Tijorat banklarining pul hosil qilish layoqatlari
25.1-jadval
Banklar tomonidan yangi pul taklifini yaratilish jarayoni
ma’lum bir chegaragacha davom etadi. Bizning misolda 200000 mln
so‘mning yuzaga kelishi butun bank tizimida depozitlarning bir
necha marta ko‘payishiga olib keladi.
Bu bank tizimi pul taklifi multiplikatori samarasi yoki bank
multiplikatori ko‘rsatkichini anglatadi.
“Multiplikator” so‘zi tarjima qilinganda, ko‘paytiruvchi degan
ma’noni anglatadi. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
1
x100%
M
r
bu yerda, M – pul multiplikatori; r – Markaziy bank qo‘yilish kerak
bo‘lgan talab etilgan ehtiyot (zaxira) normasi;
Agar, r=20% bo‘lsa, u holda M=1x100/20=5; ya’ni har bir so‘m
depozit pul taklifining 5 so‘mga ko‘payishiga olib keladi. Ehtiyot
normasining kamayishi depozitlarning o‘sishiga, uning ortishi pul
massasining kamayishiga olib keladi.
Bank
Tijorat bank
majburiyatlari
Majburiy
ehtiyotlar
Ehtiyojdan
ortiq pul
Ssudaga
berish
mumkin
bo‘lgan pul
A
200000
40000
160000
160000
B
160000
32000
128000
128000
V
128000
25600
102000
102000
G
102000
20480
81920
81920
D
8192 va hokazo
16384
6553
65536
531
Bizning misolda ehtiyot normasi 20% dan 10% ga tushirilsa,
multiplikator 10ga teng bo‘ladi, aksincha 25%ga ortsa multiplikator
4ga teng bo‘ladi.
Amaliy hayotda bank depozitlari ko‘payishi-multiplikator sama-
rasidan ancha farq qiladi. Sababi
bankdan olingan ssudaning ham-
masi ham bank tizimiga qaytib
bormaydi. Ulardan bir qismi
muomalada naqd pul tarzida
yurishi
mumkin.
Bularning
hammasi
banklarning
ssuda
berish
imkoniyatlarini
kamaytiradi.
Bunda bank ehtiyotlaridan
tashqari naqd pulga aylangan
mablag‘ chiqib ketadi. U pul multiplikatorini o‘zgartiradi. Agar
bank majburiyatlarining naqd pulga aylangan qismini “s” bilan
belgilasak, u holda yuqoridagi formula quyidagicha ko‘rinishga ega
bo‘ladi:
1x100
m =
r+s
Agar naqd pulga aylangan miqdor 30%ni tashkil qiladi deb
faraz qilsak, u holda pul multiplikatori =1x100:(20+30) =2 ga teng
bo‘ladi.
Demak, har bir so‘m qo‘shimcha depozitlar oldingiga o‘xshab 5
emas, balki 2 so‘m yangi kredit pulni hosil qiladi.
Pul multiplikatoridan foydalanib, umumiy pul massasi miqdori
ko‘payishi yoki kamayishini hisoblab chiqish mumkin. Bozor
iqtisodiyotida pul emissiyasiga qaraganda ehtiyotlar miqdorini o‘z-
gartirish bilan pul muomalasini tartibga solish samarali hisoblanadi.
Markaziy bankda ehtiyot tarzida ma’lum miqdordagi pulni
saqlash majburiyatlari bo‘yicha to‘lovga layoqatsizlik xatarini
kamaytiradi, biroq bu banklardan mijozlarning omonatga qo‘ygan
pullarini yoppasiga olish uchun harakat qilishlarining oldini ol-
532
maydi. Ehtiyotning yetishmasligi esa moliyaviy sarosimalikni kel-
tirib chiqarishi mumkin.
Moliyaviy sarosimalik – bu mijozlar omonatiga qo‘ygan pul-
larni bir vaqtning o‘zida olishga urinishlari, banklarda esa talab
qilingan miqdorda pulning yo‘qligi sababli ularning sarosimaga
tushib qolishidir. Bu nafaqat banklar, balki ular bilan bog‘liq
kompaniyalarning ham bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Biroq Moliyaviy sarosimalik har doim ham yuz beravermaydi.
Chunki mijozlar omonatlari, bank depozitlari tegishli tartibda
sug‘urtalanadi. Agar bank biron sabab bilan yopilsa, uning mijozlari
qisqa muddatda konpensatsiya olishni mo‘ljallashlari mumkin.
Sug‘urta fondi mablag‘lari yetmagan taqdirda hukumat zarur
pulni emissiya qiladi. Ma’lumki, hamma banklarda aktivlar
summasi bankning o‘z kapitalidan bir necha marta yuqori, uning
nisbati 15:1 gohida 25:1 gachani tashkil etadi. Undan tashqari
aktivlar umumiy summasida muddati uzaytirilgan kreditlar
mavjudki, uning bir vaqtda to‘lanishi ro‘y bermaydi.
Umuman olganda, bank tizimida moliyaviy xatarlarni sug‘ur-
talash butun bir tizimi mavjudki, bu moliyaviy sarosimalikning
oldini olishni kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |