O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


O‘zbekiston Respublikasida davlat budjeti tuzilishi



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

O‘zbekiston Respublikasida davlat budjeti tuzilishi  

(2016-y. foizda) 

 

DAROMADLAR 



 

XARAJATLAR 

 

Daromadlar jami  



100,0  Xarajatlar jami  

100,0 


Bevosita soliqlar  

24,0  Ijtimoiy  soha  va  aholini 

ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash 

xarajatlari  

 

 

55,6 



Bilvosita soliqlar  

51,5  Iqtisodiyotga xarajatlar  

10,6 

Resurs  to‘lovlari  va 



mulk solig‘i  

 

12,9 



Markazlashtirilgan 

investitsiyalarni 

moliyalashtirish xarajatlari  

 

 



 

5,1 


Boshqa daromadlar  

11,6  Davlat  hokimiyati  organ-

larini saqlash xarajatlari  

4,5 


YaIMga nisbatan  

20,6  Boshqa xarajatlar  

21,0 

 

 



YaIMga nisbatan 

20,5 


 

Davlat  budjetining  daromadlari  xarajatlardan  ortiqcha  baja-

rilishini  profitsit  ko‘rsatkichi  ifodalaydi.  Profitsitga  ega  budjet 

sog‘lom iqtisodiyotini ifodalaydi.  

 

3. Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari 

 

 Soliq iqtisodiy tushuncha sifatida, sof daromadning bir qismini 



budjetga jalb qilish shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarki-

biy qismini tashkil qiladi. Soliq Davlat va mahalliy hokimiyat tara-

fidan  huquqiy  va  jismoniy  shaxslar  daromadlarining  bir  qismini 

majburiy  ravishda  budjetga  jalb  qilish  shaklidir.  Soliq  bozor  iqti-

sodiyoti  sharoitida  mustaqil  kategoriya  sifatida  amal  qiladi  va 

moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi bo‘lib, uni yig‘ish davlat 

tomonidan belgilangan tartib va qonunlar asosida amalga oshiriladi. 

Davlat  tomonidan  olinadigan  soliqlar  hamda  ularning  tashkil 




483 

qilinish  shakli  va  usullari  birgalikda  soliq  tizimini  tashkil  qiladi. 

Davlat 

sarflari 

soliq 

tushumlari 



hisobiga 

amalga  oshirilishi  sababli 

uning  o‘sishi  soliqlarning 

o‘sishini  taqozo  qiladi  va 

uning  darajasini  belgilab 

beradi. 


Hozirgi  davrda  davlat 

sarflarining va shunga mos 

ravishda  soliq  hajmining 

o‘sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi: 

Aholi sonining o‘sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi 

o‘zgarmay  qolgan  taqdirda  ham  aholining  o‘sgan  qismini  ijtimoiy 

ne’matlar  va  xizmatlar  bilan  ta’minlash  qo‘shimcha  mablag‘larni 

zarur qilib qo‘yadi.  

Ijtimoiy  soha  xizmatlari  sifatiga  talabning  ortishi  kishilar  tur-

mush  darajasining  ortishi  ijtimoiy  soha  xizmatlari  hajmiga  va 

sifatiga talabni oshiradi.  

Atrof-muhitning  ifloslanishi.  Aholi  sonining  o‘sishi  va  urbani-

zatsiyaning  kuchayishi  atrof-muhitning  sifati  muammosini  kes-

kinlashtiradi.  Juda  ko‘p  miqdordagi 

moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish 

va iste’mol qilish, havo, suv va yer-

ning ifloslanishi shaklidagi qo‘shim-

cha  xarajatlarning  o‘sishini  keltirib 

chiqaradi. Atrof-muhit  muammosini 

hal  qilishda  asosiy  rol  davlat  zim-

masiga tushadi.  

Daromadlar tengsizligini qisqar-

tirish  dasturlarini  amalga  oshirish. 

Bularga  xususan  ijtimoiy  sug‘urtani 

rivojlantirish,  ishsizlik  bo‘yicha  na-

faqalar,  ijtimoiy  ta’minot,  tekin 

meditsina yordamlari  davlat dasturi, 

oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiya-

lar, davlat uy-joy qurilishi kabilar kiradi.  



484 

Milliy  mudofaa,  davlat  xavfsizligining  ta’minlash  xarajatlari 

hajmining o‘sishi.  

Iqtisodiyot  subyektlari  faoliyatini  soliq  yordamida  tartibga 

solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi: 

barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog‘liq bo‘lmagan 

holda soliq undirishning majburiyligi; 

soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati; 

samarali  ishlovchi  korxonalarda  hamda  xo‘jalik  yuritishning 

progressiv  shakllari  uchun  soliq  me’yorlarining  rag‘batlantiruvchi 

rolini ta’minlash; 

soliq  to‘lovi  bo‘yicha  barcha  subyektlar  majburiyati  ustidan 

moliyaviy nazorat. 

Olinadigan  soliq  summasining  (R)  soliq  olinadigan  daromad 

summasiga  (D)  nisbatining  foizdagi  ifodasi  soliq  stavkasi  (R`) 

deyiladi yoki: 

`

100


R

R

foiz

D



 

Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.  

Naflilik  tamoyili 

  har  xil  subyektlardan,  ularning  soliqlar 



hisobiga  moliyalashtiriladigan  dasturlardan  foydalanishi  darajasiga 

qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi. 

To‘lovga  layoqatlilik  tamoyili 

  soliq  miqdori  soliq  to‘lov-



chining  boyligi  va  daromadlari  darajasiga  mos  kelishi  zarur.  Bosh-

qacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini 

taqozo qilish zarur. 

Adolatlilik  tamoyili 

  daromadlari  va  hukumat  dasturlaridan 



foydalanish  darajasi  bo‘yicha  teng  bo‘lgan  kishilar  teng  miqdorda 

soliq to‘lashi zarur. 

Soliq  bo‘yicha  imtiyozlar  qonunchilik  bitimlarida  belgilangan 

tartib  va  sharoitlar  asosida  o‘rnatiladi.  Soliq  imtiyozlarining 

amaliyotda quyidagi turlari keng tarqalgan: 

obyektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash; 

soliq  to‘lashdan  alohida  shaxs  yoki  ma’lum  guruhlarni 

(masalan, urush faxriylarini) ozod qilish; 

soliq darajasi (stavkasi) ni pasaytirish; 

soliq olinadigan summadan chegirish; 




485 

soliqli  kredit  (soliq  olishni 

kechiktirish  yoki  soliq  summa-

sini  ma’lum  miqdorga  kamay-

tirish) 

 Soliqlarni 

turkumlashga 

turli  xil  mezonlar  asosida  yon-

dashiladi. 

Soliq stavkasi va daromad-

lar  o‘rtasidagi  nisbatga  asos-

lanib,  soliqlar  odatda  progressiv  (o‘sib  boruvchi),  proporsional 

(mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo‘linadi.  

Agar  soliqning  o‘rtacha  stavkasi  daromadlar  ortishi  bilan  o‘sib 

borsa, progressiv soliq hisoblanadi. 

Daromadlar  o‘sib  borishi  bilan  o‘rtacha  stavkasi  pasayib 

boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi. 

Proporsional  soliq  o‘rtacha  soliq  stavkasi  daromad  hajmiga 

bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarishsiz qolishini taqozo qiladi.  

Soliqlar  amal  qilish  doirasi  (markaziy  va  mahalliy  soliqlar), 

mahsulot  tannarxiga  qo‘shilish  usuli  (to‘g‘ri  va  egri  soliqlar)  va 

iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi. 

Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra u quyidagi turlarga ajratiladi: 

Daromaddan  olinadigan  soliqlar.  To‘lovchining  yillik  daroma-

didan chegiriladigan qismi; 

Foydasidan olinadigan soliqlar huquqiy shaxslarning sof foyda-

sidan olinadi; 

Ijtimoiy to‘lovlar ‒ har xil budjetdan tashqari fondlarga (ishsiz-

lik, pensiya va h.k.) yo‘naltiriladi, qisman ishlovchilar va korxonalar 

mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi; 

Mol-mulk  soliqlari.  Mulkdan,  merosdan  va  hadya  qilingan 

mablag‘ hamda boyliklardan olinadi; 

Tovar va xizmatlarga soliqlar. Bunga boj to‘lovlari va aksizlar, 

shuningdek qo‘shilgan qiymat soliqlari kiradi.  

Undirilishi  usuliga  ko‘ra  bevosita  va  bilvosita  soliqlar 

farqlanadi.  Bevosita  soliqlar  iqtisodiy  ne’matlarni  ishlab  chiqarish 

jarayonida  subyektlar  daromadlari  hisobidan  undirilsa,  bilvosita 

soliq 


to‘lovchilar 

tovar 


va 

xizmatlardan 

foydalanuvchilar 

hisoblanadi,  shu  sababli  bilvosita  soliqlar  tovarlar  narxiga  ustama 




486 

sifatida  yuzaga  chiqadi.  Bilvosita  soliqlarga  aksizlar,boj  to‘lovlari 

va qo‘shilgan qiymat solig‘i kabilar kiradi. 

Amal  qilish  ko‘lamiga  ko‘ra  yoki  undirilish  darajasidan  kelib 

chiqib  umumdavlat  (respublika)  va  mahalliy  soliqlar  ajratiladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  soliq  kodeksida  belgilanganidek,  (23-

modda)  mamlakat  hududida  umumdavlat  soliqlar,  majburiy 

to‘lovlar  va  yig‘inlar  amal  qiladi.  Umumdavlat  soliqlariga 

quyidagilar kiradi: 

Foyda solig‘i (huquqiy shaxslardan)  

Daromad solig‘i (jismoniy shaxslardan) 

Qo‘shilgan qiymat solig‘i 

Aksizlar  

Yer qa’ridan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va 

maxsus to‘lovlar. 

Umumdavlat 

darajasidagi 

majburiy  to‘lovlar  quyidagilar: 

yagona  ijtimoiy  to‘lovlar,  bud-

jetdan tashqari pensiya jamg‘ar-

ma  yoki  majburiy  ajratmalar; 

respublika  yo‘l  jamg‘armasiga 

majburiy  to‘lovlar,  ajratmalar 

va yig‘imlar; bojxona to‘lovlari. 

Mahalliy  soliqlar  quyidagi-

lardan  iborat:  mol-mulk  solig‘i,  yer  solig‘i,  obodonlashtirish  va 

ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  solig‘i;  transport  vositalariga 

yoqilg‘idan foydalangani uchun olinadigan soliq (jismoniy shaxslar-

dan)  mahalliy  darajada  ayrim  turdagi  tovarlar  bilan  chakana  savdo 

qilish  va  xizmatlarni  ko‘rsatish  huquqi  uchun  yig‘im  majburiy 

to‘lov hisoblanadi. 

Soliq  to‘lovchi  subyektlar  turidan  kelib  chiqib  jismoniy  va 

huquqiy shaxslardan undiriladigan soliqlar farqlanadi. 

 Soliqlarning  to‘g‘ri  to‘lanishini  nazorat  qilish  soliq  deklaratsi-

yasi  yordamida  amalga  oshiriladi.  Soliq  deklaratsiyasi 

  soliq 



to‘lovchining joriy davrda olgan umumiy daromadi haqidagi rasmiy 

tasdiqlangan  yozma  bayonoti.  Unda  soliq  to‘lovchining  olgan 

daromad  manbalari  ko‘rsatilib  qayd  qilinadi  va  beriladigan  soliq 

imtiyozlari haqida ham ma’lumot beriladi.  




487 

Soliq  imtiyozi 

  soliq  to‘lovchilarning  ayrim  toifalari  qonun 



hujjatlarida belgilangan tartibda bunday to‘lovdan to‘liq, qisman va 

vaqtincha ozod qilinishidir. 

Soliq subyekti 

 soliq solinadigan daromad, xarajat, aylanma va 



mulk  qiymati  yoki  miqdoridir  (masalan,  yer  maydoni).  Soliq 

subyekti 

 soliq munosabatlari ishtirokchilari (jismoniy va huquqiy 



shaxslar, davlat), ya’ni soliq to‘lovchi va uni undiruvchilardir.  

Soliq yuki 

 soliqlar va majburiy to‘lov (yig‘in)  larning foyda, 



daromad,  aylanma  va  mulk  qiymatidagi  ulushidir.  Mamlakat 

miqyosida  soliq  yuki  soliq  va  majburiy  to‘lovlarning  YaIMdagi 

salmog‘i sifatida aniqlanadi.  

Soliq  tizimida  uni  belgilashda  quyidagi  asosiy  prinsiplarni 

ajratib ko‘rsatish mumkin.  

Birinchidan, soliq stavkasi darajasi soliq to‘lovchilarning iqtiso-

diy  imkoniyatlaridan,  ya’ni  ularning  daromadlari  darajasidan  kelib 

chiqib belgilanishi zarur. Chunki turli huquqiy va jismoniy shaxslar-

ning  iqtisodiy  imkoniyatlari  bir  xil  emas,  ular  uchun  soliq  stavkasi 

tabaqalashtirilgan  tartibda  belgilanishi  kerak,  shuning  uchun  daro-

madlardan  olinadigan  soliqlar  progressiv  (o‘sib  boruvchi) 

xarakterga ega bo‘lishi zarur; 

Ikkinchidan,  soliqqa  tortish  bir  martalik  tavsifga  ega  bo‘lishi 

zarur,  aks  holda  bu  tovar  narxi  asoslanmagan  holda  oshirilishiga 

sabab bo‘lishi bilan birga, mahsulotning raqobatbardoshligini pasay-

tiradi.  Boshqa  tomondan  tadbirkorlarning  iqtisodiy  faollik  ko‘r-

satishidan  manfaatdorligini  susaytiradi.  Bunda  ishlab  chiqaruv-

chining  sotishdan  olingan  butun  pul  tushumidan  emas,  balki  ular 

tomonidan qo‘shilgan qiymatdan soliq undirish maqsadga muvofiq.  

Uchinchidan, soliq to‘lovining majburiyligi. Bunda soliq tizimi 

soliq to‘lovchida bunday to‘lovning muqarrarligi to‘g‘risida shubha 

uyg‘otmasligi  zarur.  Jarima  tizimi  ham  shunday  bo‘lishi  kerakki, 

bunda  u  soliq  to‘lovchilarga  to‘lanmagan  yoki  o‘z  vaqtida  bajaril-

magan  soliq  majburiyatlariga  qaraganda  ancha  katta  miqdorni 

tashkil qilsin; 

To‘rtinchidan,  soliq  to‘lov  jarayoni  soliq  to‘lovchilarga  oddiy, 

tushunarli  va  qulay,  soliq  yig‘uvchi  tashkilotlar  uchun  tejamli 

bo‘lishi zarur; 




488 

Beshinchidan,  soliq  tizimi  iqtisodiyotda  yaratilgan  YaMMning 

samarali qayta taqsimlanishini ta’minlashi kerak. 

O‘zbekistonda  soliq  tizimini  takomillashtirish,  milliy  iqtiso-

diyotda soliqlar quyidagi muhim vazifalarni bajaradi: 

milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash; 

davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi); 

ijtimoiy  tanglikni 

yumshatish  (ijtimoiy 

vazifasi); 

iqtisodiyotni  tar-

tibga  solish  (tartibga 

solish vazifasi); 

iqtisodiy 

fao-

liyatni rag‘batlantirish.  



 Soliqlarning 

davlat 


xarajatlarini 

moliyalashtirish  vazifasi,  davlat  budjeti  daromad  qismining  eng 

muhim  umumdavlat  vazifalarini  hal  etish  uchun  zarur  bo‘lgan 

miqdorda shakllanishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uning qayta 

taqsimlash vazifasi, YaMMning bir qismini qayta taqsimlash va shu 

orqali 


iqtisodiyot 

tuzilishini 

o‘zgartirish,  aholini  ijtimoiy 

himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. 

Soliqlarning  iqtisodiy  faoliyatni  rag‘batlantirish  vazifasi  ishlab 

chiqarishni  rivojlantirishga,  moddiy  xomashyo,  moliyaviy  va 

mehnat  resurslaridan  samarali  foydalanishga  rag‘batlantiruvchi 

ta’sir ko‘rsatishdir. 

Bu  vazifalarni  real  bajarishi  uchun  amaldagi  soliq  tizimi 

bosqichma - bosqich isloh qilish talab qilinadi. 

Soliqlar  takror  ishlab  chiqarish  jarayoniga  ta’sir  ko‘rsatib, 

iqtisodiy  faollikni  tartibga  solishning  vositalaridan  biri  rolida  ham 

chiqadi.  

 Bunda  davlat  butun  xo‘jalik  konyunkturasiga  umumiy  ta’sir 

ko‘rsatish maqsadida, soliq mexanizmidan keng foydalaniladi. Dav-

lat iqtisodiyotidagi turg‘unlik holatini bartaraf qilish uchun imtiyozli 

soliqlar yordamida kapital qo‘yilmalarni rag‘batlantiradi hamda shu 

orqali iste’molchilik va investitsion tovarlarga yalpi talabni kengay-

tirish  uchun  ancha  qulay  sharoit  yaratadi.  Soliqlarni  pasaytirish 



489 

iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarning o‘sishiga olib kelishini 

birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning 

mulohazalariga 

ko‘ra, 

korporatsiyalar 

daromadiga 

soliqlar 

stavkasini  haddan  tashqari  oshirish,  ularning  kapital  qo‘yilmalariga 

bo‘lgan  rag‘batini  susaytiradi,  fan-texnika  taraqqiyotini  to‘xtatadi, 

iqtisodiy  o‘sishni  sekinlashtiradi  va  bular  oxir-oqibatda  davlat 

budjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Davlat  budjetining  daromadlari  va  soliq  stavka  (me’yor)  si 

o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi “Laffer egri 

chizig‘i” nomini oldi.  

Grafik  tik  o‘qida  soliq  stavkasi  (R),  yotiq  o‘qida  –  davlat  bud-

jetiga  tushumlar  (V)  aks  etgan.  Soliq  stavkasining  optimal  miqdori 

(R1)  davlat  budjetiga  eng  yuqori  tushum  (V1)  ni  ta’minlaydi. 

Soliqlar  yanada  oshirilganda  ishlashga  va  tadbirkorlikka  qiziqish 

susayadi,  100  foizli  soliq  olishda  davlat  daromadi  nolga  teng 

bo‘ladi,  chunki  hech  kim  tekinga  ishlashni  xohlamaydi.  Boshqacha 

aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o‘rnatil-

gan soliqlarni pasaytirish jamg‘armalar,  investitsiyalar, bandlikning 

ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o‘sishini 

ta’minlaydi.  Natijada  soliq  tushumlari  summasi  ko‘payadi,  davlat 

daromadlari  hajmi  o‘sadi,  taqchillik  kamayadi  va  inflatsiyaning 

susayishi  ro‘y  beradi.  Lekin  o‘z-o‘zidan  tushunarliki,  Laffer 

samarasi  faqat  erkin  bozor  mexanizmi  me’yorida  amal  qilgan 

holdagina namoyon bo‘ladi.  

 

                        



 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish