25.3-chizma.
O‘zbekistonda bank tizimi Markaziy banki va aksiyadorlik-
tijorat banklardan iborat ikki bo‘g‘indan tashkil topgan. Bu tizim
tarkiban O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning muas-
sasalari, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalq banki hamda
aksiya, pay asosida tashkil qilingan, shuningdek chet el kapitali
ishtirokidagi tijorat banklari, ularning vakolatxonalaridan iboratdir.
Markaziy bank mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan
tartibda boshqaradi va davlatning yagona monetar siyosatini amalga
oshiradi.
Markaziy bank davlat banki hisoblanadi. Buning mazmuni
shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat
banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan
siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi.
KREDIT
TIZIMI
BANK TIZIMI
MARKAZIY
BANK
TIJORAT
BANKLARI
MAXSUS MOLIYA-
KREDIT (nobank)
TIZIMI
MAXSUS KREDIT
MOLIY
MUASSASALARI
POCHTA
JAMG
‘ARMA
TIZIMI
521
Ikkinchidan, Markaziy bank u “banklar banki” deb ham yuri-
tiladi, tijorat banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni
qabul qilib, ularga kredit beradi.
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat
qilmaydi, davlatning va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga
ko‘maklashadi.
Markaziy bank bir qator vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyot-
larini saqlaydi. Bu ehtiyotlar pul taklifini boshqarish uchun hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Markaziy bank mamlakatning
rasmiy oltin oltin-valuta ehtiyotlarini saqlash
vazifasini ham bajaradi.
Ikkinchidan, cheklarni qayd qilish me-
xanizmini ta’minlaydi va banklararo hisob-
kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar
beradi.
Uchinchidan, davlatning monetar siyo-
satini amalga oshiradi.
To‘rtinchidan, barcha banklar faoliyatini
uyg‘unlashtiradi va ular ustidan nazoratni
amalga oshiradi.
Beshinchidan, xalqaro valuta bozorlarida
milliy valutalarni ayriboshlaydi.
Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat
qilish mas’uliyatini oladi, muomalaga milliy
valutani chiqaradi.
Markaziy bank davlat pul-krediti siyosatini amalga oshiradi.
Bunda u:
a) pul muomalasini tartibga soladi;
b) kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini belgilaydi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishda
quyidagi usullardan foydalaniladi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar;
Zaxira (ehtiyot) me’yorini o‘zgartirish;
Hisob stavkalarini o‘zgartirish.
522
Ularning har birining o‘zgarishi pul massasining o‘zgarishiga
olib keladi, ya’ni mazkur usullar pul taklifi ustidan nazoratning eng
moslashuvchan qurolidir.
Agar Markaziy bankka muomaladagi pul massasini ko‘pay-
tirishi zarur bo‘lsa, u qimmatli qog‘ozlar bozorida davlatning qisqa
muddatli obligatsiyalarini sotib olishni boshlaydi. Tijorat banklari
aktivlaridagi davlat qimmatli qog‘ozlarini o‘zlari uchun maqbul
sharoit asosida sotishga tushadilar.
Ma’lum
vaqt
o‘tgach,
obligatsiyalar sotishdan olingan
pullar tijorat banklariga cheklar
yoki depozitlar shaklida kelib
tushadi. Bu mablag‘lardan bir
qismi
ehtiyotga
qo‘yilib,
qolganlari bank krediti sifatida foydalaniladi.
Agar Markaziy bank inflatsiya sharoitida pul massasini
ko‘paytirishning oldini olishga harakat qilsa, u davlat qarz
majburiyatlarini sotishni boshlaydi. Tijorat banklari o‘zlariga
foydali tarzda davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib oladi
va ma’lum vaqt o‘tgach, to‘lov uchun taqdim etadi.
Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlar bozoriga doimo ta’sir
ko‘rsatishi tufayli davlat obligatsiyalarining to‘lov muddatlari har
xil bo‘lishidan qat’i nazar, tezda pul massasini o‘zgartirish mumkin
bo‘ladi.
Ehtiyot normalari pasayganda banklarning ssuda berish mumkin
bo‘lgan ortiqcha mablag‘lari ko‘payadi. Aksincha bu norma yuqori
bo‘lsa muomaladagi pul taklifi kamayishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Hisob stavkasi orqali Markaziy bank kredit resurslari hajmiga
ta’sir ko‘rsatadi. Hisob stavkasi kamayishi bilan tijorat banklari
tomonidan Markaziy bank kreditga talab o‘sadi, aks holda talab
kamayadi. Hisob stavkasini pasaytirish bilan iqtisodiy faollik
kuchayadi. Sababi pul taklifi o‘sib, qarz olish imkoniyati ortadi.
Agarda mamlakatda pul massasini kamaytirish zarur bo‘lsa, Mar-
kaziy bank hisob stavkasini oshiradi, natijada kredit qimmatlashadi,
iqtisodiy faollik susayadi.
Markaziy bank iqtisodiy vaziyatga qarab “arzon” yoki “qim-
mat” pul siyosatini yuritadi.
523
Agar iqtisodiyotda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quv-
vatlari, ishsizlik mavjud bo‘lsa, Markaziy bank “arzon” pul
siyosatini yuritadi va kredit olishni osonlashtiradi.
Buning uchun davlat ochiq bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarni
banklar va aholidan
sotib oladi, ehtiyot
normasini
kamaytiradi va hisob
stavkasi pasaytiradi.
Natijada pul taklifi
ko‘payadi, foiz stav-
kasi pasayadi. Bu
investitsiyalarning
o‘sishi va iqtisodiy
faollikning
kuchayishiga
olib
keladi.
Agarda mamlakatda inflatsiya
yuz berayotgan bo‘lsa, “qimmat” pul
siyosati yuritilishiga to‘g‘ri keladi.
Bu siyosat kreditni “qimmat” qilib,
uni olishni qiyinlashtiradi. Markaziy
bank pul taklifini qisqartirish uchun
ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlarini
sotadi, ehtiyot normasini oshiradi va
hisob stavkasini ko‘taradi.
Pul taklifi qisqarishi natijasida foiz stavkasi ko‘tariladi. Bu o‘z
navbatida investitsiyalarning qisqarishiga, inflatsiyani cheklashga
olib keladi. Shunday qilib, Markaziy bank mamlakat kredit-moliya
tizimiga bevosita ta’sir qilib, butun iqtisodiyotga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Hozirgi davrda Markaziy bankning “...pul-kredit siyosatini
yanada takomillashtirish, milliy valutaning va ichki bozordagi
narxlarning barqarorligini ta’minlash; erkin konvertatsiyani ta’-
minlovchi valutaga oid munosabatlarni tartibga solish, milliy valuta
524
kursini shakllantirishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy
etish”
127
ga qaratiladi.
Bank tizimida tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki o‘z o‘rniga
ega. U birinchidan eksport tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish
va rivojlantirish uchun chet el valutasida kreditlar beradi. Davlat
zayomlari va kreditlaridan samarali foydalanishga qaratilgan
xizmatlar ko‘rsatadi. Ikkinchidan, xalqaro valuta-kredit bozorlari
operatsiyalarida
ishtirok
etadi.
Uchinchidan,
hukumatlararo
bitimlarning to‘lov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi va boshqa
shu kabi vazifalarni bajaradi.
Tijorat banklari tizimi rivojiga ikki tamoyil xos: bir tomondan,
universallashuv, ikkinchi tomondan, ixtisoslashuv. Tijorat banklari
odatda universal tavsifga ega bo‘lib, o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga
ko‘ra aksionerlik tipidagi korporatsiyalar hisoblanadi. Ular
Markaziy bankdan maxsus litsenziya olib, unga muvofiq quyidagi
vazifalarni amalga oshiradi:
Hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish;
Кredit operatsiyalarini bajarish;
Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish;
Turli xizmatlar ko‘rsatish;
Banklararo operatsiyalar o‘tkazish;
Valuta operatsiyalarini bajarish;
Biznes yuzasidan maslahat berish va h.k.
Tijorat banklari to‘la mustaqil, lekin ular pul emissiya qilish
xuquqiga ega emas. Ular real jalb qilgan resurslari miqyosidagina
kredit bera oladi. Ixtisoslashgan tijorat banklar alohida sohalarda
kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi. Jumladan, investitsiya
banklari iqtisodiyotning turli tarmoqlarini eng avvalo, sanoat, savdo,
transportni uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, qimmatli
qog‘oz chiqaradi va ularni investorlar o‘rtasida joylashtiradi.
Uy-joy qurilish banki aholining uy-joy qurilishini moliya-
lashtirish bilan shug‘ullanadi.
Ipoteka bank ko‘chmas mulkni garovga olib, uzoq muddatli
kreditlar beradi.
127
Mirziyoyev Sh.M. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. www.lex.uz
525
Innovatsiya banki ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish
bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni kreditlaydi. Shunga o‘xshash
boshqa maxsus banklar ham u yoki bu ixtisoslashgan xizmat turini
ko‘rsatadi. Tijorat va maxsus banklar faoliyatini Markaziy bank
nazorat qiladi.
Respublikada “bank tizimini isloh qilish, banklar depozit baza-
sining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish,
ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchliligini mustah-
kamlash
128
”ga qaratilishi lozim.
Кredit tizimida maxsus moliya-kredit muassasalari alohida
o‘ziga xos mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Кo‘rsatilgan xizmati bir,
ikki turda bo‘lib, ko‘pincha maxsus tavsifga ega bo‘ladi. Maxsus
moliya-kredit institutlariga ikki tomonlama nazorat xos. Bir
tomondan
qarz
berish,
hisob-kitob operatsiyalarini
amalga
oshirish
tufayli
Markaziy bank talablariga
bo‘ysunadi.
Ayrim
paytlarda
ular
xalqaro
muassasalar
tomonidan
qabul
qilingan
normativ
hujjatlar
asosida
ish
ko‘radilar.
Moliya
kredit
institutlarining o‘ziga xos
turi pochta-jamg‘arma muassasalaridir. U mayda omonatchilarni
jalb qilishda katta rol o‘ynaydi.
Bunda
mijozlarga
pochta
bo‘limlari
orqali
xizmat
ko‘rsatiladi.
Кeyingi paytlarda
ko‘plab mamlakatlarda pochta-
jamg‘arma
muassasalari
orqali
kredit-hisob
operatsiyalarini
128
Mirziyoyev Sh.M. 2017-2021-527yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. www.lex.uz
526
amalga oshirish kengayib bormoqda.
Maxsus moliya-kredit muassasalari tizimida lizing, faktoring
firmalari ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Odatda lizing va faktoring
operatsiyalarini tijorat banklari ham amalga oshiradi. Faktoring
firmalari mijozlarining boshqalarga bergan qarzlarini undirishni o‘z
zimmasiga oladi va shu qarz ustidan ularga universal moliya xizmati
ko‘rsatadi. Jumladan, ular buxgalteriya hisobotini yuritadi, korxo-
nani zarur xomashyo va boshqa resurslar bilan ta’minlash va xari-
dorlar bilan hisob-kitob xizmatlarini ham amalga oshiradi. Axborot,
reklama, huquqiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadi. Кonfensial fakto-
ringda esa ayrim operatsiyalar, jumladan qarzni to‘lash, pul olish
huquqlari chegaralangan bo‘ladi. Lizing firmalari tovarlarni ijaraga
berish
bilan
shug‘ul-
lanadi.
Lizing
iborasi
“Ijaraga olmoq” degan
ma’noni bildiradi. Bunda
ko‘chmas mulk, asbob-
uskuna va boshqa tovar
egalari ularga o‘z mulk
egaligini saqlab qoladi.
Lizingning
oddiy
ijaradan farqi shundaki,
bunda ijaraga berilgan
asbob-uskunalar
shartnoma
muddati
tugagandan so‘ng, ularni qoldiq qiymati asosida sotib olish ko‘zda
tutiladi. Lizing kompaniyalarda lizing operatsiyalarini o‘tkazish
uchun o‘z mablag‘lari yetishmaydi shu sababli, ko‘pchilik lizing
operatsiyalarida jalb qilingan mablag‘lar keng qo‘llaniladi. Bunda
odatda bankning uzoq muddatli ssudalaridan foydalaniladi.
Lombardlar ko‘chirib bo‘ladigan mol-mulk evaziga kredit
beradi. Dastlab lombardlar sudxo‘rlik krediti tarzida yuzaga kelgan.
Кeyingi paytda ular mol-mulkni saqlash, hamda garovga qo‘yish,
belgilangan muddatda qaytarib olinmagan mulkni komission
vositachilik asosida sotishni ham amalga oshiradi.
527
Кredit birlashmalari ‒xususiy shaxslar guruhi yoki mayda kredit
muassasalari tomonidan tashkil etiladi. Ular ikki turda bo‘lishi
mumkin:
Jismoniy shaxslar guruhi tomonidan kasbi yoki hududiy jihatiga
qarab, qisqa muddatli iste’mol krediti berish maqsadida tashkil
etiladi.
Mustaqil mayda kredit
muassasalari
ixtiyoriy
tarzda birlashuvi tufayli
tashkil etiladi. Ularning
mablag‘lari paychilik yoki
a’zolik
badallari
va
zayomlar chiqarish bilan
shakllanadi.
Mazkur
muassasalarning
asosiy
operatsiyalari omonatlarini
jalb etish, zayomlar chiqa-
rish, o‘z a’zolariga qarz berish, veksellarni hisob-kitob qilish, savdo
vositachiligi, komission operatsiyalar, maslahat va auditorlik
xizmatlari ko‘rsatishdan iborat.
O‘zaro kredit berish jamiyatlari o‘z xarakteri jihatidan tijorat
banklariga yaqin bo‘lib, asosan mayda va o‘rta biznesga xizmat
ko‘rsatadi. Ularning a’zosi jismoniy, yuridik shaxslar bo‘lishi
mumkin. Jamiyat kapitali unga a’zo bo‘lib kirish badallaridan
tashkil topadi.
Moliya kompaniyalari odatda tovarlar oldi-sotdisiga kredit bera-
di. Savdo va sanoat firmalariga qarzga sotilgan tovari uchun kredit
berish bilan shug‘ullanadi. Ba’zi kompaniyalar alohida turdagi
maqsadlar uchun kredit berish bilan ham shug‘ullanadi.
Sug‘urta kompaniyalari asosan sug‘urta polislarini sotish bilan
shug‘ullanadi. O‘z mablag‘larini sanoat kompaniyalari obligatsiya-
lari, aksiyalari hamda davlat qimmatli qog‘ozlariga qo‘yadilar.
Pensiya fondlari eng avvalo, o‘z mablag‘larini tashkil etish va
pensiya berish bilan shug‘ullanadi. O‘z mablag‘larini asosan sanoat
kompaniyalari aksiyalariga qo‘yadi.
528
Investitsion kompaniyalar o‘z majburiyatlarini mayda mijozlar
o‘rtasida joylashtirib, turli tarmoqlar qimmatli qog‘ozlarini sotib
olish bilan shug‘ullanadi.
Кredit uyushmalari o‘z a’zolari, kooperatorlar, ijara korxonalari,
kichik va xususiy biznes hamda jismoniy shaxslarga kredit hisob-
kitob xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi. Ularning
kapitali paylari va kirish badallari hisobiga tashkil topib, shirkatdan
chiqqanda qaytarilmaydi. Asosiy passiv operatsiyalari omonatlarini
jalb etish va zayomlarini joylashtirishdir
129
.
Кredit uyushmalarining o‘ziga xos turi qishloq xo‘jalik kredit
jamiyatlaridir. Uning ta’sischilari Markaziy, tijorat, maxsus banklar,
hukumat, jismoniy, yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Ular faoliya-
tining asosiy yo‘nalishi qishloq xo‘jaligiga kredit berish va hisob-
kitob xizmatlarini ko‘rsatishdir. Uning mijozlari dehqon va fermer
xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik kredit jamiyatlariga soliq imtiyozlari beriladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsus moliya-kredit muassa-
salari soni tobora ortib boradi. Ular nihoyatda katta mablag‘larni
jalb etish bilan birga kapitallarni samarali joylashtirishga ham
erishib, umuman iqtisodiyotni rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, AQSHda ana shunday muassasalarning aktivlari tijorat
banklari aktivlaridan deyarli ikki barobar ko‘pdir. Respublikamizda
ham bunday muassasalar tashkil etishda anchagina muvaffaqiyatlar
qo‘lga kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |