O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘liqligi



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

4. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘liqligi 

 

Bozor  iqtisodiyotining  ijtimoiy  yo‘naltirilganligi  iqtisodiy  va 



ijtimoiy  siyosatning  uzviy  aloqada  bo‘lishini  taqozo  qiladi.  Iqti-

sodiyot  ijtimoiy  taraqiyot  uchun zarur  bo‘lgan  tovar  va  xizmatlarni 

yaratib  bersa,  o‘z  navbatida  ijtimoiy  muammolarning  hal  etilishi 

inson  kapitalining  rivoji  orqali  iqtisodiy  o‘sishga  xizmat  qiladi. 

Mana  shunday  bog‘lanishning  amaliy  hayotda  bo‘lishi  iqtisodiy  va 

ijtimoiy siyosatning uyg‘unlashuvini talab qiladi. 

Davlatning ijtimoiy siyosati ‒ bu kishilarning hayotiy manfaat-

larini  yuzaga  chiqarish,  insonni  himoya  qilish  va  kamol  topishiga 

qaratilgan siyosatdir. 

Uning maqsadi umumiy iqtisodiy farovonlikni oshirib borishga 

ko‘mak  berishdir.  Bu  siyosatda  ish  bilan  bandlik  darajasini 

belgilash,  minimal  ish  haqini  o‘rnatish,  kambag‘allik  chegaralarini 

aniqlash,  tirikchilik  minimumini  belgilash,  ijtimoiy  yordam 

me’yorlarini  aniqlash  kabilarga  ustuvorlik  beriladi.  Uning  asosiy 

yo‘nalishlari bandlik, daromad va ijtimoiy yordam siyosatidir.  



559 

Bandlik  siyosati.  Bu  mehnatga  layoqatli  va  ishlashni  xohlagan 

kishilarni ish bilan ta’minlash, shu orqali ularga o‘zini-o‘zi iqtisodiy 

ta’minlash  uchun  imkoniyat  yaratishni  ko‘zda  tutadi.  Bunda  davlat 

mamlakatda  yangi  ish  o‘rinlarini  yaratish,  mavjud  ish  o‘rinlaridan 

to‘laroq  foydalanib  bandlikni  oshirilishini  ko‘zda  tutadi.  Yangi  ish 

o‘rinlarini  yaratgan  korxonalarga  soliqdan  imtiyozlar  yoki 

subsidiyalar  beriladi.  Shuningdek,  yangi  ish  o‘rnini  yaratib,  uni 

zamonaviy  texnologiyalar  bilan  jihozlab,  mehnat  unumdorligini  va 

shunga  ko‘ra  daromadlarini  oshirishga  erishish  rag‘batlantiriladi. 

Bandlik muammosining keskinligiga qarab uni hal etishning u yoki 

bu  yo‘liga  ustuvorlik  beriladi.  Iqtisodiy  jihatdan  kam  rivojlangan 

mamlakatlarda  ishsizlar  nisbatan  ko‘p  bo‘lganida  bandlik  siyosati 

har  qanday  ish  o‘rnini,  hatto  unumi  past  ish  o‘rinlarining 

yaratilishini  ham  ko‘zda  tutadi. Aksincha,  iqtisodiy  jihatdan  yuqori 

darajada  rivojlangan  mamlakatlarda  malakali  mehnatni  band 

qiluvchi  unumi  yuqori  ish  o‘rinlarini,  yaratishga  e’tibor  qaratiladi. 

O‘zbekistonda  bandlik  siyosatida  yangi  ish  o‘rinlarini  yaratishda 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik,  xizmat  ko‘rsatish  sohalari, 

dehqon va fermer xo‘jaliklarida ish o‘rinlarini yaratishga ustuvorlik 

beriladi. O‘zbekistonda maxsus bandlik fondi mablag‘lari hisobidan 

ish  o‘rinlari  yaratiladi,  ishsizlarga  nafaqa  beriladi  va  ular  yangi 

kasblarga o‘rgatiladi. Davlat hisobidan moliyalashtiriladigan fondlar 

mablag‘lari ham yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltiriladi. 




560 

Ishsizlik  darajasi  yuqori  bo‘lganda,  uni  kamaytirish  uchun 

hukumat  ish  kuchini  chetga  chiqarish  choralarini  ham  ko‘radi. 

Mehnat  migratsiyasi  xususida  davlatlararo  kelishuvlar  tuziladi, 

migratsiyaga  xizmat  qiluvchi  firmalar  tashkil  etilib,  ular 

moliyalashtiriladi. 

Bandlik  siyosatida  barcha  mehnat  qobiliyati  borlarni  ish  bilan 

ta’minlab,  100%  bandlikka  erishish  ko‘zlanmaydi.  Mazkur  siyosat 

rivojlangan  mamlakatlarda  mehnatga  yaroqli  aholining  94-95%i 

band bo‘lishini bildiradi. 

 Daromadlar  siyosati  mazmunan  daromadlarning  taqsimla-

nishini  tartiblashga  qaratiladi.  Bu  siyosatda  ijtimoiy  soliqlar, 

ijtimoiy  dotatsiyalar  va  budjet  transfertlari  kabi  dastaklar 

qo‘llaniladi.  Bandlikni,  pensiya  bilan  ta’minlanish  va  mehnatning 

ijtimoiy sug‘urtalanishini ta’minlash uchun korxonalar mehnat haqi 

mablag‘laridan  ijtimoiy  soliqlar  undiriladi.  Bularning  bir  qismi 

davlat  tomonidan  ishsizlik  nafaqasi  ish  qobiliyatini  vaqtincha 

yuqotganlarga to‘lovlar sifatida beriladi.  

Daromad  siyosati  soliqlarni  progressiv,  ya’ni  daromad 

miqdoriga  qarab  oshib  borishi  tarzida  belgilanishini  nazarda  tutadi. 

Bunda  davlat  budjetida  to‘plangan  mablag‘lar  muhtojlarga  yordam 

sifatida taqsimlanadi. 

Daromad  siyosati  qariyalarni  nafaqa  bilan  ta’minlashni  ham 

nazarda  tutadi.  Bunda  2  xil  nafaqa  tizimi  mavjud  bo‘ladi.  Birin-

chisida,  ishlayotganlar  daromadining  bir  qismi  olinib,  davlat 

nafaqasi  sifatida  beriladi.  Ikkinchisi,  jamg‘arib  boriladigan  pensiya 

tizimi  bo‘lib,  unga  ko‘ra  har  bir  xodim  ishlagan  paytidagi 

daromadining  bir  qismini  pensiya  jamg‘armasiga  o‘tkazish  orqali 

pensiya mablag‘ini o‘zi to‘plab boradi.  

Ijtimoiy himoya siyosati aholining nochor qatlamlariga yordam 

berish, ularni qo‘llab-quvvatlab turishga qaratiladi. Unga ko‘ra o‘zi 

ishlab  pul  topishga  qodir  bo‘lmagan  kishilarga  budjet  mablag‘lari 

hisobidan  moliyaviy  yordam  ko‘rsatiladi.  Daromadi  kam  kishilar 

soliqlardan  ozod  qilinadi,  ularga  turli  nafaqalar  beriladi  yoki  bir 

yo‘la  yordam  ham  ko‘rsatiladi.  Ijtimoiy  yordam  miqyosi  muhtojlar 

soniga va davlatning moliyaviy imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 

Hozirgi  davrda  O‘zbekistonda  davlatning  ijtimoiy  siyosati  

aholining  muhtoj  qatlamlarini  qo‘llab-quvvatlashga  qaratiladi. 




561 

Davlat  kommunal  xizmatlarni  aholiga  maqbul  narxda  yetkazib 

berish  uchun  ularga  qayd  qilingan  ta’riflar  belgilanadi  va  bozor 

narxlari  o‘rtasidagi  farqi  budjet  mablag‘lari  hisobidan  qoplanadi. 

Ayrim  hollarda  mazkur  xizmatlar  narxi  oshishi  munosabati  bilan 

aholi ayrim toifalariga kompensatsiyalar to‘lanadi.  

Davlat  turli  ijtimoiy  dasturlarni  ishlab  chiqib,  ularni  moliya-

lashtiradi.  Bular  ichida  kam  ta’minlanganlarga  yordam  berish 

dasturlari 

alohida 


o‘rin 

tutadi. 


Bu 

dasturlarda 

kam 

ta’minlanganlarga  nafaqa  berish,  ularni  arzon  uy-joy  va  ish  bilan 



ta’minlash,  bepul  tibbiyot  xizmatlarini  ko‘rsatish,  yangi  kasblarga 

tayyorlashga ustuvorlik beriladi.  

Ijtimoiy  siyosat  jamiyatdagi  tengsizlikning  haddan  tashqari 

oshib  ketishiga  yo‘l  ko‘ymaslikka  qaratiladi.  Bunda  aholining 

haddan  tashqari  boy-badavlat  va  qashshoq-kambag‘al  qatlamlarga 

ajralishining  oldi  olinadi.  Daromadlarning  yuqori  va  kam  ta’min-

langanlar 

o‘rtasida  qayta  taqsimlanishi  orqali  tengsizlik 

qisqartiriladi. 

Bunda 


daromadlarning 

farqlanish 

chegarasi 

belgilanadi.  Bunga  ko‘ra  boylar  va  kambag‘allar  daromadi 

o‘rtasidagi  farq  13-15  barobardan  oshmasligi  kerak.  Aytilgan 

tengsizlik  me’yori  maqbul  hisoblanadi,  ijtimoiy  siyosat  shuni 

e’tiborga oladi. 

“O‘zbekistonda eng past va eng yuqori daromad oladigan aholi 

guruhlari  o‘rtasidagi  tafovut  darajasi  so‘nggi  yillarda  8  barobarga 

to‘g‘ri kelmoqda”

132



Ijtimoiy  siyosat  daromadlarni  tartiblash  va  ijtimoiy  yordam 



uyushtirish orqali jamiyatdagi, turli ijtimoiy guruhlar hamjihatligini 

ta’minlashga qaratiladi. Bu bilan ijtimoiy beqarorlikning oldi olinadi 

va iqtisodiy o‘sish uchun sharoit yaratiladi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish