XXVI bob. IQTISODIYOTDA DAVLATNING ROLI
1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli
haqida turli xil nazariya va qarashlar.
2. Davlatning milliy iqtisodiyotdagi vazifalari. Davlat
iqtisodiy siyosatining maqsadi va vazifalari.
3. Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari va
tartibga solish dastaklari.
4. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘liqligi.
1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqida
turli xil nazariya va qarashlar
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko‘p omilli ko‘rsatkich
bo‘lib, bunda uning erishilgan darajasi ko‘p jihatdan iqtisodiyotda
davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog‘liq. Chunki ancha
yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish
usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona
markazdan markazlashgan boshqarish yo‘li bilan; uchinchidan,
iqtisodiyotga
davlatning
aralashuvini
bozor
usullari
bilan
uyg‘unlashtirish orqali erishiladi.
Кishilik jamiyatining ilk davrlaridanoq davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi muammosi paydo bo‘lgan. Tovar ishlab chiqarishining
rivojlanishi va pulning paydo bo‘lishi sudxo‘rlik kapitalini vujudga
keltirgan. Sudxo‘rlik o‘zining yuqori foizlari bilan tovar ishlab
chiqaruvchilarni xonavayron qilib, davlatni qashshoqlashishiga olib
kelgan. Bu o‘z navbatida davlatning o‘zini va soliq to‘lovchilarni
himoya qilishga majbur etgan. Qadimgi Bobilda qabul qilingan
Eshnunn va Xammurapi qonunlari bunga misol bo‘la oladi.
Buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davrida G‘arbiy Yevropa mamla-
katlarining mustamlakalarni bosib olish siyosati ham davlatning
iqtisodiyotga aralashuvini taqozo qilgan. Chunki bunda, birinchidan,
mustamlaka aholisini itoatda ushlab turish; ikkinchidan, mustam-
lakalarni boshqa davlatlardan himoya qilish zarurati paydo bo‘lgan.
536
XX asr boshlarida, ko‘plab mamlakatlar birinchi jahon
urushining ishtirokchilari bo‘lganligi sababli, davlat iqtisodiyotni
boshqarish bo‘yicha bir qator vazifalarni o‘z zimmasiga olgan. U
resurslar va ishchi kuchini taqsimlagan, yirik monopolistlarga
mamlakat uchun zarur bo‘lgan ko‘plab zaruriy tovarlarni ishlab
chiqarish bo‘yicha buyurtmalar bergan.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi asosan 1929‒1933-yil-
lardagi jahon iqtisodiy inqirozidan keyin kuchaygan. U iqti-
sodiyotga ta’sir ko‘rsatishning har xil usullarini qo‘llab, siklga
qarshi tartibga solishni amalga oshirgan.
Iqtisodiy
tafakkur
tarixidan
birinchi
marta
davlatning
iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‘rib
chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq
qilish haqida" (1776-yil) nomli kitobida bozor usullari orqali
iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga solish zarurligi ta’kidlab o‘tilgan.
A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori
davlat nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina ishlab
chiqaruvchilar iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab
chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda bozor
vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab
chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga
rag‘batlantiradi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi
oxir-oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi.
Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib -
qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin.
Haqiqatan ham importga boj to‘lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga
ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv
qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir-oqibatda ishlab chiqarishning
ancha yuqori xarajatlari va mahsulotning past sifatini saqlab
qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni
sotib olishga majbur bo‘lgan milliy iste’molchilar yutqazadi.
A.Smitning "Tinch qo‘yish" nazariyasi, 1923‒1933-yillarda
bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni
qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy
tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga
aralashuvini kuchaytirishni taqozo qilishini ko‘rsatdi.
537
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Dj.M.Кeyns-
ning «Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyalari»
nomli kitobida o‘z aksini topdi (1936). U davlat fiskal va kreditli
tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini
rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi
zarurligini isbotlaydi.
Urushdan keyingi davrda Кeyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u
yoki bu darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo‘lgan barcha
mamlakatlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyot-
dagi rolining yanada ko‘proq oshib borish holati ro‘y berdi. Hozirgi
davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida
nafaqat siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni
ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit
ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan
olinadi.
XX asrning 70-yillariga kelib, iqtisodiy qarashlarning mone-
tarizm va uning «reygonomika», «tetcherizm» kabi ko‘rinishlarida
davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash g‘oyasi ilgari surildi.
Lekin bozorning o‘z-o‘zini boshqarishdagi kamchiliklari natijasida
2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bu
muammoga boshqacha ko‘z bilan qarashga majbur qildi.
Angliyaning London shahrida 2008-yilning 2 aprelida bo‘lib o‘tgan
jahonning eng rivojlangan 20 ta mamlakati rahbarlarining
sammitida bir ovozdan davlat iqtisodiyotga aralashuvi zarur degan
fikr o‘z tasdig‘ini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |