3. Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari va tartibga
solish dastaklari
Davlatning iqtisodiy siyosati — bu iqtisodiyotni tartibga solish
va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni ta’minlash va
inflatsiyani oldini olish orqali aholi farovonligini oshirib borishga
qaratilgan chora-tadbirlaridir.
546
Davlatning iqtisodiy siyosati har doim mamlakat iqtisodiy
rivojlanishining ichki va tashqi sharoitlarini hisobga oladi. Bunda
eng avval mamlakat iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy
konyunkturaning milliy iqtisodiyotga ta’siri, undan kutilayotgan
o‘zgarishlar, mamlakat zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlar,
milliy iqtisodiyotning resurslar bilan ta’minlanish darajasi kabilarga
e’tibor qaratiladi.
Davlatning iqtisodiy siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan
holda ma’lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyida-
gilar:
1. Barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Bu yalpi ichki
mahsulotning bir maromda va yetarli sur’atlar bilan o‘sishiga sharoit
hozirlashni bildiradi, chunki u qanchalik tez o‘ssa, mamlakat
iqtisodiy qudrati shunchalik ortadi.
2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini mustahkamlash. Iqti-
sodiyot qanchalik mustaqil bo‘lsa, shunchalik milliy manfaatlarga
ko‘proq xizmat qiladi.
3. Iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlash. Bu iqtisodiy oqimlar
uzluksizligini, ya’ni takror ishlab chiqarishning to‘xtovsiz davom
etishini, iqtisodiy falajlikka yo‘l qo‘yilmasligini bildiradi.
4. Milliy pul barqarorligini ta’minlash. Bu mamlakatdagi pul
muomalasining me’yorida borishiga erishish, uni iqtisodiy aloqa-
larning barqaror vositasiga aylantirish imkonini beradi.
5. Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib borish. Bu
iqtisodiyotning
ijtimoiyligini
to‘laroq
yuzaga
chiqarishga
ko‘maklashadi.
6. Milliy xo‘jalikning xalqaro integratsion jarayonlarda faol
ishtirok etishga erishish. Bu mamlakatning jahon iqtisodiyotida o‘z
o‘rnini topishi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning teng huquqli
ishtirokchisiga aylanishiga erishishga sharoit yaratadi.
7. Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya’ni uzoq davrga
mo‘ljallangan maqsadi hisoblanadi. Davlat strategik maqsadlardan
kelib chiqib qisqa davrdagi vazifalarini belgilaydi. Bular jumlasiga
iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning barqarorligini ta’-
minlash, investitsion faollikni rag‘batlantirish, eksport salohiyatini
oshirish, innovatsion rivojlanishni ta’minlash, yangi tashqi bozor-
larga kirib borish kabilar kiradi.
547
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan
foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash
mumkin:
bevosita ta’sir qilish usullari;
bilvosita ta’sir qilish usullari;
tashqi iqtisodiy usullar.
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda
davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish
usullari ustun bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda
iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog‘langan. Shu
bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori
mavjud. Davlat xilma-xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar
beradi, korxonalarga
mulkdor hisoblanadi.
Bu
davlatning
ijtimoiy
kapitalning
bir qismiga egalik
qilishiga olib keladi.
Davlat
iqtisodiyotni bevosita
tartibga
solishda
ma’muriy
vosi-
talardan
foydalaniladi.
Ma’muriy
vositalar
davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va
majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda
yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomon-
larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish ko‘zda tutiladi. Ayniqsa,
ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita
ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo‘lib, ma’muriy vositalardan
foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida
ko‘rsatish mumkin:
a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari
transport, aloqa, atom va
elektr-energetika, kommunal xizmat va boshqalarni bevosita
boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o‘ziga
548
qarashli korxona va tashkilotchilar iqtisodiy hayotida faol
qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma’lum doirada amal qilib,
ko‘pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay
bo‘lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi
bir tomondan, ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o‘sish uchun zarur
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, vaqt o‘tishi bilan samarasiz bo‘lib
qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik
obyektiga aylantiriladi.
Respublikada “Iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa
davlatning funksiyalarini qisqartirish uning korxonalar xo‘jalik
faoliyatiga birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini
cheklash
131
” hisoblanadi;
b) narxlar va ish haqini qotirib qo‘yish siyosati:
bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflatsion tadbirlar hisoblanib,
inflatsiyaning yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda
narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma’lum
doira bilan cheklanadi. Antiinflatsion tadbirlar orqali inflatsiya
darajasining pasayishi investitsiyalarga rag‘bat beradi;
d) ish bilan bandlilik xizmati faoliyati (mehnat birjalari) ni
tashkil qilish:
davlat
bu
faoliyatni
tashkil qilish bilan ish-
sizlikni
qisqartirish
cho-
ralarini ko‘radi. Ularni zarur
kasblarga qayta tayyorlaydi,
ish
bilan
ta’min-
lanmaganlarga nafaqa be-
radi, muhtojlarga yordam
ko‘rsatadi;
e) iqtisodiy sohani tar-
tibga solishni ko‘zda tutuv-
chi qonunlarni ishlab chiqish
131
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т.: “Янги асар авлоди”, 2001-йил. 62-
бет .
549
va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik
to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining
faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar).
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo‘li
bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi,
monopoliyalarga yo‘l berilmaydi va erkin raqobatga sharoit
yaratiladi. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak
va vositalarga ustunlik beriladi.
IDTTSda
asosiy
kapitalga
hisoblanadigan
jadallashgan
amortizatsiya ajratmalari alohida rol o‘ynaydi. U hozirgi sharoitda
jamg‘arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni rag‘bat-
lantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy sikl va bandlikka ta’sir
ko‘rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‘yilmalari
muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, bozor konyunkturasi yomonlashgan,
turg‘unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qo‘yilmalar
qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o‘sadi. Shu orqali davlat
ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o‘sishiga qarshi turishga
harakat qiladi.
Davlat kapital qiymatlari iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi
o‘zgarishlarda ham sezilarli o‘ringa ega bo‘ladi, masalan, davlat,
xususiy kapitalining oqib kelishi yetarli bo‘lmagan mintaqalar,
tarmoqlar yoki faoliyat sohalarida yangi obyektlar qurish va
eskilarini qayta qurollantirish orqali iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga
ta’sir ko‘rsatadi. Bulardan tashqari davlat kapital qo‘yilmalari ilmiy
tadqiqot ishlarida, kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga
kapital chiqarishda ham katta rol o‘ynaydi.
IDTTSning oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi.
Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan
kompleks foydalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli,
favqulodli va maqsadli bo‘lishi mumkin. O‘rta muddatli
umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favqulodli
dasturlar tig‘iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va
kuchli inflatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli
xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday maqsadli dasturlarning obyekti
tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har
xil yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin.
550
IDTTS tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga
oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning
tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga
bevosita ta’sir ko‘rsatiladi.
Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini
rag‘batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan
investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy
aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj
to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini
jalb qilish yoki cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan
ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlat-
lararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy
aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.
Shunday qilib, IDTTSning qarab chiqilgan barcha ichki va
tashqi iqtisodiy usullari birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror
ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqa-
lariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini tartibga solishning turli
vositalari yordamida amalga oshiradi. Bular birinchidan, tartibga
solishning iqtisodiy vositalar bo‘lib, ularga soliqlar, subsidiyalar,
hisob stavkalari, davlat buyurtmalari, investitsiyalari va transfertlari,
turli iqtisodiy sanksiyalar kiradi. Ikkinchisi, huquqiy vositalar. Bu
iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning davlat tomonidan
rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos ravish-
dagi qonun osti hujjatlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy
etishdan iboratdir.
Uchinchisi, ma’muriy vositalar. Ma’muriy vositalar qo‘shimcha
hisoblanib, u bozor tizimida yaxshi natija bermaganida cheklangan
holda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |