XXIV bob. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT
1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi.
2. Davlat budjeti va uning taqchilligi.
3. Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari.
4. Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy
dastaklari.
1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi
Moliya va moliyaviy munosabatlarning vujudga kelish tarixi
insoniyat jamiyati rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, ming yillar avval
paydo bo‘lgan. Qadimgi Bobil davlatida amal qilgan Xamurapi
qonunlari yoki Qadimgi Hindistonning Manu qonunlari, Xitoy,
Yunoniston yoki Turon, Rim imperiyasi qonunlarining barchasida
boj-xiroj, soliqlar to‘plash, davlat xazinasi hisob-kitobi kabi
masalalar o‘z aksini topgan. Ularda jamiyat hayotida mustahkam
o‘rin tutgan pul hisob-kitobi bilan bog‘liq moliyaviy
munosabatlarga katta ahamiyat berilgan. Chunki moliya sohasida,
soliq-boj sohasida to‘g‘ri siyosat yuritilishi jamiyat taraqqiyotining
muhim sharti bo‘lgan.
Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida: “Amr etdimki,
raiyatdan mol-hiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yosh
mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak.
Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kam-
bag‘allashishiga olib keladi” deya soliqlarning, moliyaning davlat
va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlab o‘tgan.
Shunday qilib, uzoq o‘tmishda va hozirda ham, har qanday
mamlakatda, moliyaviy munosabatlar ko‘p qirrali bo‘lib, iqtisodiy
munosabatlarning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Chunki
iqtisodiy subyektlar o‘rtasida yuzaga keluvchi pul munosabatlari
bozor iqtisodiyotining zarur tarkibi hisoblanadi. Bu munosabatlar
tizimida moliya munosabatlari alohida muhim o‘rin egallaydi.
477
Moliya – bu turli darajada markazlashgan pul fondlari
vositasida iqtisodiyot subyektlari pul daromadlarini tashkil etish,
taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlardir
120
. Boshqacha qilib aytganda, moliya
iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va
uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar
tizimi bo‘lib, uning vositasida turli darajada pul fondlari vujudga
keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa
ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Кorxonalar, uy xo‘jaliklari va davlat moliyaviy munosabatlar
subyektlari pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar uning
obyekti hisoblanadi.
Moliyaning boshqa pul munosabatlaridan farqlab turuvchi
belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi:
Iqtisodiy munosabatlar pulning harakati bilan tavsiflanishi;
Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi;
Moliya munosabatlarning fond tavsifga (YaIM taqsimoti pul
fondlari orqali amalga oshiriladi) ega bo‘lishi;
Moliyaning mohiyati uning vazifalarida to‘laroq namoyon bo‘-
ladi. Bular, moliyaviy resurslarni jalb qilish, nazorat qilish, rag‘bat-
lantirish va taqsimlash vazifalaridir.
Moliyaviy resurslarni jalb qilish vazifasi shunda ko‘rinadiki,
bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘z vazifalarini bajarish uchun
zarur bo‘lgan resurslarni markazlashgan tartibda to‘planishiga hara-
kat qiladi.
2. Davlat moliyaviy dastak va vositalar yordamida ishlab
chiqarish, iqtisodiyotda yaratilgan mahsulotni taqsimlash, ayri-
boshlash va iste’mol ustidan nazorat o‘rnatadi. Moliyaviy nazorat
korxona (firma)larining moliya intizomiga rioya qilish uchun
moddiy javobgar bo‘lishi, turli soliqlar undirib olish va mablag‘
bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat moliya
vositasida zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida, iqtisodiyot
subyektlar tasarrufiga moliyaviy mablag‘lar qanchalik o‘z vaqtida
tushayotganligi, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligini
nazorat qiladi;
120
Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed.
P-209
478
3. Moliyaning taqsimlash vazifasi aniq iqtisodiy vaziyatda
jamg‘arish va iste’molni optimallashtirish maqsadida milliy
daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlashda
namoyon bo‘ladi. Bu real ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan
yalpi mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi
qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan
korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari,
mamlakat hududlari o‘rtasida
taqsimlash
va
qayta
taqsimlashda namoyon bo‘la-
di. Bunda milliy daromadning
bir qismi korxona va aholi da-
romadlaridan turli xil soliqlar
olish, renta va bojxona to‘lov-
lari, aksiz yig‘imlari kabilar
orqali davlat budjetida to‘pla-
nadi. Davlat to‘plangan milliy
daromadning katta qismini
moliyaviy
vositalar
orqali
aholining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilish, tibbiyot
xizmati, maorif, nafaqa, stipendiya va shu kabilarga), daromadlar
darajasini ushlab turishga, milliy mudofaaga, atrof-muhitni
muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi.
Shuni aytish lozimki, moliyaviy munosabatlar tizimida davlat
moliyasi alohida o‘rin tutadi. Bunda nafaqat davlat, balki xususiy
sektor korxonalari daromadining bir qismini undirish yo‘li bilan
davlat pul fondlarini shakllantiradi.
4. Moliya iqtisodiy jarayonlarni, turli tadbirlarni moliyalash va
unga xizmat ko‘rsatish vazifasini ham bajaradi;
5. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan,
yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayonida, ikkinchidan,
foizli daromadlarni tashkil qilish va taqdim qilish mexanizmi
vositasida amalga oshiriladi. Ikki holda ham moliya ishlab chiqarish
samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
6. Ijtimoiy himoyalash ham moliya tizimi orqali amalga oshi-
riladi. Ma’lumki, aholining muhtoj qatlamlari qariyalar, nogironlar,
479
kam daromadli oilalar o‘z tirikchiligini yuritishni minimal darajada
ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ijtimoiy himoyalash esa
ularni moliyaviy ta’minlash, boshqacha aytganda, moliyaviy kafo-
latlashni talab etadi. Bu asosan davlat moliyasi yordamida amalga
oshiriladi. Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni
tizimli amalga oshirib boradi. Ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun
nafaqa, nogironlar pensiyasi kabilar shular jumlasiga kiradi.
Bundan tashqari, ijtimoiy iste’mol orqali amalga oshadigan
fondlar ham mavjud bo‘lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif,
atrof muhitni muhofazalash kabilar kiradi.
Moddiy va mehnat resurslarining to‘g‘ri taqsimlanishi va
ulardan samarali foydalanish uning vazifalari real bajarilishiga
bog‘liq. Takror ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sishni pul mablag‘lari
bilan ta’minlashda ham moliyaning roli beqiyos. Moliya o‘z vazifa-
larini bajarish bilan birga iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni
tartibga soladi, samarali xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirishni ham
ta’minlaydi.
Moliya tizimi – Umumdavlat moliyasi - davlat budjeti, ijtimoiy
sug‘urta hamda mol-mulk va boshqa sug‘urta fondlarini o‘z ichiga
oladi.
Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi
bo‘lmish davlat budjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib
xizmat qiladi. Davlatning markazlashgan budjeti bilan birga
hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) budjeti ham
mavjud bo‘ladi. Bu joylarda mavjud moliyaviy resurslarni ancha
to‘laroq jalb qilish va
ulardan
samarali
foydalanish
imkonini
beradi. Hokimiyat quyi
organlari
budjetning
daromadlari
o‘z
hududidagi korxonalar
daromadidan, aholidan
olinadigan
soliqlar,
mulk soliqlari va shu
kabilar orqali shakl-
lanadi. Ularning daro-
480
madi qisman davlat budjetidan beriladigan subsidiyalar hisobiga
ham to‘ldiriladi. Hokimiyat quyi organlari budjet mablag‘lari tegish-
li hududda ta’lim, sog‘liqni saqlash, obodonchilik, yo‘l qurilishi va
shu kabilarga sarflanadi.
Mol-mulk va shaxsiy sug‘urta moliya tizimining keyingi
bo‘g‘ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar
va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi
mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘-
lovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulkiy
sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi.
Shaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarining tashkil
qilishning shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi.
Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy siyosiy va ma’rifat ishlari bilan
shug‘ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o‘z
ichiga
oladi.
Кasaba
uyushmalar, siyosiy partiya,
yoshlar, xotin-qizlar, fax-
riylar tashkilotlari, ijodiy
uyushmalar, sport tashkilot-
lari
va
boshqa
ilmiy
ma’rifiy jamiyatlarning ham
o‘ziga xos moliyasi mavjud
bo‘ladi. Bunday ijtimoiy
tashkilotlarning moliyaviy
resurslarining manbai, tashkilot a’zolarining kirish puli va badallari,
tijorat faoliyatidan kelgan daromad, homiylar ajratgan yoki xayriya
qilgan mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Jamiyat moliya tizimida
maxsus va xayriya fondli xo‘jalik subyektlari va aholining pul
mablag‘larini aniq bir maqsad yo‘lida birlashtiradi va ular maqsadli
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |