Organik kislotalar. Vakuolada turli xil organik kislotalar
mavjud bo‘lib, ular hujayra shirasini nordon muhitini ta’minlab
beradi.Organik kislotalar hujayra shirasiga achchiq, nordon ta’m
beradi. Bularga olmadagi olma kislotasi, limondagi limon kislotasi,
uzumdagi vino kislotasi, shuradagi natriyli shavel kislotasi,
otquloq va rovochdagi shavel kislotasining kaliy tuzlari kiradi.
Hatto chayono‘ti o‘simligida chumoli kislotasi mavjud. Shavel
kislotasi ko‘pincha pishmagan mevalarda ham kuzatiladi. Bu
kislotalar erkin holatda yoki tuz shaklida ham to‘planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |