XXV bob. PUL MUOMALASI, КREDIT VA BANКLAR
1. Pul tizimi. Pul muomalasi va uning amal qilish
qonuniyatlari.
2. Pul bozori. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi.
3. Кreditning mohiyati, vazifalari va manbalari.
4. Кredit tamoyillari va turlari. Foiz stavkasi va unga ta’sir
etuvchi omillar.
5. Kredit-bank tizimi va Markaziy bankning pul kredit
siyosati.
6. Pul multiplikatori.
1. Pul tizimi. Pul muomalasi va uning amal qilish
qonuniyatlari
Pul tizimi – bu davlat tomonidan qonuniy tartibda o‘rnatilgan
pul muomalasini tashkil qilish shakli va unga xizmat qiluvchi kredit
muassasalaridir.
Pul tizimining tarkibiy qismlari:
1.Pul birligi (dollar, marka, yevro, rubl, so‘m va h.k.).
2.Pul turlari (bank biletlari, tanga, chaqalar).
3.Pul emissiya qilish tartibi.
4.Muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muas-
sasalari.
5.Naqd
pulsiz
hisob-kitobni
amalga oshirish tartibi.
6.Milliy valutani chet el valutasiga
almashtirish tartibi.
Pul muomalasi ‒ bu tovarlar
aylanishiga hamda notovar tavsifidagi
to‘lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi
naqd pullar va unga tenglashtirilgan
aktivlarning harakati. Naqd pul muo-
malasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat
501
qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar,
akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshi-
riladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada
mavjud bo‘lgan pul massasi ularni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kishilarda turli xil moliyaviy
aktivlarga ega bo‘lish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Pul, turlicha
qimmatli qog‘ozlar, bankdagi hisoblar, ko‘chmas mulk, qimmatli
metallar, antikvar buyumlar va boshqa shu kabilar moliyaviy
aktivlar shakli hisoblanadi.
Daromad egalari o‘zlarining aktivlarini likvidli, ya’ni pul
shaklida saqlashga harakat qiladi.
Aktivlar likvidligi – bu ularning, har xil to‘lovlarga zaruriyat
bo‘lganda naqd pullarga aylana olish layoqatidir.
Pul mutlaq likvidlik xususiyatiga ega. Boshqa barcha aktivlar
kam yoki ko‘p darajada bunday xususiyatga ega bo‘ladi. Moliyaviy
aktivlar likvidligi qancha kam bo‘lsa, uning egasi uchun o‘z
ixtiyoridagi pulni zarur vaqtda olish imkoniyati bilan bog‘liq
yo‘qotish tahlikasi shuncha yuqori bo‘ladi
126
.
Yuqori
inflatsiya
sharoitida
pulning
mutlaq
likvidligi
ustuvorlikka ega bo‘lishdan to‘xtaydi. Bunday sharoitda yuqori
likvidli aktiv barqaror chet el valutalari va ko‘chmas mulklar bo‘lib
qoladi.
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga
oshiriladi. Uning eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul
miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori
quyidagilarga bog‘liq.
1. Muayyan davrda, (bir yil davomida) sotilishi lozim bo‘lgan
tovarlar narxi summasiga (T
b
). Tovarlar qancha ko‘p va narxi
baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko‘p pul
birligi talab qilinadi.
2. Pul birligining aylanish tezligiga (A
t
).
Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko‘p omillarga,
jumladan ular ayriboshlanishiga xizmat qilayotgan tovarlar turiga
bog‘liq.
126
Campbell R. McConnell “Economics” Principles, Problems, and Policies 2008 195 p
502
3. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori puldan to‘lov
vositasi sifatida foydalanishga ham bog‘liq. Кo‘pincha tovarlar
qarzga sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi
davrlarda to‘lanadi. Demak, zarur pul miqdori shunga muvofiq
miqdorda kamayadi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga
sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pulga ehtiyojni
ko‘paytiradi.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur
bo‘lgan pul miqdori (P
m
) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
;
b
s
t
m
t
T
K
X
P
bunda
A
К
s
– qarzga sotilgan tovarlar narxi summasi;
X
t
‒ haqini to‘lash muddati kelgan tovarlar narxi summasi;
Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlashning hozirgi
zamon yondashuvi «Fisherning ayriboshlash tenglamasiga» asos-
lanadi, ya’ni
QP=MV; yoki
;
QP
M
bunda
V
Q ‒ ayriboshlanadigan tovarlar miqdori;
P ‒ tovarlar narxi;
M ‒ muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;
V ‒ pulning aylanish tezligi.
Iqtisodiy fondda, pul muomalasi to‘g‘risida bir qator nazariyalar
mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar:
Кlassik nazariya
Muomala uchun zarur pul miqdori so-
tishga chiqariladigan tovarlarning qiymat
miqdori va ularning oltin asosiga teng kelishi
g‘oyasini ilgari suradi.
Miqdoriylik nazariyasi
Bu nazariyaga ko‘ra, muomaladagi pul
miqdorining o‘zgarishi tovarlar narxining
o‘zgarishiga olib keladi va bu o‘z navbatida
pulning sotib olish layoqatini o‘zgartiradi.
503
I.Fisher yondashuvi
Bunda Fisher tenglamasi
V
M
P
Q
narxlar pul massasiga
to‘g‘ri mutanosiblikda, pulning qadr-qiymati esa uning miqdoriga
teskari mutanosiblikda bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi.
Кembridj
maktabi
(A.Marshall,
A.Pigu,
D.Robinson)
yondashuvi pulga talab va uning taklifi o‘rtasidagi muvozanatlik
shartlarini xarakterlaydi, ya’ni
Y
R
K
M
, bu yerda
M ‒ pul massasi;
К ‒ Marshall koeffitsiyenti (nominal daromadlarning naqd pul
shaklida saqlanayotgan qismi);
R ‒ narxlarning umumiy darajasi;
Y ‒ jamiyatning real daromadi;
R
Y ‒ nominal daromad.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti me’yorida faoliyat qilishi,
uning o‘sish sur’ati, narx darajasi va bandlikni barqaror ushlab
turish uchun muayyan miqdorda pul massasi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |