minlashga intilsa, bunda uning iqtiso-
diyotni barqarorlashtirish orqali iqtisodiy jarayonlarni rag‘batlan-
496
tirish yoki ushlab turishga qaratilgan moliyaviy siyosat turlicha
maqsadni ko‘zlab, bir-biridan farqlanadi.
Davlatning iqtisodiy faollikni cheklash siyosati real YaMM
hajmining potensial darajasidan keskin farq qilishini kamaytirishga
yo‘naltirilib, bu ayni vaqtda iqtisodiy o‘sish va uning tanazzuli
davrlarida inflatsiya va ishlab chiqarishdagi inqirozli jarayonlardan
qochishga qaratiladi.
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tartibga solish orqali
makroiqtisodiy mauvozanatlikni ta’minlab borishga qaratilgan fiskal
siyosat bir qator moliyaviy vosita va iqtisodiy dastaklar yordamida
amalga oshiriladi. Qo‘llaniladigan bu barcha moliyaviy vosita va
dastaklar birgalikda tartibga solishning moliyaviy mexanizmini
tashkil qiladi.
Fiskal
siyosat
Iqtisodiy sikl tebranishlarni yumshatish
Iqtisodiy o‘sish sur’atlarini barqarorlashtirish
Yuqori bandlik darajasiga erishish
Nоdiskretsion siyosat
Namoyon
bo‘lish
Asosiy
maqsadi
Asosiy dastaklar
Davlat xarajatlari soliqlar
Asosiy turlari
Diskretsion siyosat
Avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi
siyosat
497
Do'stlaringiz bilan baham: |