2. Pul bozori. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi
Pul bozori ‒ moliyaviy bozorning tarkibiy qismi bo‘lib, unda
pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati ularga
bo‘lgan talab va taklif ta’sirida uyg‘unlashtiriladi.
Pul bozori turlari:
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) bozori.
Кredit resurslari bozori.
Banklararo depozitlar bozori.
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa
moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi.
Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar
va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga
oshiriladi. Shu sababli, muomalada bo‘lgan pul miqdorini hisoblash
uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan
foydalaniladi.
504
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi
(tarkib)lar asosida hisoblanadi:
Mo ‒ naqd pullar;
M1=Mo+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy
budjetlar mablag‘lari, budjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M2 = M1 + banklardagi muddatli omonat(jamg‘arma)lar;
M3 = M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom
obligatsiyalari + davlat zayom
obligatsiyalari
+
xazina
majburiyatlari.
Barcha pul agregatlari yig‘in-
disi yalpi pul massasi yoki yalpi
pul taklifini tashkil qiladi.
Pul massasi – bu naqd va
naqdsiz shaklda mavjud bo‘lgan,
belgilangan
vazifalarni
bajaruvchi
barcha
pul
vositalari
yig‘indisidir. Yalpi pul taklifi iqtisodiyotdagi mavjud barcha pullar
miqdori bilan aniqlanadi.
Pul taklifi pul multiplikatori yordamida hisoblanadi.
Pul multiplikatori – bu tijorat banklar tizimi muomaladagi pul
massasini ko‘paytirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan ortiqcha
ehtiyotlar bir qismi va yangi qarz (yoki qimmatli qog‘ozlarni sotib
olish) taqdim qilish yo‘li bilan berilgan muddatsiz qo‘yilmalar
summasidir. U bir soni (1) ning ehtiyotlar, majburiy normasiga
bo‘lingan miqdoriga teng. Mazkur ko‘rsatkich pul asosi o‘zgargan
holda pul massasi hajmi qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
,
bunda,
m – pul multiplikatori;
D – pulning joriy hisobda eng yuqori darajada ko‘payishi;
R – ehtiyotlar normasi;
E – ortiqcha ehtiyotlar.
m
E
D
m
R
A
E
-
505
Pul
tarkibiy
qismlari
nuqtayi
nazaridan naqd pullar –
metall
va
qog‘oz
pullardan
iborat
bo‘ladi. Naqd pullar
bozor
iqtisodiyotida
rivojlanayotgan
mamlakatlarda
umumiy pul massa-
sining 5-7 foizini, bo-
zor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 30–
35% ni tashkil qilgan.
Monetaristik yondashuvga ko‘ra Fisher tenglamasida Transak-
sion deb nomlanadigan pulga talab hisobga olinadi. Bu talab pulning
muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi. Pulga Transaksion talab
– tovar va xizmatlarni sotib olishga xizmat qilishi sababli, u bitimlar
uchun pulga talab ham deyiladi.
Shunday ekan, pulga talab – bu bitimlar uchun (Pt) va aktivlar
tomonidan pulga talab (Pa) ni o‘z ichiga oladi.
Aholi o‘zlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib
tushguncha, kundalik ehtiyojlari uchun
qo‘llarida yetarlicha pulga ega bo‘lishi
zarur. Кorxonalarga ish haqi to‘lash,
material, yoqilg‘i sotib olish va shu
kabilar uchun pul kerak bo‘ladi. Shu
barcha maqsadlar uchun zarur bo‘lgan pul
bitim uchun pulga talab deyiladi. Bitim
uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal
YaIM hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni u nominal YaIM qiymatiga
mutanosib ravishda o‘zgaradi. Aholi va korxonalarga ikki holda
bitim uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab
chiqarish hajmi ko‘payganda.
Кishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda,
masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari
shaklida ushlab turishi mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga
talab ham mavjud bo‘ladi.
506
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari
mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq
miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz
yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi
pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab,
aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va bitim uchun pulga
bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |